Bajardi: 1-kurs Buxgalteriya hisobi va audit
Pandemiya davridagi iqtisodiy inqiroz sharoitida mulk shakllarining xilma-xilligi
Download 244.81 Kb.
|
Pandemiya davrida mulkchilik shakllarining xilma-xilligi.
1.Pandemiya davridagi iqtisodiy inqiroz sharoitida mulk shakllarining xilma-xilligi.Jahon iqtisodiyotining bugungi kungacha bosib o‘tilgan tarixidan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, iqtisodiy inqirozlarning jahon xo‘jaligida kengayib bo- rishi hamda uning salbiy oqibatlarining jiddiy tus olishi globallashuv mahsuli hisoblanadi. Ya’ni global iqtisodiyotda qanchalik ko‘p mamlakatlarning o‘zaro iqtisodiy aloqalari yo‘lga qo‘yilsa, shunchalik tez inqirozlarning “ildiz otish” jarayoni yuzaga keladi. Inqirozning yuzaga kelishi oqibatida esa dunyo bo‘ylab ishlab chiqarishning to‘xtashi, yuqori darajadagi ishsizlikning yuzaga kelishi, davlat budjeti defitsitining keskin ortishi, iqtisodiy subyektlarning bankrot bo‘lish holatlarini keskin ko‘payishi, ijtimoiy hayotning butkul izdan chiqishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda, jumladan, insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to‘xtatish orqali misli ko‘rilmagan choralar ko‘rilmoqda. Bu esa eng yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlarda ishlab chiqarish va iste’mol hajmla- rining keskin qisqarishi, global ishlab chiqarish zanjirlari va savdo aloqalarining izdan chiqishi, dunyo moliya bozorlarida xomashyo tovarlari narxi pasa- yishi va konyunktura yomonlashuvini keltirib chiqardi. Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta’sir qilmoqda, bu esa ushbu holatning salbiy ta’sirlarini yumshatish bo‘yicha samarali oldini oluvchi choralar ko‘rishni talab qiladi. Bunda turizm, transport, farmasevtika va to‘qimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur1. 2019-yilda boshlangan Covid-19 pandemiyasi davrida yuzaga kelgan global iqtisodiy inqiroz, ayniqsa, Yevropa Ittifoqi xo‘jaligiga juda katta zarar kel- tirdi. Pandemiya davrida Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotining aksariyat qismida umumiy tendensiyalar shuni ko‘rsatdiki, mamlakatlar qishloq xo‘jaligidagi kichik va o‘rta korxonalar va xizmat ko‘rsatish sohalari (ayniqsa, turizm, mehmonxona xizmati va umumiy ovqatlanish xizmatlari) Covid-19 iqtisodiy inqirozidan eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalarga aylandi2. Shuningdek, Covid-19 global iqtisodiy inqiroz eng ko‘p moliya bozorlariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Dunyo bo‘ylab inqiroz oqibatida nazorat qilib bo‘lmaydigan aktiv qiymatlari pasayishi zanjir reaksiyasini keltirib chiqarib qator bankrotliklarga va global moliyaviy tizim qulashiga olib kelmoqda3. Bugungi koronavirus pandemiyasi sharoitida Yevropa Ittifoqi davlatlarining birinchi navbatdagi vazifasi fuqarolar sog‘lig‘i hisoblanadi. Shu bilan birga, koronavirus tarqalishi Yevropa va global iqtisodiyot uchun katta zarba bo‘ldi deb ta’kidlash ayni haqiqatdir. A’zo davlatlar allaqachon sog‘liqni saqlash tizimlari imkoniyatlarini oshirish va, ayniqsa, ta’sir ko‘rsatadigan fuqarolar va sektorlarga yordam berish uchun budjet likvidligi va siyosat choralarini ko‘rmoqda yoki qabul qilmoqda. Yuzaga kelgan pandemiyaning odamlar hayoti va iqtisodiyotga zararli ta’sirini yumshatish uchun Yevropa Komissiyasi inqirozga qarshi keng qamrovli iqtisodiy choralarni qabul qildi. Xususan, Yevropa Ittifoqi budjeti moliyaviy qoidalarining pandemiya sharoitlariga to‘liq moslashuvchanligi, a’zo davlatlar tomonidan yordam ko‘rsatish qoidalarini qayta ko‘rib chiqdi va 37 milliard yevro Covid-19 ga qarshi sarmoya ajratdi. Bu borada kichik biznes va sog‘liqni saqlash sektori likvidliligini ta’minlash tashabbusi eng ahamiyatli jihatlardan biri bo‘ldi. Bundan tashqari, Yevropa Komissiyasi Yevropa Ittifoqi budjetining har bir yevrosini aholi hayoti va tirikchiligini himoya qilishga safarbar qilish uchun keng ko‘lamli choralarni ishlab chiqdi. Mazkur Komissiya SURE (Favqulodda ishsizlik riskini kamaytirishni qo‘llab-quvvatlash) deb nomlangan yangi tashabbusni boshladi. Mazkur tashabbus orqali ish o‘rinlarini saqlash va oilalarni qo‘llab-quvvatlash nazarda tutildi. Shuningdek, Yevropa Komissiyasi mavjud bo‘lgan barcha tarkibiy fondlarni koronavirusga qarshi reaksiyaga yo‘naltirishni taklif qildi. Yevropa Ittifoqining sog‘liqni saqlash bo‘yicha birdamlik tashabbusi 3 milliard yevroga teng bo‘lib, a’zo davlatlarning sog‘liqni saqlash tizimidagi ehtiyojlarini qondiradi. Ta’kidlash lozimki, Covid-19 pandemiyasining Yevropa Ittifoqining keyingi kelajagi uchun qanchalik muhim rol o‘ynashi ko‘pchilik iqtisodchilar diqqat markazidagi masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada mutaxassislar va olimlar o‘zlarining ilmiy tahliliy asoslangan fikrlarini berib o‘tishdi. Ko‘pchilik mutaxassislar fikricha, bu pandemiya nafaqat Yevropa Ittifoqi davlatlarining keyingi taqdirini, balki butun jahon iqtisodiyotining global trayektoriyasini o‘zgartirib yuborishini ta’kidlab o‘tishdi. Brusseldagi Yevropa Ittifoqi mutaxassislari agar a’zo davlatlar sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va xavfsizlik masalalarini o‘zlaricha hal qiladigan bo‘lishsa, mazkur holat Ikkinchi jahon urushidagi iqtisodiy talafotlardan ham ko‘p bo‘lishini ta’kidlab o‘tishgan. Yevropa Ittifoqi komissiyasi prezidenti Ursula fon der Leyen 2020-yil 17-mart kuni Yevropa Ittifoqi Kengashining inqirozdan chiqishga doir takliflarini ma’qulladi. Uning fikricha, bu takliflar a’zo davlatlardan yanada kuchli integratsiyalashishni va umumiy yechimlarni ishlab chiqishni talab qiladi. Iqtisodiy siyosat bo‘yicha yevrokomissar Paolo Jentilonining ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotidagi koronavirus epidemiyasi sababli inqirozni bartaraf etish uchun 1,5 trillion yevro talab qilinadi. Bu summa esa avvalgi yevrohudud moliya vazirlarining iqtisodiyotni qayta tiklash uchun ajratishgan mablag‘dan 3 barobar ko‘p demakdir. Iqtisodchi ekspert Mark Uzanning fikricha, makroiqtisodiy nuqtayi nazardan rivojlangan va rivojlanayotgan iqtisodiyotlarning aksariyatida davlat budjetida misli ko‘rilmagan darajada kuchli defitsit va global miqyosda haddan tashqari qarzdorlik paydo bo‘ladi. Iqtisodiy maslahatchilar kengashining sobiq raisi va Garvard universiteti professori Jeyson Furman global iqtisodiyotning hozirgi noyob holatini qisqacha bayon qilgan. Uning fikricha, global iqtisodiyotning kelajagi haqida faqat bitta muvozanatli yechim bor: xavf yo‘qolgunga qadar iqtisodiy harakatsizlikni amalga oshirish lozim. Mutaxassis Yuriy Svetovning fikricha, inqiroz tugagach, yevropaliklarning aksariyati Yevropa Ittifoqida qolish kerakmi-yo‘qmi deb o‘ylab qolishlari mumkin. Bu esa Yevropa Ittifoqidagi ahvol ham siyosiy, ham iqtisodiy nuqtayi nazardan keskinlashuvini bildiradi.4 Fikrimizcha, global iqtisodiyot, xususan, Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti uchun eng katta zarbalardan biri bu fond bozorlarining qulashi bo‘lishi mumkin. Bunday iqtisodiy retsessiya davridan jahon iqtisodiyoti bir necha marta o‘tgan va yetarlicha tajribaga ega. Bu esa inqirozga qarshi choralarni kutilganidek amalga oshishiga imkoniyat berishi tabiiy. Bir tomondan, odamlar uchun qiyin, boshqa tomondan esa bunday tadbirlar davolovchi ta’sirga ega. Iqtisodiy nuqtayi nazardan mamlakatlarning makroiqtisodiy o‘sish davri abadiy bo‘lishi mumkin emas. Kapitalistik iqtisodiyot har doim tanazzullar va ko‘tarilishlar orqali rivojlangan. Retsessiya va ruhiy tushkunlik paytida kelajakda o‘sish uchun zarur shart-sharoitlar to‘planadi. Boshqa tomondan olib qarasak, iqtisodiy inqi- rozlarning kelib chiqishiga asosiy sabab bu globallashuvning kuchayishi bo‘lishi mumkin. Belorusiyalik iqtisodchi P.S. Lemeshenkoning fikricha, rasmiy ravishda inqirozlarning kelib chiqish ehtimollari oldi-sotdi shartnomalarining ikki mustaqil oldi-sotdi shartnomalariga bo‘linishi va dunyo bo‘ylab keng miqyosda harakatlanishidan iborat [6]. Ayniqsa, Yevropa Ittifoqidek integratsiyaning eng yuqori bosqichiga erishgan mintaqada inqiroz sezilarli darajada bo‘lishligi aniq. Bugungi kunda pandemiya sharoitida mazkur holat qancha davom etishi mumkinligini aniq taxmin qilish qiyin. Buyuk depressiya nafaqat tarixda misli ko‘rilmagan pasayish bo‘lganligi uchun, balki juda uzoq vaqt – 10 yil davom etgani uchun ham jahon inqirozlari orasida ajralmas o‘ringa ega bo‘lgan. Ta’kidlash lozimki, bu davrda Amerika iqtisodiyoti inqirozdan faqat urush tufayli, urushayotgan davlatlarda Amerika mahsulotlariga talab paydo bo‘lgani uchun chiqib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo o‘shanda iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga va rag‘batlantirishga qaratilgan pul-kredit va soliq siyosati mavjud emas edi. Endi bunday choralar qoidaga aylandi. Ta’kidlash joizki, hech qaysi davlat Xitoyda pandemiya boshlangan davrda sodir bo‘lgan ishlab chiqarish to‘xtashini global miqyosda tarqalishini kutmagan edi. Go‘yoki Domino prinsipi bo‘yicha ishlaydigan ta’minot zanjirlari uzilishi bilan ishlab chiqarish va savdodagi shok global ta’minot zanjirlari bloklanishiga olib keldi. Tovar narxlari tushib ketishi, rivojlanayotgan bozorlarga xususiy kapital oqimining kutilmagan va ommaviy to‘xtab qolishiga olib keldi. Xalqaro moliya instituti ma’lumotlariga ko‘ra pandemiya boshlanganidan beri rivojlanayotgan bozor mamlakatlari aksiyalari va obligatsiyalaridan 80 milliard dollar yo‘qotish yuzaga keldi. Bu 2008-yildagi moliyaviy inqiroz davriga qaraganda deyarli to‘rt baravar ko‘p demakdir. Bu ko‘plab rivojlangan iqtisodiyotlar, shuningdek, Yevropa Ittifoqi davlatlarining to‘lov balansi inqirozi yuzaga kelishi xavfini tug‘dirdi. Bu esa aksariyat mamlakatlarning Bretton-Vuds institutlaridan yordam so‘rashlariga sabab bo‘ldi. Shundan kelib chiqib taxmin qilsak, koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqiroz tufayli nafaqat Xitoy, Yevropa, Yaponiya va AQSHda chuqur iqtisodiy tushkunlik, balki jahon savdosi pasayishi, kapital oqimi va tovarlar narxi tushishi sababli jiddiy falokat yuz berishi mumkin.5 Ushbu prognozlar to‘g‘riligi 2008–2009-yillar-dagi so‘nggi inqirozdan keyin, ayniqsa, fond bozorida 11 yil mobaynida davom etayotgan eng uzoq o‘sish davrlaridan birini kuzatayotganimiz bilan izohlanadi. Ko‘p odamlar buni pufak deb atashadi, nazariy jihatdan agar u yorilib ketsa, oxirgi inqiroz yoki 1929-yildagi katta tushkunlik bilan taqqoslanadigan ulkan bozor halokati yuz berishi mumkin. Ammo zamonaviy iqtisodiyotning o‘tmishdagi iqtisodiyotdan farqi shundaki, hozir rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning pul-kredit organlari har qanday muammolarni ularga faol ravishda pul to‘lash orqali hal qilishga harakat qilmoqda. Buning yaqqol isboti sifatida stavkalar doimiy ravishda pasayib borayotganligini ko‘rsatish mumkin. Xususan, Yevropa Ittifoqining Markaziy banki kichik va o‘rta biznes faolligini oshirish maqsadida bunday choralarni amalda qo‘lladi. Natijada bu orqali iqtisodiyotda turg‘unlikning boshlanishini sekinlashtirish xususiyatiga erishiladi. Albatta, buni makroiqtisodiy barqarorlik nuqtayi nazardan uzoq davom ettirib bo‘lmaydi. Bugungi Yevropada salbiy foiz stavkalarini bir necha o‘n yillar oldin tasavvur qilib bo‘lmas edi, ammo bu avvallari qo‘llanilmagan tubdan yangi chora hisoblanadi. Bu iqtisodiyotning markaziy banklari tomonidan yevro barqarorligini saqlab qolish uchun amalga oshirildi.6 Yevropa Ittifoqida yuzaga kelgan asosiy muammolardan biri ishloq xo‘jaligi sektori barqarorligiga erishish hisoblanadi. Garchi bu borada yevropaliklarni yuqori sifatli va xavfsiz oziq-ovqat bilan ta’minlashda barqarorlik kuzatilayotgan bo‘lsada, Yevropa Komissiyasi oziq-ovqatlar zaxirasining tugab borishi xavfini bartaraf qilishni reja qilgan. Sog‘lom va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni davom ettirish uchun Yevropa Komissiyasi fermerlar va boshqa foyda oluvchilarga zarur yordam olishlarini ta’minlash uchun bir qator aniq choralarni taklif qildi. Yaqinda qabul qilingan Ittifoq hukumati yordamining vaqtincha rejasiga binoan fermerlar har bir fermer xo‘jaligiga 100,000 yevro, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va marketing kompaniyalari maksimal 800,000 yevro yordam olishlari mumkin [7]. Ba’zi hollarda bu yordam summasi 25,000 yevrogacha to‘ldirilishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, har bir fermer xo‘jaligiga berilishi mumkin bo‘lgan umumiy milliy yordam vaqtincha tuzilgan sharoitda 120,000 yevro (yoki 125,000 yevro) miqdoridagi mablag‘ni tashkil qiladi. Shuningdek, telekommunikatsiya va texnologiyalar sohasi, uy xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bank paketlari, baliqchilik sanoati, kichik va o‘rta biznesning ko‘plab turlari uchun shu kabi yordamlar ajratilgan. Bu umumiy miqdorda 3,39 trln yevroni tashkil qiladi. Bu mablag‘larni maqsadli sarflash nazorati Yevropa Komissiyasi tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Bu shuni anglatadiki, bugungi davrda koronavirus o‘choqlaridan biriga aylangan Yevropani iqtisodiy nuqtayi nazardan qayta tiklash, ayniqsa, Germaniya, Italiya, Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya iqtisodiyoti uchun qimmatga tushadi va inqirozni bartaraf qilish Yevropa Ittifoqi kelajagini belgilab berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqa tomondan esa Yevropa Ittifoqi milliy fiskal hukumat idoralari tomonidan inqiroz oqibatlarini yumshatish maqsadida yevrohudud yalpi ichki mahsulot miqdorining qariyb 20 foiziga teng kreditlar va boshqa likvidli manbalar, banklarni qo‘llab- quvvatlash uchun yo‘naltirdi [8]. Bu esa bank faoliyatini pandemiya davrida to‘xtab qolmasligini ta’minlash maqsadida ko‘rilgan eng muhim choralardan biri bo‘ldi. Iqtisodiy shoklarni yanada yumshatish va biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun Yevropa Komissiyasi davlatga yordam berishning eng moslashuvchan qoidalarini joriy etdi, bu esa a’zo davlatlarda eng ko‘p zarar ko‘rgan kompaniyalar va kichik firmalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri yordam ko‘rsatishga imkon berdi, chunki ular hukumatning iqtisodiy dotatsiyalarisiz yopilishi ehtimolligi juda yuqori darajada turadi. Xususan, 2019-yil mart oyida qabul qilingan davlat ko‘magining vaqtinchalik rejasi yordamning besh turini nazarda tutadi: har bir kompaniyaga 800,000 yevrogacha bo‘lgan to‘g‘ridan to‘g‘ri grantlar (yoki soliq imti- yozlari); bank kreditlari bo‘yicha subsidiyalashgan davlat kafolatlari; subsidiyalashgan foiz stavkalari bilan xususiy va davlat kreditlari; banklarning mavjud kredit qobiliyatlari (Ularni biznesni, xususan, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash kanali sifatida ishlatish. Bunday yordam banklarning o‘zlariga emas, balki ularning mijozlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yordamdir); davlat tomonidan qisqa muddatli eksport kreditlarini sug‘urta qilish uchun qo‘shimcha moslashuvchanlik chorasi (zarurat tug‘ilganda). Bundan tashqari, 3-aprel kuniga kelib Yevropa Komissiyasi 19-martda qabul qilingan Vaqtinchalik yordam doirasini kengaytirdi va quyidagi yangi yo‘nalishlarni moliyalashtirishni o‘z ichiga oladigan bo‘ldi: koronavirus bilan bog‘liq tadqiqotlar va ishlanmalar; sinov obyektlarini qurish va takomillashtirish; koronavirus tarqalishini yengish uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish; soliq to‘lovlarini kechiktirish va / yoki ijtimoiy to‘lovlarni to‘lashni to‘xtatib turish shaklida maqsadli yordam; ishchilarga ish haqi subsidiyalari ko‘rinishidagi maqsadli yordam. Bu esa a’zo davlatlarga koronavirusga tegishli mahsulotlarni tadqiq qilish, sinovdan o‘tkazish va ishlab chiqarishni jadallashtirish, ish joylarini himoya qilish va virus avj olgan vaziyatda iqtisodiyotni yanada qo‘llab-quvvatlash uchun imkoniyat yaratdi. Yevropa Ittifoqining kelgusi davri haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, unga a’zo davlatlar Yevropa iqtisodiyotini qayta tiklash uchun koronavirus pandemiyasi tugagandan so‘ng eng qisqa vaqt ichida retsessiyadan xalos bo‘lishga imkon beradigan fond yaratishni rejalashtirgan. Bunda, birinchi navbatda, aholining xaridorlik qobiliyati oshirilishi va ishsizlik bartaraf etilishi ko‘zlangan. Demak, buni amalga oshirish uchun a’zo davlatlar kichik biznesning barcha ko‘rinishlarini qo‘llab-quvvatlashga asosiy urg‘u berishadi. Xalqaro munosabatlardagi “globallashuvning poyoni” haqidagi fikrlar mintaqalashuv jarayoni kuchayganligiga ham ishora qiladi. Shu ma’noda Yevropa Ittifoqi siyosiy nuqtayi nazardan o‘zini qayta ko‘rib chiqib, xalqaro munosabatlarda boshqa ishtirokchilar bilan o‘rnatilgan aloqalariga tuzatish kiritadi va shu orqali inqirozdan chiqish yo‘llarini izlaydi. Aslida, Yevropa Ittifoqining G‘arbiy Bolqon bo‘yicha so‘nggi qarori, hatto inqiroz sharoitida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Shimoliy Makedoniya va Albaniyaning a’zolik masalasi ko‘rib chiqilishi uning olg‘a qadam tashlashga kirishganidan dalolat beradi. Ta’kidlash joizki, a’zo davlatlar hozirdanoq iqtisodiy muammolar bilan kurashishga majbur bo‘lmoq- da. Inqirozdan keyin esa bunday muammolar yanada kuchayadi va, tabiiyki, yordamga bo‘lgan ehti- yoj sezilarli ravishda ortadi. Shu bois a’zo davlatlar, shuningdek, Yevropa Ittifoqi ma’muriyati Covid-19 epidemiyasining iqtisodiy inqiroz istiqbolini hisobga olgan holda har qachongidan ham ko‘proq moliyaviy yordam paketlarini e’lon qilishmoqda. Brussel hamda a’zo davlatlar poytaxtlari tomonidan rejalashtirilgan mazkur yordam paketlari orqali ular Yevropa Ittifoqining moliyaviy va iqtisodiy siyosatdagi sherikligini tabiiy ravishda qo‘llab-quvvatlaydi.7 Inqirozga qarshi choralar sifatida Yevropa Ittifoqi 24-avgust kuni SURE tashabbusi asosida 16 ta a’zo davlatga 87,3 milliard yevroni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida berish to‘g‘risida qaror qabul qilish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi Kengashiga takliflarni taqdim etdi va 22-oktabr kuni 100 milliard yevrogacha bo‘lgan SURE majburiyatlarini e’lon qildi [9]. Yevropa Ittifoqi Kengashi iyul oyida NGEU (Yevropa Ittifoqi Keyingi avlod) jamg‘armasini tashkil qilib, inqirozga qarshi kurashishning yangi bosqichini amalga oshirdi. Bu jamg‘armaning umumiy fondi Yevropa Ittifoqi darajasida qarz olish hisobiga jami 750 milliard yevroni tashkil etdi [9]. O‘z navbatida, bu quyidagicha xarajatlar taqsimotini keltirib chiqardi. Download 244.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling