Bajardi: Ermamatov Sardor Tekshirdi: Xasanova Nigora mavzu: IqtisodiYotning siklliligi va makroiqtisodiy beqarorlik


Yetarlicha isteʼmol qilmaslik nazariyasi


Download 25.81 Kb.
bet4/4
Sana02.11.2023
Hajmi25.81 Kb.
#1739370
1   2   3   4
Yetarlicha isteʼmol qilmaslik nazariyasi. Bu nazariyaning mohiyati ko‘proq jamg‘arib, samarali darajada isteʼmol qilmaslik jamiyatni siklli rivojlanishining sababi qilib ko‘rsatiladi:
1) mablag‘ni jamg‘arish, boshqacha aytganda xazinaga aylantirish turg‘unlikka olib kelishi mumkin, chunki bu mablag‘ investitsiyalash uchun foydalanilmaydi;
2) pulni jamg‘arish isteʼmol tovarlariga talabning qisqarishiga olib keladi, chunki u isteʼmolga sarflanmaydi.
3) natijada investitsiyaga nisbatan pul shaklidagi jamg‘arish hajmi o‘sib borib, isteʼmol tovarlariga talab kamayib boradi, taklif esa ortadi, narx pasayadi, isteʼmol tovarlari bozoridagi qiyinchiliklar inqirozga olib keladi.


Jamg‘arish nazariyasi. Bu nazariyaga ko‘ra iqtisodiy sikl ishlab chiqarish vositalari yoki kapitallashgan investitsion tovarlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq. Kundalik isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish bilan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar va ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish sikllari o‘rtasida katta farq bor.
Kundalik isteʼmol mollari doimiy ravishda isteʼmol qilinadi. Ularning isteʼmol miqdori o‘zgargan taqdirda ham uncha katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi.
Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni domiy ravishda xarid qilinmaydi. Balki ular isteʼmolchi daromadi ko‘paygan paytdagina sotib olinadi. Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga talab barqaror emas. Ishlab chiqarishni davom ettirish uchun kapital tovarlar ishlab chiqarish zarur.



1


2


3


Download 25.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling