Bajardi: abduvahobov shahriyor
Download 3.37 Mb.
|
ABDUVAHOBOV SHAHRIYOR EKOLOGIYA
Toshkent arxitektura va qurulish unversiteti Mustaqil ish FAN:QURULISH MATERIALLARI EKOLOGIYASI BAJARDI:ABDUVAHOBOV SHAHRIYOR TEKSHIRDI:NORBOEVA M GURUH:118-22 MAVZU:ATMOSFERANI IFLOSLANISHI NATIJASIDA YUZAGA KELADIGANIJTIMOIY IQTISODIY ZARAR 1-Ekologiya va tabiat muhofazasi tarixi. 2-Ekologiya fanining rivojlanish bosqichlari 3-Ekologik tadqiqotlarning amaliy ahamiyati. Ekologiya va tabiat muhofazasi tarixi. Ekologiya yunoncha so’z bo’lib "oikos" (oykos) –yashash joyi, makon va «logos» – fan, so’zidan olingan bo’lib, tirik organizmlarning tevarak atrofdagi muxit bilan o’zaro munosabatini o’rganadigan biologic fan xisoblanadi. Eko¬logiya muhit omillarining o`simlik va hayvonlar or¬ganizmiga ta`si¬rini, organizm va populyatsiyaning muhit omilla¬riga ko`rsatadigan reak¬tsiyalarini, populyatsiyalar soni va tizimini bir xil saqlovchi mexanizm¬larni (jarayonlarni), tabiiy gu¬ruhlarning biologik mahsuldorligini, biogeotsenozlar yoki ekosi¬stemalarning harakatlanish qonuniyatlarini va biosferani o`rganadi. Tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar aso¬sida mavjud va ri¬vojlanadi, u in¬son ta`siriga qanday javob beradi bu-larning bar¬chasi ekologiyaning predmetidir. Inson borki, hayot uchun kurashadi, tabiatning barcha in¬jiqliklariga moslashishga intiladi, har bir kishi tabiat in`omla¬ri¬dan foydalanadi, quradi, bunyod etadi. Odatda inson biror maqsadni ko`zlab tabiatning muayyan bir sohasida ijobiy yoki ko`pincha salbiy ta`sir ko`rsatishi mum¬kin. Kishilar o`zlari uchun istiqomat joylari barpo etar ekanlar, bu¬ni atrof-muhitning o`simlik va hayvonot dunyosiga qandaydir sal¬biy ta`siri bo`ladi, natijada tabiat kambag`allashib boradi. Inson qu¬rilish materiallari sifatida tabiiy o`rmonlarni keragidan or¬tiqcha ke¬sadi, demak o`simlik dunyosi qisqarib, u o`z navbatida atmo¬sfera havosini mu¬saffo bo`lishiga rahna tug`diradi, tuproq eroziyaga uch¬raydi, er osti suvlari kamaya boradi, ko`chkilar paydo bo`lib, sel nati¬jasida jarliklar hosil bo`lishi mumkin. Bu lavha inson¬ning tabiatga ko`rsatgan ta`siri¬dan bir parcha xolos. Tabiatga nisba¬tan ko`r-ko`rona yondoshish, uning ehsonlaridan ayovsiz foydalanish pirovardida og`ir asorat qoldirishi mumkin. Bizni o`rab turgan butun tabiat, borliq, ming yillar mobaynida shunday bir muvozanatga kelganki, uning bir bo`lagiga etkazilgan ozor boshqa bo`laklariga ham salbiy ta`sir ko`rsatmay qolmaydi. Ta¬biatga ta`sir etishda ba`zi jiddiy xatolarga yo`l qo`yilishi mumkin ekanli¬gini Orol fojiasi misolida yaqqol ko`rsatish mumkin. Dastlabki ekologik tushunchalar haqida qadimgi yunon olimlari asarlarida ham ma'lumotlar keltirilgan. O`simlik va hayvonlar, inson hayotining atrof-muhit bilan bog`liqligini Ibn Sino, Beruniy asarlarida, shuningdek, A. Gumbold, J.B. Lomark, K. Rule, Ch. Darvin, E. Gekkel asarlarida yoritilgan. Antik davrda yashagan faylasuflarning asarlarida hayvonlarning turli instinktlari, baliqlar va qushlarning migratsiyalari, o’simliklarning tashqi qiyofasi, tuproq va iqlim sharoitlari bilan bog'liqligi, tabiatni muhofaza qilish haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Jumladan O’zbekiston va Markaziy Osiyoda ham Ekologiya va TMQ bo'yicha olib borilgan ishlar o'zining uzoq tarixiga ega. O’rta asrlarda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso Al- Xorazmiy, Abu-nasr Farobiy, A.R.Beruniy, A.A.Ibn Sino va boshqa allomalarimiz ushbu fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo'shishgan. Muhammad Al-Xorazmiy 847 yilda «Kitob surat al-arz» degan asarlarini yozgan. Unda dunyo okeanlari, quruqlik, qit’alar, qutblar, ekvatorlar, gullar, tog'lar, daryolar va dengizlar, ko'llar, o'rmonlar, shuningdek boshqa tabiiy resurslar yerning asosiy boyliklari haqida ma'lumotlar keltirilgan. A.N. Farobiy ham tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan shug'ullangan bo'lib uning «Kitob al-xajm va al-miqdor» , «Kitob al-mabodi-insonie» insonning boshlanishi haqida kitob va boshqa asarlari bunga dalil bo'la oladi. Farobiy tabiiy va inson qo'li bilan yaratilgan narsalarni ajratgan. 1920 –yillarda O`rta Osiyo tabiatini dastlabki o`rgangan olimlar tomonidan biotsenozlarning tizimlar, shuningdek, biotsenoz va landshaftlarning birinchi modeli yaratildi. 1930-yillarda ekologiya-geografiya yo`nalishiga asoslangan O`rta Osiya ekologiya maktabi hozirgi M. Ulug`bek nomidagi O`zMU qoshida shakllandi. Maktab o`lkaning nafaqat biologik majmuilari va biotarkibiy qismlarini o`rganishga katta ahamiyatga ega bo`lib qolmay, balki tabiiy geografiya, ayniqsa landshaftshunoslik g`oyalarining rivojlanishida ham katta rol o`ynadi. Bundan tashqari, ekolog mutaxassislar tayyorlashda, ekologiyani rivojlantirishda, shuningdek, ekologiyaga oid adabiyotlarning namunalarini yaratishda ushbu maktabning xizmatlari kattadir. Maktab ekologlari bergan ilg`or g`oyalar o`lkaning tabiati va tabiiy resurslarini aniqlash va o`rganishda hamda O`rta Osiyoda ekologik geografik g`oyalarning rivojlanishiga katta hissa qo`shdi. Geografik yo`nalishdagi yirik ekologik geografik ishlar O`rta Osiyoning tabiati, biomajmuilari, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi va xududiy ajralishlari, rayonlashtirish, landshaftlar xaritasini yaratishga qaratildi. Shuningdek, jazirama cho`l va yuqori tog`li cho`llar va ularning o`ziga xos tabiiy majmualarini o`rganish metodlari ishlab chiqildi. 1930-yillarda ekologo-geografik ilmiy izlanishlarning natijalari kitob holida chop etila boshlandi. Bunda faqat ma'lum joyning ekologik holati haqida gap bormay, balki ekologiya fanining asoslari biotsenologiya va fitotsenologiya kabi sohalari ham rivojlantirildi. O`rta Osiyo ekologlarining ayniqsa, o`lkaning ayrim landshaftlarining ekologiyasini o`rganish, tuzilmasi, faolligi, dinamikasi va evolyutsiyasi, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning muammolari ishlab chiqildi. D.N. Kashkarov ishlari landshaftlarning ayrim elementlari va ularning o`zaro bog`liqliklari, birligi hamda modda va energiya almashinuvi, namlik, tuproq va biotik omillarning roli, antropogen omillarning landshaftlarga ta'siri va boshqalar ochib berilgan. U birinchi bo`lib landshaftlar va biotsenozlarning modelini yaratishga harakat qildi. Populyatsiya, turlar, biosenozlar, biogeosenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham umumiy ekologiya 4 bo'limga bo’lib o'rganiladi. 1. Aut-ekologiya «autos»- yunoncha so'z bo’lib «o'zi» degan ma'noni bildiradi. Ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan munosabatlarini turlarning qanday muhitga ko’proq va uzviy moslashganligini yoritadi. 2.Populyatsion ekologiya «populyason» - fransuzcha so’z bo"lib, «aholi» degan ma'noni bildiradi. Populyatsiyalar dinamikasi, ma'lum sharoitda turli organiznilar sonining o"zgarishi biomassa dinamikasi sabablarini tekshiradi. 3.Sin ekologiya «sin» - yunoncha so'z bo’lib, uning ma'nosi «birgalikda» demakdir. Biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o'simlik va hayvon turlarining o'zaro aloqalarini hamda ularning tashqi muhit bilan bo’lgan munosabatlarini o'rganadi. 4. Biosfera «bios»- hayot- «sfera»- shar so'zlaridan olingan bo’lib, ekosistemalarni tadqiq qilishning rivojlanishi ushbu ta'limotni vujudga keltirgan. Ushbu talimot asoschisi Vernadskiy V.I. hisoblanadi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar, ya'ni yer qobig'idagi mavjudotlar tizimi biosfera deb ataladi.Hozirgi vaqtda ekologiyaning juda kcf p tarmoqlari mavjud. Jumladan filologik ekologiya, bioximik ekologiya, poliekologiya, landshaftlar ekologiyasi, qishloq xo'jaligi ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi, koinot ekologiyasi kabi qator tarmoqlar vujudga keladi. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling