Klasslarning o'ziga xos metodlari ham bo'lishi mumkin. Misol uchun yuqoridagi num_avto xususiyatini ko'rish uchun alohida metod yozishimiz mumkin. Klassga oid metodlar @classmethod dekoratori bilan boshlanadi va obyektga oid metodlardan farqli ravishda self emas cls (class) argumentini qabul qiladi.
class Avto:
"""Avtomobil klassi"""
__num_avto = 0
def __init__(self,make,model,rang,yil,narh,km=0):
"""Avtomobilning xususiyatlari"""
self.make = make
self.model = model
self.rang = rang
self.yil = yil
self.narh = narh
self.__km = km
self.__id = uuid4()
Avto.__num_avto += 1
@classmethod
def get_num_avto(cls):
return cls.__num_avto
Klass metodlarga klassning nomi orqali murojat qilinadi:
avto1 = Avto("GM","Malibu","Qora",2020,40000)
avto2 = Avto("GM","Lacetti","Oq",2020,20000)
avto3 = Avto("Toyota",'Carolla',"Silver",2018, 45000)
print(Avto.get_num_avto())
Natija: 3 @classmethod bu maxsus dekorator. Dekoratorlar bu o'z ichiga funksiya oluvchi funksiyalar. Dekoratorlar haqida keyingi darslarimizning birida batafsil to'xtalamiz.
Vaqt o'tishi bilan dasturimizda klasslar ko'payib borishi tabiiy. Bizning asosiy dasturimiz uzun va chigal bo'lmasligi uchun klasslarni ham huddi funksiyalar kabi alohida modullarga ajratish maqsadga muvofiq bo'ladi. Dastur davomida kerak bo'ladigan klasslarga esa modulni chaqirish (import) orqali murojat qilishimiz mumkin. Bunda, bir-biriga bog'liq klasslarni bitta faylga joylashimiz mumkin. Misol uchun, biz Talaba, Professor, Foydalanuvchi va Shaxs degan klasslarni bitta odamlar.py moduliga, Avto, Bus, Train degan klasslarni esa boshqa transport.py moduliga joyladik. Kelajakda biz bu klasslarga import orqali murjat qilishimiz mumkin.
Moduldagi barcha klasslar quyidagicha import qilinadi: from modul import *. Bunda modul ichidagi istalgan klassga to'g'ridan-to'g'ri uning nomi bilan murojat qilinadi.
from odamlar import *
talaba = Talaba("Alijon","Valiyev","FA010101","N00022")
shaxs = Shaxs("Hasan","Husanov","FB0011223")
Do'stlaringiz bilan baham: |