Bajardi: 20/2 guruh talabasi Abdiqahhorova Durdona


Ishlab chiqarish asoslari


Download 51.78 Kb.
bet5/10
Sana04.02.2023
Hajmi51.78 Kb.
#1162927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
20.2 Abdiqahhorova Durdona Uy- ro‘zg‘or asoslari” “fanining maqsadi va vazifalari. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan texnologiya fanida “Uy ro‘zg‘or asoslari” bo‘limi mazmuni

Ishlab chiqarish asoslari: o’quvchilar O’zbekistondagi ishlab chiqarish turlari va tarkibi, ularning bir-biriga bog’liqligi; ishlab chiqarish texnologiyasi; ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar; mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o’lchash va taqqoslash texnologiyalari; zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi; tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari; tabiatni muhofaza qilish; sanoat miqyosida ko’p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo’lgan mahsulot namunasini tayyorlash.
Kasb-hunarga yo’naltirish asoslari. Kasblarni tanlash maqsadi, shart-sharoitlari, kasblar tasniflagichi. Kasb tanlash formulasi, kasbiy tavsifnoma. O’zbekistonda kasblar turkumlari: Odam-odam; Odam-texnika; Odam-tabiat; Odam-belgilar tizimi; Odam-badiiy obraz. Kasbiy mahorat asoslari. Kasb-hunar yo’nalishini tanlashda qiziqish, moyillik, qobiliyat, kasbiy yaroqlilikning ahamiyati bilan bosqichma-bosqich tanishtirib borish. O’quvchilarning hududiy, geografik, mahalliy sharoitlaridan kelib chiqib, o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv muassasalarida o’zlari qiziqqan sohalar yo’nalishini (akademik liseylarda o’qish yo’nalishini), ixtiyoriy tanlashlariga yordamlashish. Sog’ligini tanlagan kasbiga mos kelish-kelmasligini hisobga olish. Kelgusi kasbiy hayot yo’lini ongli tanlay olish ko’nikmalarini shakllantirish.
O’quvchilarning unumli mehnat jarayonida ishtiroki.
O’quvchilarning texnologiya faniga oid o’quv reja va dasturlari orqali o’quv muassasalarida oladigan nazariy va amaliy bilim, ko’nikma va malakalari turli shakllarda tashkil etiladigan quyidagi unumli mehnat turlari va jarayonlarida ishtirok etishlari orqali mustahkamlanadi:
- mehnat turlari va sohalari bo’yicha maktabda tashkil etiladigan amaliy to’garaklar: maktab ustaxonalari, laboratoriyalari, tajriba-sinov va yer maydonlari, homiylik va otalik korxonalari negizida tashkil etiladigan amaliy mashg’ulotlar; maktab kooperativlari, kichik va qo’shma korxonalarda ishlash; mehnat amaliyotida qatnashish; turli xil mulkchilik shakllaridagi ishlab chiqarish korxonalariga sayohatlar tashkil etish; mehnat va hosil bayramlari, anjumanlari, ko’rgazmalari va shu kabilarni tashkil etish.
O’quvchilar mehnat faoliyatining bu ko’rinishlarini tashkil etishda o’quvchilarning yoshi, shaxsiy, ruhiy, fiziologik xususiyatlari, pedagogik va metodik mezonlar, mehnat qonunchiligi, sanitariya-gigiyena va mehnat xavfsizligi talablari, milliy an’analar va urf-odatlar, iqtisodiy sharoitlar va qonuniyatlar hisobga olinishi lozim.

Download 51.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling