Bajardi: Aynaqulova G
Download 33.5 Kb.
|
Aynaqulova Gavhar
Mavzu: Bobur hayoti va ijodi Bajardi: Aynaqulova G Zahiriddin Muhammad Bobur Bobur (taxallusi; toliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon 1530.26.12, Agra) ozbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, istedodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda.Boburning oz guvoxligiga kora, shoir sifatida ijodiy faoliyati Samarqandni ikkinchi marta egallagan vaqgda boshlangan; «Ul fursatlarda birorikkirar bayt aytur edim», deb yozadi u. Bobur Samarqanddaligining ilk oylarida Alisher Navoiy tashabbusi bilan ular ortasida yozishma boshlanadi. Bobur atrofida ijodkorlar toplana boshlashi ham shu yillarga togri keladi. Jumladan, Binoiy, Abulbaraka va Bobur ortasidagi ruboiy mushoirasi Samarqanddagi qizgin adabiy hayotdan darak beradi. Umuman, davlat arbobi va kop vaqti jangu jadallarda otgan sarkarda sifatida ijtimoiy faoliyatining eng qizgin davrida ham, shaxsiy hayoti va davlati nihoyatda murakkab va xatarli sharoitda qolgan choglarida ham Bobur ijodiy ishga vaqt topa bilgan, ilm, sanat va ijod ahlini oz atrofiga toplab, homiylik qilgan, ularni ragbatlantirgan. Otmish adabiyot va tarix, musiqa va sanatdan yaxshi xabardor bolgan, diniy talimotga chin ixlos qoygan Bobur har doim olimu fozillar davrasida boldi, xususan ijod ahliga, kasbu hunar sohiblariga samimiy ehtirom korgazib homiylik qildi, ularni moddiy va manaviy ragbatlantirib turdi. Ijod va sanat ahliga bunday mehrli munosabat aslo bejiz bolmagan. Bobur tabiatan ijodkor edi. Yigitlik yillaridan boshlab to umrining oxirigacha samarali ijodiy ish bilan shugullandi, har qanday sharoit va vaziyatlarda ham ijoddan toxtamadi, natijada, har jihatdan muhim boy ilmiy va adabiy meros qoldirdi. Bobur 1819 yoshlarida ruboiy va gazallar yoza boshlagan. Uning «Topmadim» radifli gazali va «Yod etmas emish kishini gurbatda kishi» misrasi bilan boshlanuvchi ruboiysi osha yillardagi hayoti bilan bogliq. Boburning ulkan sanatkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga kotara oladi va natijada asarlarida olga surilgan goyalar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga kotariladi. Bobur ijodida, xususan, sheriyatida kindik qoni tokilgan ona yurtini dildildan qomsash, uning tuprogiga talpinish, gariblik azoblaridan otli hasrat, yoru diyor soginchi va visol ilinji, takdir zarbalari va turmush uqubatlari, zamona nosozliklaridan nola badiiy tahlil etiladi. Bobur ijodida ishqmuhabbat, sevgisadoqat, visol va hijron mavzui ham salmoqli orin tutadi. Uning gazal va ruboiylarida, tuyuq va masnaviylarida mashuqaning maftunkor gozalligi, beqiyos husnu latofati, sharqona odobu axloqi, nozu karashmasi yengil va oynoqi, musiqiy va ravon misralarda katta mahorat bilan tarannum etiladi. Boburning uz sheriy asarlarini toplab, devon holiga keltirgan sanani korsatuvchi aniqtarixiy malumotlar malum emas. Ammo «Boburnoma»ning 151819 yillar voqealari bayoniga bagishlangan faslida Bobur devonini Kobuldan Samarqandga yuborganligi togrisida soz boradi. Demak, shu yillarda uning devoniga tartib berilgan va mazkur devon Movarounnahrda ham tarqalgan. Hozirda uning 119 gazali, bir masnu sheri, 209 ruboiysi, 10 dan optik tuyuq va qitalari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham orin olgan. Hindiston yurishlari davri (1521)da Bobur «Mubayyin» asarini yaratdi. Masnaviy tarzida yozilgan, islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga bagishlangan bu asarda Movarounnahr va Hindistonga oid osha davr ijtimoiyiqtisodiy hayoti boyicha qiziqarli malumotlar ham jamlangan. Valiahd Humoyun va Komron Mirzolarga dasturulamal sifatida moljallangan «Mubayyin»da, ayni zamonda, namoz, zakot va haj ziyorati togrisida ham shariy mezonlar bayon qilingan. Shu yillarda Bobur Sharq sheriyatining asosiy masalalaridan biri aruz vazni, uning nazariyasi va amaliyotiga oid ilmiy risolasini yakunlaydi. Bobur nomini dunyoga mashhur qilgan shoh asari «Boburnoma» ustidagi ijodiy ishini 151819 ylarda boshlagan (q. «Boburnoma»). Boburning yuqorida keltirilgan asarlaridan tashqari, «Xatti Boburiy», shuningdek musiqa sanati va harb ishlariga maxsus bagishlangan qator risolalari ham bolgan. Ammo keyingi ikki asar matni hanuz topilgan emas. «Xagti Boburiy»da muallif arab alifbosini taxrir etib, yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish maqsadida uni turkiy til va talaffuz mezonlariga moslashtirgan. 1526 yil 21 dekabrda Boburga qarshi suiqasd uyushtiriladi. Mahv etilgan Ibrohim Lodiyning onasi oshpazlar bilan til biriktirib, uning ovqatiga zahar qoshtiradi. Shuning asoratimi yoki kop yillik mashaqqatli va qonimsiz hayot tasirimi, har holda keyingi yillarda Bobur tez-tez kasalga chalinib turadi. 1527 yil oktabrda Bobur yana xastalikka uchragach, umrining oxirlab qolganini his etadi. Shunda Bobur ozi etiqod qoygan Xoja Ahror Valiy ruhidan najot tilab, ixlos bilan uning nasrda bitilgan «Volidiya» asarini sheriy tarjima qiladi. Boburning mohir tarjimon sifatidagi qobiliyati namoyon bolgan 243 baytli bu asar katta ijodiy ilhom bilan juda qisqa muddatda yakunlangan. Boburning oz etiroficha, tarjima tugashi hamonoq batamom sogayib ketgan. Bu yillarda u «Boburnoma» fasllari ustida ishlashni davom ettirdi, yangiyangi gazalruboiylar yaratdi, oz iborasi bilan aytganda, «Hindistonga kelgali aytqon ashorni» tartibga solib, shuningdek, «Volidiya» tarjimasini, «Xatti Boburiy» bilan bitilgan namuna va qitalarni Movarounnahr va Afgonistonga, Xumoyun, Xoja Kalon, Hindol va b.ga yubordi. Humoyun Mirzoga atalgan ijtimoiyaxloqiy masalalarni tahlil etuvchi mashhur maktubi ham Bobur ijodiy faoliyatining yorqin qirralaridan biri boldi. Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 47 yoshida ozi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va osha yerda dafn etildi, keyinchalik (1539), vasiyatiga muvofiq xoki Kobulga keltirilib, ozi bunyod ettirgan «Bogi Bobur»ga qoyildi (q. Bobur maqbarasi). Bobur Ozbekiston mustaqillikka erishgandan song oz yurtida haqiqiy qadrqimmattopdi. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga kora 1993 yilda Bobur tavalludining 510 yilligi tantanali nishonlandi. Andijon sh.da Bobur nomida unt, teatr, kutubxona, milliy bog («Bogi Bobur») bor. Bobur milliy bogi majmuasitsa «Bobur va jahon madaniyati» muzeyi, shoirning ramziy qabrmaqbarasi bunyod etilgan. Shahar markazida (muallifi Ravshan Mirtojiev) va Bobur bogidagi yodgorlik majmuida (muallifi Qodirjon Salohiddinov) shoirga haykal ornatildi. Andijondagi markaziy kochalardan biriga, shuningdek Toshkentdagi istirohat bogi va kochaga, Andijon viloyati, Xonobod shahridagi istirohat bogiga Bobur nomi berildi. Ozbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali tasis etildi. Sharqshunos olim Ubaydulla Karimov bu medalning birinchi sovrindori boldi. Andijonlik tabiatshunos olim Zokirjon Mashrabov rahbarlik qiladigan Xalqaro Bobur jamgarmasi (1993.23.12) Bobur ijodini organishda katta ishlarni amalga oshirdi. Jamgarmaning ilmiy ekspeditsiyasi 10 dan ortiq Sharq mamlakatlari boylab avtomobilda ilmiy safarlar uyushtirib, 200 ming km dan ortiq masofani bosib otdi, Bobur va boburiylar qadamjolari, ularning ilmiy merosiga oid yangi malumotlar toplab, ularni ilmiy istemolga kiritdi. Mazkur malumotlar asosida 10 dan ziyod ilmiy, hujjatli, badiiy asarlar (Z. Mashrabov, S. Shokarimov: «Asrlarni boylagan Bobur»; S. Jalilov: «Boburning Fargona davlati», «Bobur va Andijon»; Qamchibek Kenja: «Hind soriga»; X. Sultonov: «Boburning tushlari», «Boburiynoma»; R. Shamsuddinov: «Boburiylar izidan», «Boburiylar sulolasi»; T. Nizom: «Uch soz»), 10 ga yaqin hujjatli, videofilmlar (F. Rasulov: «Bobur izidan», «Muqaddas qadamjolar»; T. Roziev: «Bobur salomi», «Bobur nomidagi Xalqaro ilmiy ekspeditsiya»; T. Hamidov: «Iftixor» va h.k.) yaratildi. Jamgarmaning Lohur (Pokiston), Haydarobod (Hindiston), Abu Dabi (Birlashgan Arab Amirliklari), Moskva (RF), Osh (Qirgiziston), Toshkent, Namangan (Ozbekiston) shaharlarida bolimlari mavjud. 1998 yil Jamgarmaning boburshunoslik sohasidagi xalqaro mukofotlari ilk marta Pirimqul Qodirov, Sabohat Azimjonova, Gaybulloh asSalom, Nematilla Otajonov, Xayriddin Sultonov, Eyje Mano (Yaponiya), Muhammadali Abduqunduzov, Maqsud Yunusov, Shafiqa Yorqin (Afgoniston), Mamurjon Toxtasinov, Ravshan Mirtojiev, Majid Tursunov, Rahmonjon Azimov, Muhammadjon Mirzaevga berildi. * * *
Konglumdin ozga mahrami asror topmadim. Jonimdin ozga jonni dilafkor kormadim, Konglum kibi kongulni giriftor topmadim. Usruk koziga toki kongul boldi mubtalo, Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim. Nochor furqati bila xoy etmisham, netay, Chun vasliga ozumni sazovor topmadim. Bore boray eshigiga bu navbat, ey kongul, Nechaki borib eshigiga bor topmadim. Bobur, ozungni orgatakor yorsizki, men Istab jahonni muncha qilib yor topmadim. Download 33.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling