Izoxorik jarayonlar. - Izoxorik jarayon - sistema hajmi oʻzgarmagan holda sistemada sodir boʻladigan fizik jarayon. Sistemaning termodinamik holat diagrammasida izoxora bilan ifodalanadi.
- Qattiq jismdagi jarayonlarda, jumladan, izotermik jarayonlar esa hajm deyarli oʻzgarmagani uchun ular, odatda, Izoxorik jarayon deb hisoblanadi. Shuningdek, juda tez sodir boʻladigan jarayonlar (mas, portlash jarayoni) da hajm oʻzgarishga deyarli ulgurmagani sababli ularni Izoxorik jarayon deb qarash mumkin. Izoxorik jarayon issiqlik mashinalari (mas, Otto, Dizel sikllari)da uchraydi.
- Izoxorik jarayonda hajm oʻzgarishi bilan bogʻliq mexanik ish bajarilmaydi; sistemaning ichki energiyasi oʻzgarishi issiqlik yutil ishi (yoki chiqarilishi) tufayli sodir boʻladi va temperaturaning oʻzgarishi (ortishi) bosimning oʻzgarishi (ortishi)ga olib keladi. Ideal gyazdagi Izoxorik jarayon Sharl qonuniga boʻysunadi.Real gazlardagi Izoxorik jarayon Sharl qonuniga boʻysunmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |