Bajardi: 4-6-iqts-22 guruh talabasi Ibrohimov Afzalbek Tekshirdi: Reja


Download 52.43 Kb.
bet8/9
Sana14.05.2023
Hajmi52.43 Kb.
#1459269
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ibrohimov Afzalbek

O`zbek sirki. 1992 yilda “O`zekdavlatsirk” respublika birlashmasining tashkil etilishi sirk san`tining rivojlanishda muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Toshkent sirki zamonaviy talablar asosida qayta ta`mirlanadi, unga O`zbekiston xalq artisti Toshkenboy egamberdiev nomi berildi. An`naviy sirk san`atining unitilgan turlari tiklandi va rivojlandi. Iste`dodli yoshlarga amaliy yordam berish maqsadida 1996 yilda estradayirk koleji ochildi. O`zbekiston sirkchilarining chet ellarga gastrol`
safarlari uyushtirildi. Misr, Irdaniya, Falastin, Pokiston, Malaziya, Hindiston, Xitoy, Suriya, Livan, Eron, Birlashgan Arab Amirligida gastrol` safarlarida bo`lgan respublikamiz sirk ustalari o`zbek milliy sirk san`atini namoyish etilar.
Olimjon Toshkentboyev rahbarligidagi “O`zbekiston dorbozalari” guruhi 1996 yildan boshlab Yevropamamlakatlarida gastrol` safarida bo`lib 2000 dan ziyod tomosha ko`rsatdilar. 15 yoshli Karima Zaripova 1997 yil yanvarda Parijdagi Buglion sirkida bo`lgan yosh sirk artistlarining xalqaro festivalida qatnashib “Plastik etyud” (besuyak o`yini) janirida festivalning eng oliy mukofoti – oltin
medalni qo`lga kiritdi. 1998 yida Toshkent sirkida iste`dodli yoshlarga ko`maklashuvchi bolalar studiyasi ochildi. O`zbek sirkchilari 1999 yilda Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida, 1999 yilda Saratov shahrida
bo`lib o`tgan Butunrossiya sirk festivalida, 2000 yilda Xitoyning Uxan shahrida bo`lib o`tgan sirk festivalida, 2001 yil yanvarda Belgiyaning L`ej shahrida bo`lib o`tgan Yevropa sirklarning 10- festivalida muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli
o`rinlarni egalladilar. Sirkchilarimiz sa`y-harakatlari natijasida O`zek sirkiga xos turli nomer va attrakcionlar xalqaro sirk dasturlaridan o`rin egalladi.
Milliy musiqa va qo`shiqchilik. Mustaqillik yillarida milliy musiqa va qo`shiqchilik san`ati rivojlandi. Respublika madaniyat ishlari vazirligi, 1992 yilda tashkil etilgan “Xalq ijodi va madaniy-ma`rifiy ishlar respulika markazi”, uning
viloyatlaridagi bo`limlari musiqa va qo`shiqchilik san`atini, havaskorlik va fol`klor jamoalari faoliyatini rivojlantirish, unitilgan xalq ohanglarini tiklash maqsadida turli xil ko`rik tanlovlar festivallar tashkil etmoqdalar. 1992 yilda Toshkentda
“Asirlarga tengdosh navolar” va “Boqiy ovozlar”, Xorazmviloyatida fol`klor jamoalari, askiya, qiziqchi vamasqaravozlarning, Qo`qonda katta ashula, lapar va yallaijrochilarining ko`rik –tanlovlari o`tkazildi. 1994 yil mayoyida Parijda bo`lib o`tgan “Sharq musiqasi” festivalidaMunojat Yo`lchieva va Shavkat Mirzaevlar ishtirok etib,o`zbek milliy qo`shiqchilik san`atini jahonga namoyish etdilar.
1996 yil aprel` oyida Turkiston saroyida, “Bahor”majmuasi va boshqa ijodiy koncert tashkilotlari negizidatashkil etilgan “O`zbeknavo” gastrol`-koncert birlashmasiorqali xalq orasida istedodli qo`shiqchilarni izlab topish va
ko`rik-tanlovlarga jalb etish, musiqa va qo`shiqchilik san`ati bo`yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi tadbirlaramalga oshirildi. Respublika Prezdentining 1996 yil 27avgustdagi ““O`zbekiston – Vatanim manim” qo`shiqlar bayrami to`g`risida” gi farmoni qo`shiqchilik san`atini rivojlantirishga ijobiy ta`sir ko`satdi. 1996 yilda o`tkazilgan barcha viloyat, shahar va tumanlarida “O`zbekiston – Vatanim manim” qo`shiq tanlovida 54 mingdan ziyod qo`shiqchilar
qatnashdi. Bunday ko`rik tanlov har yili avgust oyidao`tkaziladigan bo`ladi va avgust oyining uchinchi yakshanbakuni “O`zbekeiston – Vatanim manim” qo`shiq bayrami kunideb belgilandi. Bu tanlov jarayonida Vatan, mustaqillikni
e`zozlovchi yuzlab yangi qo`shiqlar yaratildi. “O`zbekiston –Vatanim manim”, “Men seni sevaman, O`zbekiston”, “Vatanyagonadir”, “Mustaqillik gullari”, “Ona yurtim”, “O`zbekistonaskarlari” qo`shiqlari shular jumlasidandir.1997 yil 11 martda qabul qilingan Respublikahukumatining ““Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivalinio`tkazish to`g`risida” gi qaror musiqa san`atini noyob namunalarini keng targ`ib qilish, rivojlantirishda dastur amalbo`lib xizmat qildi. 1997 yil 25 avgust – 2sentyabr` kunlariSamarqanda bo`lib o`tgan “Sharq taronalari” birinchi Xalqarofestivalida dunyoning 40 dan ortiq mamlakatdan ijrochilar,san`atshunoslar, jamoat arboblari ishtirok etdi, festivalda
yangragan o`zbek ohanglari, kuy-qo`shiqlari jahon uzrataraldi. Har ikki yilda Samarqandda “Sharq taronalari”Xalqaro festivalini o`tkazish an`ana tusini oldi.
O`zbekistonda musiqa va qo`shiqchilik san`atinirivojidga har yili 31 avgust va 21 mart kunlari o`tkazilayotganMustaqillik va Navro`z kunlariga bag`ishlangshan bayramtantanalari ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda.Mustaqillik yillarda O`zbekistonda yashayotgan 130 gayaqin turli millat va elat urf-odatlari va an`analari birdek
rivojlanib bormoqda. Hozirgi paytda O`zbekistonda 120 tamilliy madaniyat markazlari faoliyat yuritmoqda. Milliymadaniy markazlar o`z millatdoshlarining tili, madaniyati, urfodatlari, rasm-rusmlarini tiklash, tarixiy Vatani bilan aloqani
jonlantirish kabi masalalar bilan shug`ullanib kelmoqdalar.Milliy madaniy markazlar qoshida milliy musiqa, raqs, hunarva boshqa yo`nalishlardagi to`garaklar tashkil etilgan.1992 yilda turli milliy madaniy markazlarga
ko`maklashuvchi Respublika Baynalmilal markazi tuzildi.Uning faoliyatida respublikamizda isteqomat qiluvchi turlimillat va e`latlarni jipslashtirish asosiy o`rin tutmoqda. Har birmillatga mansub rassomlar, yozuvchilar, shoirlar, olimlar,
madaniyat va san`at arboblariga bag`ishlangan yig`ilishlar,ko`rgazmalar tashkil etilmoqda. Milliy madaniy markazlar o`zfaoliyatii bilan respublikada madaniyat ravnaqiga muhim hissa qo`shmoqdalar.
Muzey. Jamiyat madaniy-ma`rifiy hayotida, alohidatarixiy xotirani tiklash va mustahkamlashda muzeylarningahamiyati katta. Shu boisdan ham mustaqillik yillarda mavjudmuzeylarni ta`mirlash, yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi
muzeylar barpo etishga alohida e`tibor berildi.Namanganda ulug` o`zbek shoiri Boborahim Mashrabmuzeyi, Xorazmda hofiz Hojixon Boltaboev nomlimaqomchilar muzey, Urganchda Xorazm amaliy san`ati vatarixi muzeyi, Buxoroda temirchilik muzeyi, Samarqandviloyatining Oqtosh shahrida xalq baxshisi Islom shoir Nazaro`g`lining uy-muzeyi, Toshkentda o`zbek ayollari orasidanchiqqan birinchi huquqshunos olima Hadicha Sulaymonovamuzeyi, o`zbek raqqosasi Mukarram Turg`unboeva muzeyisingari uy muzeylari tashkil etildi. Shuningdek oliy ta`limmuassasalarida ko`plab muzeylar ochildi.
1996 yili 1 sentyabr` kuni Toshkentda Osiyoda yagonabo`lgan Olimpiya shonshuhrat muzeyi faoliyat ko`rsataboshladi. Bu muzey o`zbekistonlik sportchilarning xalqaromusobaqalardagi muvaffaqiyatlarini namoyish etadigan,mamlakatimizda sport harakatini rivojlantirish markazi bo`libqoldi.
1996 18 oktyabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlatmuzeyi ochildi. Muzey temuriylar davri ruhini aks ettiruvchio`sha davrga xos tarixiy jihozlar, qurol-aslahalar,lashkarboshilar va oddiy jangchilarning kiyim-boshlari,oltindan yasalgan uy-buyum ashyolari, musiqa asboblari, AmirTemur, Bobur qo`lyzmalari, Ulug`bekning astromik vaboshqa 2000 dan ortiqroq tarixiy, madaniy yodgorliklar bilanjihozlangan. Temuriylar tarixi davlat muzeyi O`zbekistonda amalga oshirilayotgan madaniy, ma`naviy, ma`rifiy ishlar,ilmiy tafakkur markaziga aylandi. 2002 yilda TermizdaArxeologiya muzeyi bunyod etildi.
O`zbekiston Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi“Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirishto`g`risida”gi farmoni va uning bajarilishini ta`minlagaqaratilgan Respublika hukumatining 1998 yil 5 dekabrda qabul
qilingan “Muzeylar faoliyatini qo`llab-quvvatlash masalalarito`g`risida”gi qarori mamlakatimizda muzey ishinirivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Madaniyat ishlarivazirligi, “Oltin meros” jamg`armasi, Badiiy Akademiya,Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi muzeylar rahbariyati bilanhamkorlikda muzeylarning rivojlanishi va moliyaviy ta`minotibo`yicha dastur ishlab chiqildi. Muzeylar davlat muhofazasigaolindi, ularni ta`mirlash, muzey eksponatlarini boyitish davlatbyudjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo`llab-quvvatlanadi.Muzeylar faoliyatini muvvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordamko`rsatish, moddiy jihatdan qo`llab-quvvatlash maqsadida1998 yilda “O`zbekmuzey” Respublika jamg`armasi tuzildi.Aholining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishgako`maklashuvchi “Moziydan sado” jurnali ta`sis etildi va u1999 yildan boshlab o`zbek, rus va ingiliz tillarida nashr etilaboshlandi. Faqat 1999 yilda muzeylarning asosiy fondi 7544 ta
tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan boyitildi.O`zbekistonda umumiy maydoni 137150 kv.m.nitashkil etadigan 510 ta muzey faoliyat ko`rsatmoqda. Ularda
1,3 milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatiniaks ettiruvchi nrdir buyumlar-eksponatlar saqlanmoqda vaaholiga namoyish etilmoqda. Mamlakatimizning me`moriyyodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro`yxatigakiritilgan. 2005 ta me`moriy obida, 2700 ta arxeologikyodgorlik, 1800 monumental san`at asari davlat muhofazasigaolingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 tamuzey-qo`riqxonalarida butun dunyoda eng nodir tarixiy
yodgorliklar , me`moriy obidalar, monumental san`at asarlariFranciya, Turkiya, eron, Pokiston, Koreya, Xitoy va boshqamamlakatlarda O`zbekiston muzeylarining eksponatlarinamoyish etildi.
Sport. Mustaqillik yillarida sport O`zbekiston milliymadaniyatining tarkibiy qismi sifatida rivojlantirildi.imkoniyatlar yaratdi. 46 mingdan ortiq sport inshoatlari – sportsog`lomlashtirish klublari, bolalar-o`smirlar sport maktablari,olimpiya o`rinbosarlari bilim yurtlari , oliy sport mahoratmaktablari, o`yingohlar, sport zallari, maydonlari, hovuzlarbarpo etildi va ta`mirlandi. Ularda 7 mln. kishi jismoniytarbiya va sport bilan shug`ullanish imkoniyatiga ega bo`ldi.
1992 yil yanvarda O`zbekiston Milliy olimpiyaqo`mitasi tuzildi va 1993 yil sentyabrda xalqaro olimpiyaqo`mitasining 101-sessiyada rasmiy e`tirof etildi. Sportning boks turi jadal o`sdi. 17 marta jahonchempioni Artur Grigor`yan, Sidney olimpiadasi chempiniMuhammadqodir Abdullaev kabi bokschilarimiz johonga
mashhur. 1999 yil avgust oyida Amerkaning X`yustonshahrida o`tkazilgan X jahon chempionatida O`zbekiston bokskomandasi 83 mamlakat o`rtasida AQSh va Kuba
komandalaridan keyin faxirli uchinchi o`rinni egalladi.Vatanimizda sportning tennis turi rivojlandi. 168 tatennis korti, eng zamonaviy Yunusobod tennis majmui barpoetildi. Yunusobod tennis saroyida 1994-2002 yillarda O`zbekiston prezidenti kubogi uchun 9 marta xalqaro tennismusobaqalari o`tkazildi. 1999 yilning iyul` oyida Londondao`tgan tennis bo`yicha yoshlar xalqaro turinirida toshkentlik sportchi Iroda To`laganova Uimbldon uchrashuvida g`olib chiqib, kumush kubokni kichraytirilgan nusxasini qo`lgakiritdi.
1998 yil may oyida mamlakatimiz alpinistlari Himolay tog`ining eng baland “evarest” cho`qqisiga ko`tarilib, O`zbekiston dovrug`ini dunyoga taratdilar .
Mustaqillik sharofati bilan o`zbek milliy kurashitiklandi. 1992 yilda Termiz va Shahrisabz shaharlaridadastlabki milliy kurash bo`yicha xalqaro musobaqa o`tkazildi.Milliy kurashimizning nazariy jihatlari va qoidalari ishlab
chiqildi va xalqaro ekspertlar tomonidan e`tirof etildi., xalqaro sport turlari qatoridan o`rin oldi. Toshkentda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan sportchilar ishtirokida kurash bo`yicha birinchi jahon chempionati bo`lib o`tdi. Unda o`zbekistonlik kurashchilar 3 ta oltin, 3 ta kumush 3ta bronza
medallarini qo`lga kiritdilar. Akobir polvon, Kamol polvon, Toshtemir polvonlar nomi butun jahonga taraldi. Xalqaro kurash associaciyasi tuzildi, uning faxriy prezidenti etib Islom Karimov saylandi. 2000-2002 yillarda London shahrida 3
marta Islom Karimov nomi bilan ataluvchi xalqaro turinir bo`lib o`tdi. 2002 yil oktyabrda Xalqaro kurash asociaciyasi Xalqaro sport federaciyasi a`zoligiga qabul qilindi. O`zbek milliy kurashi xalqaro sport turi sifatida dunyonda e`tirof topdi.
Mustaqillik yillarida O`zbekiston sportchilariOlimpiadalar, Osiyo o`yinlari, Jahon va Osiyo chempionlari va boshqa munosabatlarida qatnashib, 3000 dan ortiq oltin,
kumush va bronza medallarni qo`lga kiritdilar. Shunday qilib, mustaqillik yillarida O`zbekistonda sport rivojlandi, yangi ma`no-mazmun bilan boyidi, jahon sportiga
qo`shildi va xalqaro maydonda salmoqli o`rinni egalladi.



Download 52.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling