Bajardi: Fayzllayeva E


Statistikada asosiy fondlarning xajmini o`rganish


Download 348.12 Kb.
bet2/5
Sana18.12.2022
Hajmi348.12 Kb.
#1031723
1   2   3   4   5
Bog'liq
Asosiy fondlar statistikasi.

1. Statistikada asosiy fondlarning xajmini o`rganish
Statistikada asosiy fondlarning xajmini o`rganishda natural va qiymat ko`rsatkichlaridan foydalaniladi. Asosiy fondlarni qiymat ko`rinishda baholashda quyidagi qiymat turlari qo`llaniladi:
- to`la boshlang’ich qiymati;
- to`la tiklash qiymati;
- eskirishni hisobga olgan holdagi boshlang’ich (tiklash) qiymati;
- balansdagi qiymati;
- bozor qiymati;
- yo`kotishdagi qiymati.

Asosiy fondlarning to`la boshlang’ich qiymati deganda ularni sotib olish, tashib keltirish va o`rnatish uchun ketgan harajatlarning yig’indisi tushuniladi. Demak, to`la boshlang’ich qiymat asosiy fondlarni foydalanishga topshirish momentidagi qiymati bo`lib, u eng asosiy baholash turi hisoblanadi. Undan foydalanib asosiy fondlarning xajmi, tarkibi, takror ishlab chiqarish va mehnatni texnika bilan qurollanish ko`rsatkichlari aniqlanadi. SHuningdek to`la boshlang’ich qiymat amortizatsiya ajratmalari va normalarini hisoblashda baza hisoblanadi. Biroq, har bir konkret momentda asosiy fondlarning to`la boshlang’ich qiymati joriy baholarda hisoblanganligi uchun ularning umumiy xajmiga fizik hajm va baho o`zgarishlari xam ta’sir ko`rsatadi. Bu to`la boshlang’ich qiymat bo`yicha hisoblangan asosiy fondlarning juz’iy kamchiligidir.
SHuning uchun vaqti-vaqti bilan asosiy fondlarni qayta baholab turish taqazo qilinadi va buning natijasida to`la tiklash qiymati aniqlanadi. Asosiy fondlarning to`la tiklash qiymati – ularning xozirgi davr sharoitlarida takror ishlab chiqarish qiymatidir.
Masalan, 2 yil ilgari «A» markali 10ta stanok uchun sarf qilingan harajatlar (sotib olish, tashib keltirish va o`rnatish uchun) 10.000 so`mni tashkil qildi. SHu yili yuqoridagi «A» markali stanoklardan yana 5 tasi sotib olindi va ularga harajat 4500 so`mni tashkil qildi.
YUqoridagi ta’rifga ko`ra 15 ta stanokni to`la boshlang’ich qiymati xaqiqiy sarflangan harajatlar yig’indisiga teng bo`ladi, ya’ni 10.000+4500=14500 so`m.
To`la tiklash qiymati esa 15 ta stanokni ushbu yilda sotib olinsa, jami qancha harajat qilinishi mumkinligini ko`rsatadi, ya’ni
15 x (4500/5)=13,500 so`m.
Tiklash qiymati odatda asosiy fondlarni qayta baholash jarayonida aniqlanadi.
Qayta baholash bilan bir qatorda asosiy fondlarning eskirish summalari ham aniqlanadi.
Asosiy fondlar o`z qiymatlarini doimiy ravishda ishlab chiqarilayotgan maxsulot tannarxiga o`tkazib turganligi sababli boshlang’ich va tiklash qiymatlarining eskirishi hisobiga olingan xoldagi qiymatlari ham aniqlanadi. Buning uchun to`liq qiymatdan eskirish summasi ayriladi.
YUqoridagi misolimizda, masalan asosiy fondlarning eskirish darajasi 30% deb olsak, u holda eskirish summasi = 13500 x 30%=4050 m.s. bo`ladi. Demak qoldiq qiymat
13500 -4050=9450 m.s.ga teng.
Balansdagi qiymat – ob’ektlarni qayta baholash natijasida olinadi va asosiy fondlar shu bahoda korxonalar balansiga o`tkaziladi. Balansdagi qiymat – aralash baholash: ba’zi ob’ektlar uchun – tiklashdagi qiymat, boshqalar uchun – bosh birlamchi qimmat ham bo`lishi mumkin.
Bozor qiymati – ob’ektlarni joriy davrda bozorda sotilishi mumkin bo`lgan qiymatini ifodalaydi.



Download 348.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling