Bajardi: Abdusalomova Y. Qabul qildi: Bekkamov F. Qarshi – 2022


Shunday qilib, VPN tunneli ochiq tarmoq orqali o’tkazilgan ulanish bo’lib, u orqali virtual tarmoqning kriptografik himoyalangan axborot paketlari uzatiladi


Download 25.58 Kb.
bet2/10
Sana19.04.2023
Hajmi25.58 Kb.
#1364166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-mustaqil ish kiber

Shunday qilib, VPN tunneli ochiq tarmoq orqali o’tkazilgan ulanish bo’lib, u orqali virtual tarmoqning kriptografik himoyalangan axborot paketlari uzatiladi.

Axborotni VPN tunneli bo’yicha uzatilishi jarayonidagi himoyalash quyidagi vazifalarni bajarishga asoslangan:

Axborotni VPN tunneli bo’yicha uzatilishi jarayonidagi himoyalash quyidagi vazifalarni bajarishga asoslangan:

  • o’zaro aloqadagi taraflarni autentifikatsiyalash;
  • uzatiluvchi ma’lumotlarni kriptografik berkitish (shifrlash);
  • etkaziladigan axborotning haqiqiyligini va yaxlitligini tekshirish.
  • Bu vazifalar bir biriga bog’liq bo’lib, ularni amalga oshirishda axborotni kriptografik himoyalash usullaridan foydalaniladi. Bunday himoyalashning samaradorligi simmetrik va asimmetrik kriptografik tizimlarning birgalikda ishlatilishi evaziga ta’minlanadi. VPN qurilmalari tomonidan shakllantiriluvchi VPN tunneli himoyalangan ajratilgan liniya xususiyatlariga ega bo’lib, bu himoyalangan ajratilgan liniyalar umumfoydalanuvchi tarmoq, masalan Internet doirasida, saflanadi. VPN qurilmalari virtual xususiy tarmoqlarda VPN-mijoz, VPN-server yoki VPN xavfsizligi shlyuzi vazifasini o’tashi mumkin. VPN-mijoz odatda shaxsiy kompyuter asosidagi dasturiy yoki dasturiy-apparat kompleksi bo’lib, uning tarmoq dasturiy ta’minoti u boshqa VPN-mijoz, VPN-server yoki VPN xavfsizligi shlyuzlari bilan almashinadigan trafikni shifrlash va autentifikatsiyalash uchun modifikatsiyalanadi. VPN-server server vazifasini o’tovchi, kompyuterga o’rnatiluvchi dasturiy yoki dasturiy-apparat kompleksidan iborat. VPN-server tashqi tarmoqlarning ruxsatsiz foydalanishidan serverlarni himoyalashni hamda alohida kompyuterlar va mos VPN-mahsulotlari orqali himoyalangan lokal tarmoq segmentlaridagi kompyuterlar bilan himoyalangan ulanishlarni tashkil etishni ta’minlaydi. VPN-server VPN-mijozning server platformalari uchun funksional analog hisoblanadi. U avvalo VPN-mijozlar bilan ko’pgina ulanishlarni madadlovchi kengaytirilgan resurslari bilan ajralib turadi. VPN-server mobil foydalanuvchilar bilan ulanishlarni ham madadlashi mumkin.


Download 25.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling