Bajardi: Alisherov J. Tekshirdi: Zaripov X
Download 0.86 Mb.
|
Prezentatsiya Jaloliddin Soliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyozlar
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Moliya Instituti “Soliqlar va sug’urta” fakulteti “Soliqlar va soliqqa tortish” yo’nalishi ST-82 guruh talabasining Yuridik shaxslarni soliqqa tortish fanidan qilgan MUSTAQIL ISHIBajardi: Alisherov J. Tekshirdi: Zaripov X. Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyozlarHozirgi vaqtda O‘zbekiston va xalqaro soliq amaliyotida bilvosita soliqlarning asosiy turlaridan biri - qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i - har bir ishlab chiqarish bosqichida va realizatsiya jarayonida undiriladigan ko‘p qirrali bilvosita soliqdir. Korxona kundalik xo‘jalik faoliyatida mahsulot yetkazib beruvchilardan tovar va xom-ashyo sotib oladi va ulardan mahsulot ishlab chiqaradi, ishlar bajaradi yoki xizmatlar ko‘rsatadi. Demak, qayta ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va sotishda qo‘shilgan qiymat yaratiladi.Qo‘shilgan qiymat solig‘ini davlat byudjetining daromad qismiga jalb qilish g‘oyasi dastlab XX asrning boshlarida yuzaga keldi. Bu taklifni birinchi marta Germaniya byudjet amaliyotida joriy etishni 1919 yilda Vilgelm fon Simens ilgari surdi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini amaliyotga joriy etish va undirish mexanizmi birinchi marta fransuz moliyachisi Morris Lore tomonidan ishlab chiqildi. Ammo qo‘shilgan qiymat solig‘i M.Lorening taklifidan so‘ng o‘tgan 10 yildan ortiq vaqt mobaynida tajriba uchun taklif etilgan shaklda qo‘llanildi. Fransiyada qo‘shilgan qiymat solig‘i 1968 yildan boshlab joriy etildi.O‘zbekiston soliq tizimida qo‘shilgan qiymat solig‘i 1992 yildan buyon amal qilmoqda. Ushbu soliq oborotdan olinadigan soliq va sotuvdan olinadigan soliq o‘rniga aksiz solig‘i bilan birgalikda kiritilgan. Bu soliq oborot solig‘idan farqli ravishda faqat qo‘shilgan qiymatdan undiriladi. Oborot solig‘i esa bir marotaba umumiy oborotdan olinar edi. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromad manbayi sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i hozirga qadar o‘zining muhim o‘rnini va amaliy ahamiyatini saqlab kelmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo’ljallari to’g’risida»gi PQ-4086-son qaroriga ko‘ra 2019 yilda qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi salmog‘i 35.1 foizni, egri soliqlardagi ulushi esa 76.5 foizni tashkil etgan.Qo‘shilgan qiymat solig‘idan imtiyozlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular Soliq kodeksida to‘rt guruhga bo‘lib berilgan. 1) Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo’yicha aylanma (243- modda) 2) Soliq solishdan ozod etiladigan moliyaviy xizmatlar (244- modda); 3) Soliq solishdan ozod qilinadigan sug’urta xizmatlari (245- modda) 4) Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish (246-modda). 1) yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini omonatlarga jalb etish; 2) yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan bank kartalari bo‘yicha hisob-kitoblar uchun xizmat qiluvchi bank hisobvaraqlarini yuritish, shuningdek bank kartalariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq operatsiyalar; 3) yuridik va jismoniy shaxslarga kassa xizmatlarini bank kassalari yoki maxsus asbob-uskunalar (bankomat, avtomatik depozit mashinalar va hokazo) orqali ko‘rsatish;Ba'zi moliyaviy xizmatlar qo'shilgan qiymat solig'idan ozod etiladi Qo‘shilgan qiymat solig‘ining mohiyati shundaki, aslida soliq yuki pirovard iste’molchi zimmasiga tushadi. Boshlang‘ich xom ashyo mahsulotga aylangunga qadar qancha bosqichdan o‘tishi muhim emas. Har qanday holatda ham ushbu zanjirning barcha ishtirokchilari byudjetga to‘lashga majbur bo‘ladigan barcha mablag‘ mahsulotning pirovard qiymatiga kiritiladi. Tegishincha, maqsad - pirovard mahsulot narxi oshishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘lsa, ushbu mahsulotni pirovard iste’molchiga sotuvchi shaxslarga kiruvchi QQSni hisobga olishga ruxsat berish zarur. Tabiiyki, bunda byudjetga tushumlar kamayib ketadi deya e’tiroz bildiriladi. Bunga qanday javob berish mumkin? Birinchidan, birvarakayiga barcha oborotlar bo‘yicha emas, davlat qo‘llab-quvvatlashga munosib deb bilgan oborotlar bo‘yicha imtiyozlar beriladi. Ikkinchidan esa — ha, imtiyozlarni qo‘llash byudjetga tushumlar kamayishiga olib keladi, bu kutilmagan holat emas, balki normal holat! Ko‘plab korxonalar QQS to‘lashga o‘tadi, ularning ayrimlari imtiyozlardan foydalanadi. Ushbu imtiyozlar hozirgidek ishlaydigan bo‘lsa, bu tegishli tovar va xizmatlar narxlari oshishiga olib keladi. Qanday sohalarda imtiyozlar saqlanib qolishi, qaysilari ulardan mahrum bo‘lishi, kimlar ilk bor imtiyoz olishi hozircha noma’lum — bu muhim emas. Muhimi, imtiyoz belgilangan bo‘lsa, bu davlat tegishli sohani qo‘llab-quvvatlamoqchi ekanini anglatadi. Xoh u bolalar bog‘chalari xizmatlari, turizm sohasi, uy-joy fondini saqlash xizmatlari yoki boshqa oborotlar bo‘lsin — agar ular QQSdan ozod qilinsa, ushbu korxonalar uchun kiruvchi QQS ortiqcha xarajatga aylanmasligi muhim ahamiyatga ega. Sodda qilib aytganda — imtiyoz berilsa, amalda ishlashi kerak. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling