Bahrom Hikmatov O’zbekiston tarixi
Download 186.16 Kb. Pdf ko'rish
|
uzb majburiy(5)
Bahrom Hikmatov O’ZBEKISTON TARIXI 1. Qadimgi Xorazmga oid Oybo'yirqal’a yodgorligi qaysi asrlarga oidligini belgilang. A) miloddan avvalgi III – II asrlar B) miloddan avvalgi VIII – VII asrlar C) miloddan avvalgi V – IV asrlar D) milodiy II – III asrlar 2. Sho’rabashat ko’hna shahar xarobalari qayerda joylashganligini aniqlang. A) Baqtriyada B) Sog’diyonada C) Xorazmda D) Farg’onada 3. Ko’chmanchi sak qabilalari qayerlarda istiqomat qilishgan? A) Cho’l va Amudaryo bo’ylarida B) O’rta Osiyoning tog’lik, dasht va cho’l yerlarida C) Qashqadaryo vodiysida D) Sahro va Zarafshonning quyi oqimida 4. 1999-yil 5-noyabrda Xorazmda .... A) Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800-yilligi keng nishonlandi. B) Mahmud az-Zamahshariyning 920-yilligi keng nishonlandi. C) Najmiddin Kubroning 850-yilligi keng nishonlandi. D) Bahouddin Naqshbandning 675-yilligi keng nishonlandi. 5. Tasavvuf ta’limoti yuzaga kelgan davrda tashkil topgan davlat? A) G'aznaviylar davlati B) Qoraxoniylar davlati C) O'g'uzlar davlati D) Qarluqlar davlati 6. Qaysi sulola hukmronligi davrida Movarounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy sulolalarga o'tishi munosabati bilan sodir bo'lgan etnik jarayon o'zbek xalqining shakllanishida yakuniy bosqich bo'ldi? A) Turk xoqonligi davrida B) Qoraxoniylar davrida C) Temuriylar davrida D) Shayboniylar davrida 7. 1723-yilda mustaqil Samarqand xonligiga asos solinganida kim xon deb e’lon qilingan edi? A) Ibrohimbiy B) Muhammad Hakimbiy C) Mahmudbiy otaliq D) Rajab Sulton 8. Turkmanlarning yovmut qabilasiga qarshi kurashda qo'ng'irot qabilasi yetakchisi Muhammad Amin inoq kimning madadiga tayangan edi? A) Qipchoqlarning B) Kichik juz qozoqlarining C) Eronning D) Buxoro amirligining 9. Nazirxo'ja eshon va Abdurahmon jevachilar 1916-yilda qayerda yuz bergan qo'zg'olonga rahbarlik qilganliklarini to'g'ri belgilang. A) Xo'jandda B) Jizzaxda C) Eski Marg'ilonda D) Andijonda 10. 1904-1912-yillarda O'rta Osiyoda barpo etilgan me'moriy inshootni aniqlang. A) Sitorai Mohi Xosa B) Islomxo'ja minorasi C) Nurullaboy saroyi D) Tillashayx jome masjidi 11. 1868-yilda Zarafshon okrugi tuzilganida kim uning harbiy gubernatori etib tayinlangan edi? A) M. Skobelev B) N. Veryovkin C) F. Romanovskiy D) I. Abramov 12. 1917-yil 26-28-noyabrda Qo’qonda o’lka musulmonlarining IV favqulodda qurultoyida Turkiston Muvaqqat Kengashi a’zolaridan necha kishidan iborat tarkibda Turkiston Muxtoriyati hukumati tuzildi? A) 8 kishi B) 13 kishi C) 15 kishi D) 12 kishi 13. 1925-yil fevralda O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganligi haqidagi Deklaratsiyani qabul qilgan qurultoy qaysi shaharda bo’lib o’tgan? A) Samarqand B) Buxoro C) Toshkent D) Moskva 14. Quyida keltirilgan qaysi muhim hujjat 2002-yilda Sankt-Peterburg shahrida bo’lib o’tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida imzolangan? A) O’zaro madaniy hamkorlik to’g’risida konvensiya B) O’zaro iqtisodiy hamkorlik to’g’risida deklaratsiya C) Mintaqaviy antiterror tuzilmasi haqida bitim D) Inson huquqlari bo’yicha konvensiya 15. Angren–Pop temir yo‘li va Qamchiq tunneli ochilgan sanani belgilang. A) 2015-yil oktabr B) 2016-yil iyun C) 2017-yil aprel D) 2018-yil mart Download 186.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling