Bajaradi: Abduraxmonov s tekshirdi: Xunarov a olmaliq 2023 Reja: Kirish Asosiy qism: Tabiatni muhofaza qilishda huquqiy bazaning yaratilishi
Download 144.81 Kb.
|
ekologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ekologiya» FANIDAN MUSTAQIL ISH Guruh talabasi
- 2. Tabiatni muhofaza qilishning tashkiliy asoslari. 3. Davlat tomonidan tabiatni muhofaza qilish borasida qabul qilingan qaror va tadbirlar.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI «Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar» kafedrasi «Ekologiya» FANIDAN MUSTAQIL ISH Guruh talabasi: 5a C-19 K.E.M. Bajaradi: Abduraxmonov S Tekshirdi: Xunarov A Olmaliq 2023 Reja: Kirish Asosiy qism: 1. Tabiatni muhofaza qilishda huquqiy bazaning yaratilishi. 2. Tabiatni muhofaza qilishning tashkiliy asoslari. 3. Davlat tomonidan tabiatni muhofaza qilish borasida qabul qilingan qaror va tadbirlar. 4. Xalqaro hamkorliklar va ularning ahamiyati. Xulosa Adabiyotlar ro`yxati Kirish Asosiy qonundan tabiat muhofazasining ayrim sohalari bo`yicha ham maxsus qonunlar qabul qilingan. “Alohida qo`riqlanadigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish to`risida”gi qonun asosan umumiy boyligimiz bo`lgan noyob va qimmatli tabiat majmualarini ekologik, iqtisodiy, madaniy, ilmiy, soliqni saqlash nuqtai nazaridan saqlashni asoslaydi. Shuningdek, 1990 yil 20 iyunda O`zbekiston Respublikasining “Sanitar nazorati to`risida”, “Yer to’g’risida” qonunlari qabul qilindi, ularga O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1991 yil 20 noyabrdagi, 1993 yil 7 maydagi, 1994 yilning 6 may va 23 sentyabrdagi kengashlarida o`zgartirishlar kiritilgan. Ushbu qonunlar erdan oqilona foydalanish va erni muhofaza qilish, tuproq hosildorligini qayta tiklash, tabiiy muhitni saqlash va yaxshilashga qaratilgan. O`zbekiston Respublikasining “Suv haqidagi va suvdan foydalanish” to`risidagi qonuni 1993 yil 6 mayda qabul qilindi. Uning vazifasi suvdan foydalanishni tartibga solish, aholi va xalq xo`jaligi ehtiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanish, suvning ifloslanishi, kamayishi, iflos suvning zararli ta`siri haqida ogohlantirish va ularni zararsizlantirish, suv havzalarining holatini yaxshilash, tashkilotlar, korxonalar, dehqon xo`jaliklari va fuqarolarning suvga bo`lgan huquqlarini muhofaza qilishdan iborat. 1994 yil 22 sentyabrda O`zbekiston Respublikasining “Qazilma boyliklar haqida” qonuni qabul qilindi. Bu qonun ma`danlarni muhofaza qilish va foydalanishni tartibga solishga qaratilgan. 1996 yil 27 dekabrda “Atmosfera havosini muhofaza qilish haqida”gi qonun qabul qilindi. Unda atmosfera havosining tabiiy tarkibini saqlash, uni zararli moddalar bilan ifloslanishini oldini olish, davlat organlari, korxonalar va fuqarolarning havoni muhofaza qilishdagi huquqiy vazifalarini tartibga solish va boshqalar qayd etilgan. Hozirda o`rmonlar, hayvonot olamini muhofaza qilish va foydalanish to`risida qonun loyihalari ishlab chiqilmoqda. Yo`qolib borayotgan qimmatli va dorivor o`simliklar va noyob hayvonlarga nisbatan munosabatlarini tartibga solish va foydalanishni yaxshilash bo`yicha Vazirlar Mahkamasining Qarorlari mavjud. Download 144.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling