Bajardi: Abdusalomova Y. Qabul qildi: Bekkamov F. Qarshi – 2022


Download 25.58 Kb.
bet1/10
Sana19.04.2023
Hajmi25.58 Kb.
#1364166
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-mustaqil ish kiber

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI “ TT VA KT” FAKULTETI 2– BOSQICH TT-11/21 GURUH TALABASINING KIBERXAVFSIZLIK ASOSLARI FANIDAN TAYYORLAGAN 9-Mustaqil ishi

Bajardi: Abdusalomova Y. Qabul qildi:Bekkamov F.

QARSHI – 2022


Virtual ximoyalangan tarmok va undan amaliyotda foydalanish (masalan, CyberGhost yoki ExpressVPN misolida)
  • Virtual himoyalangan tarmoqlar.
  • Simsiz aloqa tizimlarida axborot himoyasi.
  • VPN nima?
  • CyberGhost.
  • ExpressVPN.

Virtual himoyalangan tarmoqlar.

Virtual himoyalangan tarmoqlar.

Internetning gurillab rivojlanishi natijasida dunyoda axborotni tarqatish va foydalanishda sifatiy o’zgarish sodir bo’ldi. Internet foydalanuvchilari arzon va qulay kommunikatsiyaga ega bo’ldilar. Korxonalar Internet kanallaridan jiddiy tijorat va boshqaruv axborotlarini uzatish imkoniyatlariga qiziqib qoldilar. Ammo Internetning qurilishi printsipi niyati buzuq odamlarga axborotni o’g’irlash yoki atayin buzish imkoniyatini yaratdi. Odatda TCP/IP protokollar va standart Internet-ilovalar. (e-mail,Web, FTP) asosida qurilgan korporativ va idora tarmoqlari suqilib kirishdan kafolatlanmaganlar. Internetning hamma yerda tarqalishidan manfaat ko’rish maqsadida tarmoq hujumlariga samarali qarshilik ko’rsatuvchi va biznesda ochiq tarmoqlardan faol va xavfsiz foydalanishga imkon beruvchi virtual xususiy tarmoq VPN yaratish ustida ishlar olib borildi. Natijada 1990-yilning boshida virtual xususiy tarmoq VPN kontseptsiyasi yaratildi. "Virtual" iborasi VPN atamasiga ikkita uzel o’rtasidagi ulanishni vaqtincha deb ko’rilishini ta’kidlash maqsadida kiritilgan. Haqiqatan, bu ulanish doimiy, qat’iy bo’lmay, faqat ochiq tarmoq bo’yicha trafik o’tganida mavjud bo’ladi.

Virtual tarmoq VPNlarni qurish kontseptsiyasi asosida yetarlicha oddiy g’oya yotadi: agar global tarmoqda axborot almashinuvchi ikkita uzel bo’lsa, bu uzellar orasida ochiq tarmoq orqali uzatilayotgan axborotning konfidentsialligini va yaxlitligini ta’minlovchi virtual himoyalangan tunnel qurish zarur va bu virtual tunneldan barcha mumkin bo’lgan tashqi faol va passiv kuzatuvchilarning foydalanishi haddan tashqari qiyin bo’lishi lozim.


Download 25.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling