Bajardi: 1-kurs Buxgalteriya hisobi va audit
-jadval Yevropa Komissiyasining 2020-yil 9-apreldagi inqirozga qarshi rejasi
Download 244.81 Kb.
|
Pandemiya davrida mulkchilik shakllarining xilma-xilligi.
2-jadval
Yevropa Komissiyasining 2020-yil 9-apreldagi inqirozga qarshi rejasi
Manba: Xalqaro valyuta fondining rasmiy veb sahifasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. URL: https://www.imf.org/en/Topics/imf-and-covid19/Policy-Responses-to-COVID-19 Bu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Yevropa Ittifoqining inqirozga qarshi choralarining eng ko‘p qismi sog‘liqni saqlash sohasiga qaratilgan. Shuningdek, kompaniyalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali a’zo davlatlardagi ishlab chiqarish jarayonlarini qay- ta tiklash va barqarorlashtirishga erishish maqsad qi- lingan. Bizning mamlakatimizda ham Covid-19 pandemiyasining salbiy ta’siri sezilarli darajada ko‘zga ko‘rindi. Inqirozga qarshi kurashish uchun O‘zbekiston hukumati iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash va inqirozdan eng ko‘p zarar ko‘rganlarga yordam berish uchun 1 milliard AQSH dollari (yalpi ichki mahsulotning qariyb 2 foizi) miqdoridagi Inqirozga qarshi jamg‘arma tashkil etdi. Inqirozga qarshi jamg‘armadan tashqari hukumat ba’zi soliqlarni vaqtincha kamaytirdi va Tiklanish va taraqqiyot fondi kreditlarini oshirdi. Inqirozga qarshi choralar quyidagilarni o‘z ichiga olgan: sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish, jumladan, dori-darmonlar, karantin xarajatlari va sog‘liqni saqlash ishlari uchun ish haqiga qo‘shimchalarni kengaytirish; ijtimoiy nafaqa oladigan bolali oilalar va kam ta’minlangan oilalar sonini ko‘paytirish; zarar ko‘rgan korxonalarga foizlarni subsidiyalash orqali yordam berish; infratuzilma va bandlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha jamoat ishlarini tashkillashtirish. Shuningdek, hokimiyat yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy to‘lovlarni vaqtincha kamaytirdi, soliq tekshiruvlari monitoringini uzaytirdi, mol-mulk va yer solig‘i to‘lashni va 2019-yilgi daromad solig‘i bo‘yicha soliq deklaratsiyalarini kechiktirdi. Shuning- dek, markaziy hukumat mahalliy hokimiyatlardan soliqlarni 30 foizga kamaytirish va mol-mulk solig‘ini to‘lashda 6 oylik imtiyozli muddat berishni so‘radi8. Markaziy bank tijorat banklarga Covid-19 pandemiyasi davrida iqtisodiy zarar ko‘rgan firmalar uchun kredit to‘lovlarini kechiktirishni taklif qildi. Binobarin, davlat banklari zarar ko‘rgan tarmoqlar, jumladan, milliy aviakompaniya uchun kreditlarni to‘lash muddatlarini uzaytirdi. Iqtisodiyotni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasini 2020-yilda 200 bazaviy punktga pasaytirdi. Xususan, qayta moliyalashtirish stavkasi 2020-yil 15-aprelda 16 foizdan 15 foizgacha, 8-sentabrda esa 15 foizdan 14 foizgacha pasaytirildi. Markaziy bank me’yoriy kapitalga bo‘lgan talablarni o‘zgartirmagan holda real sektordagi ishlab chiqarish subyektlarining likvidlilik hamda moliyaviy salohiyatlarini kuzatishda davom etmoqda. Bundan asosiy ko‘zlangan maqsad iqtisodiyotni pandemiya sharoi- tida inqirozdan saqlash va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishni ta’minlashdir. Bundan tashqari, mamlakatimizda pandemiya sharoitida iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash va inqirozning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-apreldagi 213-F-sonli farmoyishi bilan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasini tashkil etilganligi inqirozga qarshi ko‘rilgan choralardan biri hisoblanadi [10]. Bu jamg‘armani shakllantirish orqali nafaqat ijtimoiy himoya nazarda tutilgan, balki kichik va o‘rta biznesda moliyaviy zarar ko‘rayotgan ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari maqsad qilingan edi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 17-iyunda “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga Xalqaro valyuta jamg‘armasidan mablag‘lar jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 388-son qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan 2020-yil 18-may kuni O‘zbekiston Respublikasiga imtiyozli qarz mablag‘lari ajratilishi ma’qullangan, bu qarz mablag‘lari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Tezkor kreditlash dasturi (Rapid Credit Facility) bo‘yicha 10 yil muddatga (5 yillik imtiyozli davri bilan) 92,05 mln SDR (yoki MAH – maхsus ayirboshlash huquqi) miqdoridagi foizsiz qarz; Tezkor moliyalashtirish instrumenti (RapidFinancing Instrument) boʻyicha 5 yil muddatga (3 yillik imtiyozli davri bilan) 1,05% yillik foiz stavkasi bilan 183,55 mln SDR miqdoridagi qarz [11]. Fikrimizcha, bu ko‘rilayotgan chora-tadbirlar- ning barchasi koronavirus pandemiyasi va karantin davrida iqtisodiyotni harakatlantirishning muhim va zaruriy richaglaridir. Yuqorida ko‘rib chiqilganlardan xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Yevropa Ittifoqining hozirgi glo- bal inqiroz qarshisida ko‘p tomonlama ojiz bo‘lib qolgani tabiiy holat. Buni 2020-yil 26-martda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi a’zo davlatlari prezidentlari uchrashuvida Covid-19 inqirozi tufayli kelib chiqqan iqtisodiy muammolarni hal qilishda umumiy va yakdil to‘xtamga kela olinmagani tasdiqlab berdi. Fikrimizcha, Yevropa Ittifoqining kelajagini ijobiy tomonga burish uchun eng yaxshi vosita bu Yevropa Ittifoqi integratsiyasini kuchaytirish orqali mazkur inqirozdan chiqib ketishdir. Boshqacha qilib aytganda, uning kuchayishi barcha a’zo davlatlar uchun umumiy yechimlar ishlab chiqilishiga olib keladi. Shu nuqtayi nazardan inqirozga qarshi choralarni ishlab chiqishda integratsiyalashuvni kuchaytirish ulkan ahamiyatga ega. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan koronavirus pandemiyasi va karantin davrida ko‘rilgan chora-tadbirlar ham o‘z vaqtida amalga oshirilgan inqirozning oldini olish harakatlaridan bo‘ldi. Aynan mazkur tadbirlarning amalga oshirilishi, aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlanishi, real sektorga ko‘rsatilgan imtiyozli tadbirlar natijasida mamlakatimiz iqtisodiyotida kuzatilishi mumkin bo‘lgan katta iqtisodiy zararlarning oldini olishga erishildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling