Bajardi: 4-6-iqts-22 guruh talabasi Ibrohimov Afzalbek Tekshirdi: Reja
Download 52.43 Kb.
|
Ibrohimov Afzalbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Teatr, sirk musiqa, qo`shiqchilik san`ati, muzey va sport taraqqiyoti Teatr.
Kino san`ati. Mustaqillik yillarida kino san`ati rivoj topdi. 1996 yilda “O`zbekfil`m” tassarufida 8 ta kinostudiya, 30ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat yuritdi. 1996 yilda tashkil etilgan “O`zbekkino” davlat akcionerlik
kompaniyasi, uning davlat tomonidan moddiy jihatdan qo`llabquvvatlanishi kino san`atining rivojida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. 1991-2002 yillarda 60ga yaqin badiiy filmlar yaratildi. “Temir xotin”, “Dallol”, “Sharif va Ma`ruf”, “Tilla bola”, “Buyuk Amir Temur”, “Yulduzingni ber, osmon”, “ Kenja singal” va boshqa fil`mlarda milliylik va zamonaviylik uyg`unligi yaqqol nomioyon bo`ldi. 1997 yil 22-29 may kunlari XII Xalqaro Toshkent kinofestivali bo`lib o`tdi. Unda 32ta davlat va 8ta xalqaro tashkilotdan vakillar, kino san`ati ustalari qatnashdi. “Buyuk Amir Temur” fil`mi ijodkori R.Ibrohimovga festival bosh sovrini – “Neksiya” avtomobili berildi. Mustaqillik yillarida o`nlab xujjatli fil`mlar yaratildi. “O`zbekiston bahorlari”, “Ulkan odim”, “Ular Germaniyada o`qigan edilar”, “O`zbekiston qahramonlari”, “Umid qaldirg`ochi”, “Istiqlol fidoyilari” va shular jumlasidandir. 3. Teatr, sirk musiqa, qo`shiqchilik san`ati, muzey va sport taraqqiyoti Teatr. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ma`naviy- ma`rifiy islohotlar jarayonida teatr san`ati ham rivojlandi. 1993 yilda foydalanishga topshirilgan “Turkiston” saroyi Vatanimiz va xorijlik teatr arboblarining, ijodiy guruhlarining sahna asarlari namoyish etiladigan dargohga aylandi. Andijonda jamoatchilik asosida faoliyat ko`rsatayotgan yoshlar teatri, Abbos Bakirov nomli yoshlar va bolalar teatriga aylantirildi. Respublika Prezidentining 1995yil 20 oktyabrdagi “O`zbekistonda teatr va musiqa san`atini yanada rivojlantirishni qo`llab- quvvatlash va rag`batlantirish choratadbirlari to`g`risidagi”gi, 1998 yil 26 martdagi “O`zbekiston teatr san`atini rivojlantirish to`g`risida”gi farmonlari asosida teatrlar davlat byudjeti hisobiga qo`llab- quvvatlandi. Farmon binoan Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr ijodiy xodimlari uyushmasi qoshida 1998 yilda “O`zbekteatr” ijodiyishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Birlashma teatr jamoalariga xalqimizning boy ma`naviy olamini, uning madaniy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini uyg`otuvchi spektakllar yaratishda, iste`dodli yoshlarni teatrga jalb qilishda, moddiy va texnikaviy bazasini mustahkamlashda, ijodiy xodimlarni ijtimoiy himoya qilishdako`maklashdi. Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta opera va balet teatri Yaponiya tomonidan 1995 yilda bepul ajratilgan 47 mln. ien (1500 ming AQSh dollari) qiymatiga teng yangi uskunalar bilan jiihozlandi. Respublikamizda 36 ta professional teatr faoliyat ko`rsatmoqda. Har bir viloyatda qo`g`irchoq teatrlari bolalarga xizmat qilyapdi. 2001 yilda respublika teatr san`atida muhim taixiy voqea sodir bo`ldi. Hamza nomidagi O`zbek akademik drama teatri binosi muxtasham koshona shaklida qayta qurildi, zamonaviy teatr uskunalri va mebellar bilan jihozlandi. Prezident farmoni bilan unga Milliy teatr maqomi berildi. Respublika teatrlari Vatan tarixini sahna asarlari orqali yoritishga alohida e`tibor berdilar. Milliy akademik drama teatri va Qashqadaryo musiqali drama teatri jamoalari “Sohibqiron” Xorazm viloyati musiqali drama va komediyam teatri “Jaloliddin Manguberdi”, Abror Hidoyatov nomli o`zbek davlat teatri “Buyuk ipak yo`li” kabi tarixiy dramalarni sahnaga qo`ydi. 1997 yil oktyabrda Toshkentda bo`lib o`tgan “Teatr: Sharq-G`arb” xalqaro festivalda Yaponiya, Hindiston, Gonkong, Turkiya, Rossiya, Buyuk Britaniya teatr san`atkorlarining chiqishllari bo`ldi. Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag`ishlangan festivalda O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston teatrlarining 15 ta eng yaxshi tarixiy sahna asarlari namoyish etildi. O`zbekiston teatr ustalari Germaniya, Franciya, Slovakiya, Hindiston, AQSh, Bed`giya, Misr, Rossiya teatr festivallarida qiziqarli spektakllar bilan ishtirok etdilar. Respublikamiz teatr san`ati xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ma`naviyatini boyitish, ular lngiga Milliy istiqlol g`oyasini singdira borish, vatanparvarlik tuyg`ularini kuchaytirish axloqiy, estetik tarbiya maktabi bo`lib xizmat qilmoqda. Download 52.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling