Bajardi: Abduraimov a qabul Qildi: Mamajonov A
Download 1.19 Mb.
|
Azizbek
Andijon Davlat Universiteti Tabiiy Fanlar Fakulteti Geografiya yo’nalish 303-guruh Talabasi Abduraimov Azizbekning Jahon ho’jaligi geografiyasi (O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi) fanidan tayorlagan TaqdimotiBajardi: Abduraimov AQabul Qildi:Mamajonov AMavzu:O’rta Osiyo tabiiy mineral resurslari Reja : 1) O’rta Osiyo Foydali qazilmalari 2) O’rta Osiyo va O’zbekistonda joylashgan konlar 3)XulosaFoydali qazilmalari. O’rta Osiyo o'lkasi turli foydali qazilmalarga boy. Yoqilg'i-energetika boyliklari neft, gaz va ko'mir asosan mezozoy va uchlamchi davrning dengiz yotqiziqlari orasida topilgan. Asosiy neft konlari Kaspiy dengizi bo'yida; Chelekenda, Nebit-dagda, Qoturtepada, yangi yirik konlari Mang'ishloqda, Tengizda, Ko'kdumaloqda, Mingbuloqda ham topilgan. Gaz ham asosan neft chiqadigan hududlarda uchraydi. Yangi ko'mir konlari Mang'ishloqda (qo'ng'ir ko'mir), To'rg'ay platosida (qo'ng'ir ko'mir), Tyaaqirda (toshko’mir) ochilgan.Farg’ona vodiysida, Issiqko’lning sharqida, Ichki Tyanshanda, g’arbiy Tyanshanda, Hisorda, Qozog’iston past tog’larida katta ko’mir konlari bor. Qarag’anda toshko’mir havzasi zaxirasining ko’pligi va toshko’mir sifatining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Ekibastuz ko’mir havzasida esa ko’mir qatlamlari qalin, 8 m gacha yetadi va ochiq usulda qazib olinadi. O’rta Osiyo hududida bir necha rudali (temir, titan, marganes, xrom) rangli (mis, qo’rg’oshin), nodir (volfram, molibden, qalay, vismut, simob, surma) qimmatbaho (oltin, kumush) metall konlari bor: Olmaliq, Qo’ng’irot va Jezqazg’anda mis konlari, Qoramozor va Qoratov tizmalarida polimetall konlari.Qozog’iston past tog’larida Oloy va O’rta Osiyo tog’ tizmalarining shimoliy yonbag’irlarida, Hisor va Zarafshon tizmalarida, Nurota tog’larida va ko’p joylarda nodir metall konlari bor. Yirik oltin konlari Qozog’iston past tog'larida, Nurota tog'larida, Darvoz tizmasida, Qizilqumda, Tyanshanda joylashgan. Yirik temir ruda konlari Qozog’istonda ochilgan. Kimyoviy xomashyolardan osh va kaliy tuzlari, oltingugurt konlari ham O’rta Osiyoda yetarli. Bunday konlardan Qorabo’g’ozgo’l g’arbiy Qozog’iston, Xo’jaikon alohida o’rin tutadi. O’rta Osiyoda binokorlik materiallari juda ko’p bo’lib, deyarli hamma yerda uchraydi. O'lkada issiq mineral buloqlar ham ko’p.Neft va gaz insoniyatga juda qadimdan ma’lum bo’lib, ulardan olinadigan mahsulotlarning xalq xo’jaligidagi iste’mol qilish o’rni hamda ularga bo’lgan ehtiyoj yil sayin ortib borgan. O’zbekistonda qadim zamonlardayoq neftdan foydalanib kelingan. Neftning o’ziga xos o’tkir hidi tufayli qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda undan foydalanilgan. Neftdan dori-darmon tayyorlash maqsadida Abu Ali ibn Sino neftni haydashga oid tajribalar o’tkazgan. Xorazm geografigi Bakrom (XIII asr) Bakudagi neftni haydash texnologiyasi haqida birinchi bo’lib eslatib o’tadi. Shuning uchun ham neft va uni qayta ishlash O’zbekistonda eng qadimiy tarmoqlardan biridir. O’zbekistonda neft qazib chiqarish 1876 yildan boshlangan. Farg’onaning Qamishboshi qishlog’ida rus tadbirkori D.P. Petrov tomonidan XIX asrning 80-yillari boshida 25 metrgacha burg’ilangan 2 ta quduqning har biridan kuniga 10 pud (160 kg) gacha neft qazib olgan. 1880-1883 yillar davrida bu quduqlar soni to’rrtaga yetgan. Quduqlar zarbali usul bilan kovlangan. Ularning devorlari taxta bilan qoplangan va neft maxsus uzun chelaklar (qovg„alar) yordamida tortib olingan. Ba‟zi ma‟lumotlarga muvofiq bunday quduqlardan kuniga 5-10 tonnagacha neft olingan. Rus tadbirkori D.P. Petrov 1885- yilda Sho’rsuvda ikkita quduq qazdirgan va ulardan kuniga 400-500 kg neft olingan, undan maxsus qozonda kerosin va qoramoy ajratib olina boshlangan. Aynan, shuning uchun ham manbalarda O’zbekistonda neft sanoatining boshlanishi 1885- yildan deb ko’rsatilgan.O’zbekistonda dastlabki neft koni 1904- yilda ochilgan bo’lib, u Farg’ona vodiysidagi Chimyon neft konida 278 metr chuqurlikdan (avvalgi Vankovsk) qazib olingan. Undan kuniga qariyib 130 tonna neft otilib chiqqan. O’sha yili Oltiariq temir yo’li stansiyasi yaqinida neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilgan. O’zbekistonda neft sanoatining paydo bo’lishi shu sanadan boshlanadi degan fikrlar ham mavjud. Qayta ishlangan neftdan asosan kerosin olingan. Kerosin va qoldiq qoramoy aravalarga va tuyalarga yuklanib, O’rta Osiyo, Afg’oniston, Xitoy bozorlarida, Toshkent, Andijon, Qo’qon paxtani qayta ishlash zavodlariga, moyjuvozlarga va aholiga sotilgan. Neft qoldiqlari temir yo’l taransportida yoqilg’i sifatida ishlatilgan. Keyinroq Farg’ona botig’ida bir nechta konlar ochilgan (Chimyon yonidagi Yorqo’ton va Moylisoy maydonlarida), Chimyon-Oltiariq neft quvuri qurilgan, neftni qayta ishlash zavodi kengaytirilgan. Bu davrda rus va chet el kapitali neft qazib olish, uni qayta ishlash, neft mahsulotlarini sotishni to’la nazoratga olgan. 1913- yilda jami 13 ming tonna neft qazib olingan. Sobiq chor Rusiyada oktabr oyidagi to’ntarishdan keyin neft konlari va neftni qayta ishlash korxonalari davlat tasarrufiga o’tkazilgan, neft konlarini izlash, ishga tushirish ham sho’rolar hokimiyati ixtiyoriga o’tkazilgan. Bundan keyingi yillarda yangi neft konlari ochilgan va tez fursatlarda ishga tushirilgan. Oltiariq zavodi kengaytirilgan. O’sha davrda respublikada neft sanoatining infratuzilmasi ham vujudga kelgan.Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha dunyoning kuchli 10lik davlatlari ro‘yxatiga kiruvchi O‘zbekistonda 2018-2019 yillarda 22 ta yangi oltin konlari o‘zlashtiriladi. Jumladan 25 turdagi foydali qazilmalar zahiralarini ko‘paytirish va geologiya-qidiruv ishlarini tezlashtirish hisobiga 50ta yangi konlarni sanoatda o‘zlashtirishga tayyorlash rejalashtirilgan. Shundan 22 tasi oltin, 3 ta uran, 2 rangli metallar va har xil noruda foydali qazilmalar. 20 tasi yer osti suvlari konlarini topish hisobiga 6 ta viloyatdagi 2 ta shahar, 12 ta posolka va 220 ta qishloq aholi punktlari (1,34 mln kishi) suv manbasi bilan ta’minlanadiDownload 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling