Bajardi: 20/1-guruh talabasi baydullayeva shodiyona ilhomjon qizi


Respublika uzluksiz ta’lim tizimi ijtimoiy buyurtmani bajarishga xizmat qiladi, barkamol shaxs va yetuk mutaxassisni tarbiyalash vazifasini bajaradi


Download 195.59 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi195.59 Kb.
#1490859
1   2   3   4
Bog'liq
baydullayeva shodiyona ilhomjon qizi

Respublika uzluksiz ta’lim tizimi ijtimoiy buyurtmani bajarishga xizmat qiladi, barkamol shaxs va yetuk mutaxassisni tarbiyalash vazifasini bajaradi.

  • Respublika uzluksiz ta’lim tizimi ijtimoiy buyurtmani bajarishga xizmat qiladi, barkamol shaxs va yetuk mutaxassisni tarbiyalash vazifasini bajaradi.
  • Inson muammosiga qisqacha tarixiy-falsafiy nazar tashlash XX asr boshiga kelib falsafada bilimning yangi mustaqil sohasi – inson haqidagi ta’limot, ya’ni falsafiy antropologiya vujudga kelishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganini ko’rsatadi.
  • Falsafiy antropologiyaning vujudga kelishi va rivojlanishi. Yunoncha sophia – donishmandlik, anthroposinson va logos – ta’limot so’zlaridan kelib chiqqan «falsafiy antropologiya» atamasi etimologik jihatdan inson haqidagi falsafiy ta’limotni anglatadi. Falsafiy antropologiya insonning alohida borliq manbai sifatida kelib chiqishi, tadrijiy rivojlanishi va mavjudligining o’ziga xos xususiyatlariga doir falsafiy qarashlarni aks ettiradi.
  • Yuqorida qayd etilganidek, inson haqidagi falsafiy ta’limotlar qadimda vujudga kelgan va butun falsafa tarixi orqali o’tadi. Konfutsiy, Suqrot, Geraklit, stoiklar, kiniklar, Avgustin, Foma, Forobiy, Ibn Sino, A.Navoiy, A.Jomiy, Dekart, Russo, Kant, Feyerbax, Nitsshe va boshqalar insonning falsafiy, nazariy obrazini yaratib, falsafiy antropologiya falsafiy bilimning mustaqil bo’limi sifatida vujudga kelishi uchun zamin hozirladi.
  • SHu ma’noda falsafiy antropologiyaning ilk ildizlariga XVIII asr frantsuz materialistlarining asarlarida duch kelish mumkin. Ammo Kant, shuningdek, insonning mohiyati muammosini falsafaning «birdan-bir, universal va oliy» predmeti darajasiga ko’taruvchi antropologik tamoyillarni falsafaga kiritgan va asoslab bergan Feyerbax sa’y-harakatlari bilan falsafiy antropologiya mustaqil falsafiy fan sifatida shakllana boshladi.

XX asrning 60-70-yillarida falsafiy antropologiya shunday bir g’oyaviy harakatga aylandiki, uning doirasida olimlar insonning hozirgi holatini nazariy jihatdan anglab yetish va talqin qilish, uning tabiatiga nisbatan yangicha yondashuvni ilgari surishga harakat qildilar. Bu davrda yuz bergan fan-texnika taraqqiyoti va insonning o’z ilmiy va amaliy faoliyati natijalari uchun javobgarlik tuyg’usining kuchayishi falsafiy antropologiyaning rivojlanishiga qo’shimcha turtki berdi. SHunday qilib, u endi inson haqidagi bilimlarning umumiyroq majmui – umumiy antropologiyaning tarkibiy qismiga aylandi. Bu fan turli-tuman ta’limotlar, kontseptsiyalar va yo’nalishlarni o’z ichiga oladiki, ularning orasida falsafiy yo’nalishdan tashqari biologik, teologik (diniy), sotsiologik, psixologik, madaniy (etnografik), strukturalistik, pedagogik va boshqa yo’nalishlarni qayd etish mumkin.

  • XX asrning 60-70-yillarida falsafiy antropologiya shunday bir g’oyaviy harakatga aylandiki, uning doirasida olimlar insonning hozirgi holatini nazariy jihatdan anglab yetish va talqin qilish, uning tabiatiga nisbatan yangicha yondashuvni ilgari surishga harakat qildilar. Bu davrda yuz bergan fan-texnika taraqqiyoti va insonning o’z ilmiy va amaliy faoliyati natijalari uchun javobgarlik tuyg’usining kuchayishi falsafiy antropologiyaning rivojlanishiga qo’shimcha turtki berdi. SHunday qilib, u endi inson haqidagi bilimlarning umumiyroq majmui – umumiy antropologiyaning tarkibiy qismiga aylandi. Bu fan turli-tuman ta’limotlar, kontseptsiyalar va yo’nalishlarni o’z ichiga oladiki, ularning orasida falsafiy yo’nalishdan tashqari biologik, teologik (diniy), sotsiologik, psixologik, madaniy (etnografik), strukturalistik, pedagogik va boshqa yo’nalishlarni qayd etish mumkin.
  • Ularning har biri, falsafiy yo’nalishdan farqli o’laroq, insonning muayyan bir tomonini yoritadi. Masalan, biologik antropologiya anatomiya, fiziologiya, irq haqidagi ta’limot va shu kabilarga tayanib, insonning qolgan barcha tirik mavjudotlardan farqini uning jismoniy tuzilishi nuqtai nazaridan aniqlaydi. Teologik antropologiya inson haqidagi tegishli tasavvurlarni uni Xudo yaratgani nuqtai nazaridan shakllantiradi. Falsafiy antropologiya esa butunlay boshqa vazifani hal qiladi – u vaziyatga yaxlit yondashadi va fanlararo xususiyatga ega bo’lgan xulosalar chiqaradi.

Download 195.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling