Bajardi: Alijonova Maftuna Tekshirdi: Safarov Ulug’bek


Download 66.44 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi66.44 Kb.
#1475804
Bog'liq
maftuna informatika

Toshkent tibbiyot akademiyasi 123-guruh tibbiyotda axborot texnologiyalari fanidan mustaqil ishi

Bajardi: Alijonova Maftuna

Tekshirdi:Safarov Ulug’bek

Mavzu:Tibbiyotda raqamlashtirish. Zamonaviy axborot texnologiyalar

  • Tibbiyotda axborot tenologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
  • Axborot tushunchasi, axborotning xususiyati axborotning asosiy tavsifi, axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o‘lchovlari,

  • 3. Axborot texnologiyalarining turlari

Reja:


Axborotlashtirish faoliyatining rivojlanishida ularni yig‘ish, saklash, qayta ishlash va jamiyatda ilmiy axborotlarni tarqalishi natijasida yangi ilmiy yo‘nalish — informatika vujudga keldi. XX asrning 50- yillarida yangi fan – informatikaga asos solindi. Informatika termini fransuz so'zlari information (axborot) va automatique (avtomatika) negizida hosil bo'lgan. Informatika kompyuter texnikasini qo'llashga asoslanib inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to'plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug'ullanuvchi fandir.Qisqa qilib aytganda, informatika kompyuter texnikasi asosida axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo'llash usullarini o'rganadigan fandir.emak, informatika uchun asosiy ashyo – axborot. U informatika fanida asos tushuncha sifatida qabul qilingan. Informatika tavsifi. Informastiya iste‘molchisi - axborotni kaerda va kaysi anik masala uchun ishlatilishi, foydalanish turi va vazifasiga karab unga baxo beradi. Shunga ko‘ra informatikani progmatik, semantik va sintaktik jabxalarga ajratish mumkin. Informatika urganadigan va uzaro boglangan uchta asosiy tushuncha bor. Bular axborot, algoritm va EXM dir.
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI fanining maqsadi zamonaviy texnologiyalarni o'qish jarayoniga oilb kilib, bugungi kunda tibbiyot masalarini yechishda, hamda davolash va ilmiy - amaliy faoliyatni sifatli olib borishda, axborot texnologiyasidan to‘g‘ri foydalana oladigan mutaxassislar tayyorlashdan iborat. Axborot tushunchasi Informatika sohasining asosiy resursi bu – axborotdir. Axborot - olamdagi butun borliq, undagi ro‘y beradigan xodisalar va jarayonlar xaqidagi xabar va ma‘lumotlardir. Axborot inson nutqida, kitobdagi matnlarda, musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir. Axborot va uning turlari Axborot manbalari va iste‘molchilarning har xilligi axborot shaklining turli ko‘rinishda bo‘lishiga olib keladi: Belgili – turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar. Matnli – xarf, raqam va belgilar to‘plamidan tarkib topgan axborot. Grafik – tasvirlardan iborat bo‘lgan tasavvur ko‘rinishidagi axborot. Informatikasohasining asosiy resursi bu – axborotdir.
Axborot nima? Ma‘lumki, axborot (lotincha informatio - tushuntirish, xabar olish bayon etish,) - biror hodisa, kishi faoliyati yoki muayyan bilim haqidagi ma‘lumotlar to‘plamini ifodalaydigan fanning umumiy tushunchalaridan biridir. Axborot inson sezgi organlari orqali tashqi dunyodan oladigan xabarlar mazmuni va ma‘nosidir. Kundalik hayotda kimningdir manfaatiga mos keluvchi ixtiyoriy ma‘lumot yoki xabarni axborot deb atashadi. Masalan, qandayodir muhim hodisa yoki kimningdir faoliyatiga doir ma‘lumotlar. «Xabar bermoq» iborasining ma‘nosi «avval noma‘lum bo‘lgan biror xabarni yetkazishdir. Axborot — atrof-muhitdagi ob‘ektlar, voqealar, ularning parametrlari, xususiyatlari va holati haqidagi ma‘lumotlar bo‘lib, ularni axborot tizimlari (tirik organizmlar, boshqaruvchi mashinalar va shu kabilar) qabul qilib,foydalanadilar
Axborot turli shakllar va ko‘rinishlarda mavjud bo‘lishi mumkin.:
❖ Matnlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar ko‘rinishida;
❖ Yorug'lik nuri va tovush signallari ko‘rinishida;
❖ Radioto‘lqinlar ko‘rinishida;
❖ Elektr va nerv impulslari ko‘rinishida;
❖ Magnit yozuvlari ko‘rinishida;
❖ Imo-ishora va mimika orqali;
❖ Hid va ta‘m ko‘rinishida;
❖ Avloddan avlodga o‘tuvchi irsiy xromosomalar va shu kabilar ko‘rinishida.
Axborot ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin
yaratish; • uzatish; • qabul qilish; • foydalanish; • eslab qolish; • o‘zlashtirish; • ko‘chirish;
• rasmiylashtirish; • tarqatish; • almashtirish; • kombinatsiyalash; • qayta ishlash; • bo‘laklarga bo‘lish;
• ixchamlashtirish;
• yig'ish; • saqlash; • izlash; • o‘lchash; • buzish; • va boshqalar
Axborot xossalari
Axborot quyidagi xossalarga ega:
• ishonchlilik;
• to‘liqlilik;
• qimmatlilik;
dolzarblilik;
• tushunarlilik;
• qulaylilik;
• qisqa va lo‘ndalilik; va boshqalar.
.Axborot texnologiyalarining turlari
1. Videotexnologiya - ma‘lumotlarni turli tasvirlash ko‗rinishida ifodalaydi.
2. Multimedia texnologiya - ixtiyoriy ma‘lumotlarni kompleks ko‗rinishda tasvirlashga asoslangan. Bu texnologiya matnlar, grafiklar, chizmalar, tasvirlar, tovushlar va harakatlarni yagona bir tizimga birlashtirib namoish etadi.
3. Neyrokompyuterli texnologiyalar - mikroprosessorlar bazasida bir-biriga o‗zaro bog‗langan maxsus neyrokomponentalardan foydalanadi. Bu texnologiya asab katakchalarining hatti-harakatlarini modellashtirishga asoslangan. Neyrotexnologiyalar murakkab masalalarni yechishda sun‘iy intellekt metodlarini qo‗llashga tayanadi: kredit tavakkalchiliklarini boshqarish, bilimlarni aniqlash, fondlar holatini bashoratlash va boshqalar.
4. Obyektga yo‗naltirilgan texnologiyalar - bir nechta obyektlarning hamkorlikda ishlashini ta‘minlaydi va loyihalash va dasturlash jarayonlarida kompyuter tizimlarini tuzishda qo‗llaniladi
5. Bilimlarni boshqarish texnologiyasi - ekspert tizimlarini misol qilib keltirish mumkin.
6. Internet texnologiyasi - barcha axborot tizimlarini global axborot strukturasiga birlashtirish texnologiyasi
Bundan tashqari vazifalariga qarab ham axborot texnologiyalarini bir nechta turlarga ajratish mumkin:
1. Ma‟lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari. Ular ma‘lum algoritmlar bo‗yicha boshlang‗ich ma‘lumotlarga ishlov beruvchi masalalarni yechishga mo‗ljallangan. Masalan, har bir firmada o‗zining xodimlari haqidagi axborotga ishlov beruvchi axborot texnologiyasi albatta bo‗lishi kerak.
2. Boshqarishning axborot texnologiyalari. Ularning maqsadi ish faoliyati qaror qabul qilish bilan bog‗liq bo‗lgan insonlarning axborotga bo‗lgan talabini qondirishdan iborat. Boshqarishning axborot tizimlari tashkilotning o‗tmishi, hozirgi holati va kelajagi haqidagi axborotni ham o‗z ichiga oladi.
3. Ofis(idora)ning axborot texnologiyasi. Avtomatlashtirilgan ofisning yangi zamonaviy axborot texnologiyalari bu - tashkilot ichidagi va tashqi muhit bilan kommunikasion jarayonlarni kompyuter tarmoqlari va axborotlar bilan ishlovchi boshqa yangi zamonaviy vositalar asosida tashkil etish va qo‗llab-quvvatlashdan iborat. Buning uchun maxsus dasturiy vositalar ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri Microsoft Office dasturlar paketidir. Uning tarkibiga Word matn muharriri, Excel elektron jadvali, PowerPoint taqdimot uchun grafikani tayyorlash dasturi, Microsoft Access ma‘lumotlar omborini boshqarish tizimlari kiradi.
Download 66.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling