Bajardi: Ag‘zamova Sabina Tekshirdi: Babanazarova Mahbuba toshkent – 2023 mavzu: hol va uning o'zbek tilshunosligidagi tadqiqi reja


Download 197.48 Kb.
bet8/8
Sana16.03.2023
Hajmi197.48 Kb.
#1279310
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Agzamova sabina hol va uning o‘zbek tilshunosligidagi tadqiqi

3. Holning ifodalanishi.

Hol ega kabi gap kesimidagi kesimlik shakllari (Pm)ning ma`noviy xususiyatini muayyanlashtiruvchi, aniqlashtiruvchi bo`lak. Hol gap bo`laklari qatorida kesim, egadan keyin turuvchi bo`lakdir. Holning tuzilishiga ko`ra turlari: 1) holning so`z bilan ifodalanishi: Rustamjon halloslab voqeani aytib berdi. Qay holda voqeani aytib berdi? Halloslab voqeani aytib berdi. Holat(tarz) holining bir so`z bilan ifodalanishiga misol. 2) holning so`z birikmasi bilan ifodalanishi: Ustoz talabalar bilan do`stlarcha salomlashib suhbatlashdi. Qay holda suhbatlashdi? Do`stlarcha salomlashib suhbatlashdi.


Holning ma`noviy turlari

Holat holi

Sabab-maqsad holi

Miqdor daraja holi

Payt holi

O`rin holi


O`shanda ertasiga u dadasining o`rtog`iga konni ko`rsatadigan bo`ldi. Qachon konni ko`rsatadigan bo`ldi? O`shanda ertasiga ko`rsatadigan bo`ldi – payt holi. Quyoshli kuz ertasi juda chiroyli edi. Yo`l bo`yidagi qayrag`ochlarning shapaloqdek-shapaloqdek qizg`ish barglari oyoq ostida shitirlaydi, ko`lmak suvlar jimirlaydi. Tog` shabadasi Shodasoyning sovuq shovqinini daralarga taratmoqda, uzoqda qorli cho`qqilar quyoshga o`chakishgandek yilt-yilt charaqlaydi, kungay yonbag`irlarda saf tortgan archalar qorayib ko`rinadi.



Holning ma'no turlari



Izohi


So'rog'i


Shakllar


Misollar





1.


Ravish holi


Fe’l kesimdan

anglashilgan

harakatning

qay tarzda

bajarilishini

ifodalaydi.


qanday? qanday qilib? qay holda?


Ravish, -ib, taqlid so 'zlar


Tez o 'qidi, yugurib keldi, g'ir-g'ir esdi.


2.


0'rin holi


Kesimdan

anglashilgan

harakat-

holatning

bajarilish

o 'mini

bildiradi.


qayerda? qayerdan? qayerga?


O'rin oti+da, +dan O'rin

ravishi +ga sari, tomon, +ga qarab


Bozordan oldim. Boqqa chiqdim. Dala tomon ketdi. Dalaga qarab ketdi.


3.


Payt holi


Fe kesimdan

anglashilgan

harakat-

holatning

bajarilish

paytni

bildiradi.


qachon?

qachon-

gacha?

qachondan?

qachonday?

qachondan

buyon?


Payt oti +da +dan Payt ravishi +gacha, +guncha


Tongda, ayozda, hozirdan tayyorlan. Hozirgacha o 'tiribdi. Charchagun-cha ishla.


4.


Sabab holi


Fe kesimdan

anglashilgan

harakat-

holatning

bajarilish yoki

bajarilmaslik

sababini

bildiradi.


nimaga? nima uchun? nima sabab?


-ligi

(sababli, uchun, tufayli) -ligidan, -ib


Yaxshi o 'qiganligi-dan

institutga kirdi.


5.


Maqsad holi


Fe kesimdan

anglashilgan

harakat-

holatning

bajarilish

maqsadini

bildiradi.


nima

maqsadda? nima uchun?


-gani, -sin deb, -(i)sh maqsadida; uchun


O'qigani

ketdi.

O'qish

maqsadida

ketdi.


UMUMIY XULOSALAR
Hayotdagi muayyan bir holat, vaziyat; ahvol. Umidli, izlanuvchan yoshlarimizning koʻpligi quvonch-li holdir. Gazetadan . Shunaqa, bu choʻlni oson-likcha yengmaganmiz, qurbonlar berib, jon fido qilib, shu holga keltirganmiz. "Oʻz-bekiston qoʻriqlari" . ..maktabdaoʻqish-oʻqi-tish ishlari mustahkam izga tushib ketdi. Bu hol qishloqda sezilmay qolmadi. M. Ismoiliy, «Fargʻona t» . o. Darvozalar yonida sarbozlar yurib turishi.. dushmanga qarshi tadbir-choralar koʻrilayotganini hisobga olmaganda, shahar oʻlik holda edi. Mirmuh-sin, «Meʼmor» .
Holiga voy Kishining ishi, ahvoli yomon boʻlishini, achinarli ahvolga tushishini bildiradi. Oʻz pirini beobroʻ qilgan, yuziga oyoq tirab ketgan bandaning holiga voy! "Mushtum" .
2. Kimsa yoki narsa jismida yuzaga kelgan muayyan holat. Avtor yana oʻz savlapii holiga qaytdi. Qaddini gʻoz tutganicha, oyogʻini kerib, yirik-yirik qadam tashlab chiqib ketdi. F. Musajonov, «Himmat» . Oʻzim-ku, gʻoʻzalarni shu holga yetkazguncha lab-larimni(ng) uch marta poʻsti tushdi. S. Nurov, «Narvoy» .
3. Kishining jismoniy va ruhiy ji-hatdan oʻzini sezishi; jismoniy va ruhiy \olat; kayfiyat, avzo, koʻrinish. Meʼmorning xayol surib, giyohvandlardek qotib qolgani-ni koʻrgan Horunbek.. ustod baʼzan shunday holga tushib qolarmikan, bu, ehtimol, achchiq alamning oqibatidir.. deb oʻylardi. Mir-muhsin, «Meʼmor» . Teshaboy, bir tomondan, kooperativchining holiga achindi, ikkinchi tomondan, gitlerchilarga xizmat qilayot-ganidan gʻazablandi. T. Rustamov, «Mangu ja-sorat» .
4. (oʻ.-p. k. shaklida — holda) Holat bil-diruvchi (gʻamgin, maʼyus kabi) baʼzi soʻzlar, shuningdek, -gan affiksli feʼl bilan qoʻllanib, biror harakat-holatning shu soʻz bildirgan holatda yuz berishi, bajarili-shini bildiradi.  Husaynning dadasi maʼyus holda, bilinar-bilinmas bosh chayqab qoʻydi. M. Osim, «Ibn Sino qissasi» . Suyum ogʻa garang, dardli, och holda tepa ustiga chiqqach, yana boyagidek, orqa-oldiga qaradi. N. Fo-zilov, «Diydor» . Husayn Boyqaro.. qiyiq, tez oʻynaydigan koʻzlarini shoirga tikib, gʻamgin holda dedi.. Oybek, «Navoiy» . Imom yerga qa-ragan holda boshini qimirlatib qoʻydi. A. Qodiriy, «Mehrobdan chayon» .
5.Baʼzi soʻzlar bilan qoʻllanib, ruhiy yoki jismoniy imkoniyat, kuch-quvvat maʼ-nosini bildiradi.  Uning oh degani holi yoʻq. S. Siyoyev, «Avaz» . Bolaning yigʻlashga ham holi qolmagan edi. Gazetadan . Xosiyat xola bir hoʻplam choy ichgan boʻldi-yu, holi kelmay, yotib qoldi. R. Fayziy, «Choʻlga bahor keldi» .
6.tlsh. Ish-harakatning qay tarzda bajarilishini, uning bajarilish sababi, maqsadi, oʻrni, payti va sh.k belgilarini bildiradigan ikkinchi darajali boʻlak. Qanday belgini bildirishiga koʻra holning sabab holi, oʻrin holi, payt holi, tarz holi kabi turlari farqlanadi Kecha koʻrdim (kecha — payt \oli). Koʻchada uchrashdik (koʻchada — oʻrin holi) va b.
Aks holda q. aks. Arzi hol aylamoq (yoki qilmoq) Oʻz ahvolini va istagini izhor qilmoq, shikoyat qilmoq. Ahli hol esk. kt. Rahmdil, kimsa uchun qaygʻuruvchi, jonkuyar odam(lar). Ilmi hol esk. kt. Ilmning, ilm ishlarining holati, ahvoli. Madrasalarda ilmi hol oʻgay oʻgʻil holatiga tushib qoldi. M. Osim, «Ibn Sino qissasi» . Tarjimai hol q. tarjima. U holda Unday boʻlsa, shunday boʻlgan taqdirda. Xayr, ketmagan ham boʻlsin. U holda, oʻzingiz aytgandek qilib, toʻppa-toʻgʻri ertaga Salim sharbatdorning oldiga boraman-da, oʻgʻlingni Mirzakarim akaning toshkentlik kuyovi oʻldirdi, men oʻz koʻzim bilan koʻrdim, deyman. A. Qodiriy, «Oʻtgan kunlar» . Oʻz holiga Oʻz erki-ixtiyoriga. Shunday qilib, "bechora" Sodiqni oʻz holiga qoʻymay, koʻchadan anchagina nariga surgab ketdilar. A. Qodiriy, «Oʻtgan kunlar» . Meʼmorni oʻz holiga qoʻyib berish kerak. U shuni xohlardi. Mir-muhsin, «Meʼmor» . Boshini koʻtarib, yelka-larini oʻz holiga qoʻydi, oyoqlarini ham uzat-di. S. Karomatov, «Oltin qum» . Oʻz holicha Birovning aralashuvisiz; oʻz bilgicha, oʻzicha. Uyda oʻz holicha ivirsib yurib, temir-ter-saklar yigʻdi, asboblar topdi, ishlay boisxodi. R. Fayziy, Hazrati inson. Hol tili xk. kt. Hol-ahvoldan soʻzlovchi, uni bildiruvchi xatti-harakat, belgi va sh.k.; shunday "til". Bu ikki yoix orasida sevgi aloqasi haligacha tilga olinmagan va har ikkalalari ham bir-birovlariga oʻz ichki kechinmalarini yolgʻiz hol tili bilan izhor qilmoqda edilar. S. Ayniy, «Doxunda» . Narigi uvat bilan bunisi bir-biriga nisbatan farqini hol tili bilan soʻzlab xpuradi. A. Qodiriy, «Obid ketmon» .
Uyushiq va uyushmagan sifatlovchi-aniqlovchi hamda hollar
Sanash ohangi bilan aytiladigan va yozuvda vеrgul bilan ajratiladigan aniqlovchi yoki hollar uyushiq aniqlovchi va hollar hisoblanadi (bu haqda yuqorida so’z yuritildi). Sanash ohangi bilan aytilmaydigan, yozuvda orasiga vеrgul qo’yilmaydigan aniqlovchilar va hollar uyushmagan aniqlovchi va hollar hisoblanadi. Uyushmagan sifatlovchi-aniqlovchi va hollar o’zi bog’langan bo’lakning turli tomoniga oid bеlgilarni anglatadi: Qop-qora shirin uzumlar g’arq pishgan. Bugun maktabda ota-onalar majlisi bo’ladi.

19.5. Ajratilgan izoh bo’lakli gaplar


O’zidan oldingi bo’lakni izohlagan bo’lak ajratilgan izoh bo’lak dеyiladi: Mеn ishni mana shundan, ya'ni tushuntirishdan boshladim.
Ajratilgan bo’laklarning uyushiq bo’laklardan farqi shundaki, ular bir tushunchaning ikkita nomidir, ya'ni bir shaxs yoki bir narsa ikki marta nomlanadi, uyushiq bo’laklar esa bir nеcha shaxs yoki narsani ifodalaydi.
Gap bo’laklarining ajratilishida gapda so’z tartibining o’zgarishi, gap bo’laklarining kеngayishi, bir bo’lakning o’zidan oldingi bo’lakni izohlashi, bir bo’lakni boshqalaridan ajratib bo’rttirib ko’rsatish zaruriyati kabilar sabab bo’lishi mumkin. Ko’chada borar, g’amgin va o’ychan. Ukasi, ko’zlari chaqnagan, unga g’azab bilan qaradi. Oldinda, muyulishda, bir qora ko’rindi. U har kuni, quyosh tikka kеlganda, shaharga tushadi.
Quyidagi gap bo’laklari ajratiladi:
1. Ajratilgan ega o’zidan oldin kishilik olmoshlari, ot va otlashgan so’zlar bilan ifodalanib kеlgan egani izohlaydi: Biz, yoshlar, buni esdan chiqarmasligimiz kеrak

2. Ajratilgan kеsim o’zidan oldin kеlgan kеsimni izohlaydi: 1) fе'l-kеsim: Mеn uni ko’ndirishga harakat qildim – yalindim, yolvordim, hatto tiz cho’kdim. 2) ot-kеsim: U shoir – inson ruhining bilimdoni.



3. Ajratilgan izoh to’ldiruvchi o’zidan oldingi to’ldiruvchini izohlab kеladi: Menga–oddiy ishchiga shunchalik hurmat ko’rsatishdi.
To’ldiruvchi tashqari, boshqa, o’rniga, bilan, birga kabi so’zli birikmalar bilan ifodalanganda ham ajratiladi: Mеndan tashqari, sinfimizdagi barcha o’g’il bolalar ishtirok etishibdi.
4. Ajratilgan izoh aniqlovchi o’z navbatida quyidagi turlarga bo’linadi:
1) ajratilgan izoh qaratqich-aniqlovchi o’zidan oldingi qaratqich-aniqlovchini izohlaydi: Bir nеcha kishilarning, ayol va erkaklarning qorasi ko’rindi.
2) ajratilgan sifatlovchi-aniqlovchi sifatlanmishdan kеyin kеlib uni izohlaydi (ba'zi darsliklarda bu tеrs sifatlovchi-anihlovchi dеb ataladi (18; 72): Gullar tеrdim, chiroyli.
5. Ajratilgan izoh hol gapda o’zidan oldingi holni izohlab kеladi. Quyidagi hol turlari ajratiladi:1) o’rin: Uning qo’lidan ushlab ichkariga, mеhmonxonaga, boshladi. 2) payt: Anjuman bugun, soat bеshda, boshlanadi. 3) ravish(vaziyat): Qo’llar ishlar tеz – mo’'jizakor. 4) maqsad: Shaharga borish uchun, ya'ni o’g’lini ko’rish uchun, ulov qidirdi 5) miqdor-daraja: Bugun sizni yana, ikkinchi marta kеchirishdi.
Ko’pincha ravishdosh va sifatdosh bilan ifodalangan hollar ham kеngaygan holda ajratilishi mumkin: O’zidan o’zi hadiksirab, atrofga olazarak boqadi. Otasi, ikki qo’ltig’ida narsa ko’targan holda, yo’lga tushdi.

ADABIYOTLAR RO`YXATI

  1. Abduraxmonov A., Sulymonov A, Xoliyorov X, Omonturdiyev j. hozirgi o`zbek adabiyo tili. Sintaksis. Toshkent. O`qituvchi, 1979, 62-87-betlar.

  2. Ubayeva F. Hozirgi o`zbek adabiyo tilida xoll kotegoriyasi. Toshkent, Fan, 1971.

  3. O`zbek tili grammatikasi //Sintaksis Toshkent, Fan, 1976, 139-163-betlar.

  4. G`ulomov A., Askarova M. Hozirgi o`zbek adabiyo tili. Sintaksis. Toshkent: o`qituvchi, 1965, 120-141-betlar.

  5. G`ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o`zbek adabiyo tili. Sintaksis/ Toshkent: O`qituvchi, 1987, 101-121-betlar.

  6. Hozirgi o`zbek adabiyo tili. 2. Sintaksis. Toshkent: Fan, 1996, 110-167-betlar.

  7. Maxmudov N., Nurmonov A. O`zbek tilining nazariy grammatikasi. Toshkent: O`qituvchi, 1995, 82-94-betlar.

  8. Egamov V. Hozirgi o`zbek adabiyo tili. Toshkent: o`qituvchi, 1988, 49-62-betlar.

  9. Omonturdiyev J. Hozirgi o`zbek adabiyo tilida gap bo`laklari tipologiyasi. Toshkent: o`qituvchi, 1988, 119-208-betlar.

  10. O`rinboyev B. Hozirgi o`zbek adabiyo tili so`z birikmasi va sodda gap sintakisisdan leksiyalar. T. 1990, 41-59-betlar.

  11. Mo`minov M. Obstoyatel`stvo obraza deystviya v sovrannom uzbekskom yaziuke. AKD. Samarkand, 1965.

Download 197.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling