Bajardi: Fayzllayeva E


Asosiy fondlar — ishlab chiqarilgan aktivlar


Download 348.12 Kb.
bet3/5
Sana18.12.2022
Hajmi348.12 Kb.
#1031723
1   2   3   4   5
Bog'liq
Asosiy fondlar statistikasi.

2. Asosiy fondlar — ishlab chiqarilgan aktivlar
Asosiy fondlar uzoq vaqt xizmat qilishi natijasida payti kelib butunlay yaroqsiz xolga kelishi yoki ulardan kegusida foydalanish iqtisodiy samara bermasligi (ma’naviy eskirishi) mumkin. Bunday paytlarda asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonidan chiqariladi. Ularni temir-tersak sifatida metallomga topshirish, agar binolar bo`lsa – ularning buzilishi natijasida turli xil qurilish materiallari (yog’och, g’isht va boshqa) xosil bo`lishi mumkin. Korxonalarda albatta temir-tersak va qurilish materiallari turli extiyojlar uchun foydalanishi yoki chetga sotib yuborilishi mumkin va bu mablag’lar korxonaning hisob-kitob raqamiga kelib tushadi. Bu esa o`z navbatida yo`qotish qiymatida aks ettiriladi.
Asosiy fondlar — ishlab chiqarilgan aktivlar bo'lib, ular uzoq vaqt davomida (bir yildan kam emas) tovarlar ishlab chiqarish yoki bozor va nobozor xizmatlar ko'rsatish uchun xizmat qiladilar.
1996-yildan boshlab asosiy fondlarni natural formasi va bajarayotgan funksiyalariga qarab quyidagicha tasniflanadi: binolar (yasholmaydigan), yashaydigan binolar inshootlar, mashina va uskunalar, transport vositalari, ishlab chiqarish va xo'jalik ashyolari, ishchi mollar, mahsuldor mollar, ko'p yil lik o'simliklar, asosiy fondlarning boshqa turlari. Asosiy fondlarni bunday tasniflash asoslangan amortizatsiya me’yorlarini belgilashda, tarkibini va ulardan oqilona foydalanishni o'rganishda qo'llaniladi.
Asosiy fondlar tarkibiga yerlarni yaxshilash (melioratsiya, quritish, irrigatsion va boshqa ishlar) uchun qilingan kapital xarajatlar va yerga egalik qilish huquqini o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan xizmatlar (advokatlar, ko'chmas mulk bilan shug‘ullanuvchi agentlar va boshqa vositalar xizmatiga to'lovlar, to'langan soliqlar va yig'imlar va boshqa tashkiliy xarajatlar) bilan bog’liq bo'lgan xarajatlar ham kiradi.
Asosiy fondlar tarkibini o'rganish maqsadida ularni quyidagi belgilari bo'yicha guruhlarga ajratiladi:
— iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha —tovarlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar (shu jumladan, sanoat. qishloq xo'jaligi, qurilish va h.k. tarmoqlar) asosiy fondlari, xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlar (shu jumladan, transport, aloqa, savdo) asosiy fondlari;
— mulk formasi bo‘yicha — davlat mulkida bo'lgan, xususiy mulkda bo'lgan asosiy fondlar;
— ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi darajasiga qarab —. bevosita mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonida qatnashuvchi asosiy fondlar va harakatda bo'lmagan asosiy fondlar, shu jumladan, zaxirada, konservatsiyada, ta’mirlashda, rekonstruksiyada bo'lganlar;
— kimga qarashli ekanligiga qarab — xususiy va ijaraga qo'yilgan asosiy fondlar;
— hududlar bo‘yicha joylashishiga qarab — tumanlar, shaharlar, viloyatlar va respublika asosiy fondlari.
Bevosita mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonida ishtirok etuvchi asosiy fondlarni bajarayotgan funksiyasiga qarab aktiv va passiv guruhlarga ajratish mumkin.


Ishlab chiqarish fondlari asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlariga bo‘linadi. Ular o‘rtasidagi farq quyidagilardan iboratdir:





— asosiy fondlar ko‘p ishlab chiqarish sikllarida qatnashib, o‘z qiymatini qismlab, asta-sekin yangidan tayyorlanayotgan mahsulotga o‘tkazib boradi; aylanma fondlari esa bitta ishlab chiqarish jarayonida qatnashib, o‘z qiymatini to‘liqligicha yangidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o‘tkaziladi;
— aylanma fondlari bevosita ishlab chiqarish jarayonida bo‘lsa, asosiy fondlar shunday bo'lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin;
— asosiy fondlar buyum shaklida tayyor mahsulotga qo‘shilmaydi, aylanma fondlari esa qo‘shiladi va tayyor mahsulotning o‘zagini tashkil etadi;
— asosiy fondlar tarkibiga xizmat qilish muddati bir yildan ortiq va qiymati 15 ta minimal ish haqqidan ortiq bo'lgan fondlar kiradi. Asosiy fondlar ishlab chiqarishning moddiy asosini tashkil qiladi. Ularning qiymati va tarkibi korxona faoliyatining sifat va miqdor ko'rsatkichlariga kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Asosiy fondlar, korxonalarning asosiy fondlari– ishlab chiqarishga uzoqxizmat qiladigan, oʻz natural buyum shaklini uzoq vaqt oʻzgartir-magan holda ishlab chiqarish jarayonida bir necha bor qatnashadigan mehnat qurollari va vositalari. Odatda Asosiy fondlarga ishlab chiqarishda bir yildan ortiq xizmat koʻrsatadigan molmulk kiritiladi (rivojlangan kapitalistik davlatlarda Asosiy fondlar oʻrniga asosiy kapital tushunchasi qoʻllaniladi). Asosiy fondlar oʻz qiymatini tayyor mahsulotga asta-sekin, bir necha yillik ishlab chiqarish jarayonida qismlar bilan oʻtkazadi, mahsulot sotilgach, korxonaga pul sha-klida qaytib keladi (qarang Amortizatsiya ajrat-malari). Asosiy fondlar qiymat jihatidan korxonaga qoʻyilgan pul boʻlsa, moddiy jihatdan bino, inshootlar, mashina-uskuna va boshqalardan iborat. Asosiy fondlarning qiymat ifodasi buxgalteriya balansida asosiy vositalar deb yurtiladi. Asosiy fondlardatutgan oʻrniga qarab Asosiy fondlar asosiy ishlab chiqarish va asosiy noishlab chiqarish fondlariga boʻlinadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar yaratishda qatnashadi. Ular tarmoqlararo taqsimlanishi jihatidan sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi fondlaridan iborat boʻladi, texnologik jihatdan aktiv va passiv fondlarga boʻlinadi. Aktiv fondlar mahsulot yaratishda bevosita qat-nashuvchi mehnat qurollaridan, passiv fondlar ishlab chiqarishning moddiy sharoiti boʻlgan qurilmalar, binolar, inshootlar, omborlar va boshqalardan iborat. Mod-diy-natural tarkibiga koʻra Asosiy fondlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: binolar, inshootlar; uzatma qurilmalar; quvvat mashinalari va jihozlari; ish ma-shinalari va jyhozlari; transport vosi-talari; ishlab chiqarish va xoʻjalik inventari; ulov va mahsuldor chorva; mevali bogʻlar va da-raxtlar; yerlarni yaxshilashga sarflangan kapital harajatlar. Asosiy noishlab chiqarish fondlariga uy-joy binolari, maktablar, klublar, davolash muassasalari va boshqa kiradi. Qishloq xoʻjaligi korxonalarida Asosiy fondlar balansida irrigatsiya-meliorasiya fondlari qiymati alohida bandda koʻrsatiladi (ular inshootlar tarkibida hisobga kiritiladi). Xoʻjaliklarning Asosiy fondlar buxgalteriya hisobida 01 raqamli hisobvaraqda qayd etiladi, natural hamda qiymat koʻrsat-kichlarida hisobga olinadi. Natural koʻrsatkichlar (dona-si, Vt hisobidagi quvvat, m2 hisobidagi sathi va boshqalar) Asosiy fondlarning sifat va miqdori tarkibi, xoʻjaliklarning ishlab chiqarish imkoni-yatlari, sotib olingan texnika yoki bino, inshootning qurilgan vaqti haqida tasavvur beradi. Asosiy fondlar qiymati joriy narxlarda yoki qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Hisobga olish asosiy vositalarning barcha koʻrinishlarini turlar boʻyicha taqqoslashga, ularning jami qiymatini, ulardagi yangi tayyor mahsulotga oʻtadigan eskirish darajasini aniqlashga im-kon beradi. Asosiy fondlar real miqdori mamla-katning iqtisodiy salohiyatini, ishlab chiqarish quvvatini koʻrsatadi. Oʻzbekiston Respublikasi xalqxoʻjaligi barcha tarmoqlarining asosiy ishlab chiqarish fondlari amaldagi (joriy) narxlarda 1993-yilda 19218,1 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Download 348.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling