Mavzu: asosiy fondlar statistikasi
Download 121 Kb.
|
1 2
Bog'liqAmortizatsiya me’yorlari iqtisodiy jihatdan asoslangan va asosiy fondlarning
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Asosiy fondlar
MAVZU:ASOSIY FONDLAR STATISTIKASI Reja: 1.KIRISH 2.Statistikada asosiy fondlarning xajmini o`rganish 3.Asosiy fondlar — ishlab chiqarilgan aktivlar 4.Asosiy fondlarning tarkibi 5.XULOSA 6.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Asosiy fondlar, korxonalarning asosiy fondlari– ishlab chiqarishga uzoqxizmat qiladigan, oʻz natural buyum shaklini uzoq vaqt oʻzgartir-magan holda ishlab chiqarish jarayonida bir necha bor qatnashadigan mehnat qurollari va vositalari. Odatda Asosiy fondlarga ishlab chiqarishda bir yildan ortiq xizmat koʻrsatadigan molmulk kiritiladi (rivojlangan kapitalistik davlatlarda Asosiy fondlar oʻrniga asosiy kapital tushunchasi qoʻllaniladi). Asosiy fondlar oʻz qiymatini tayyor mahsulotga asta-sekin, bir necha yillik ishlab chiqarish jarayonida qismlar bilan oʻtkazadi, mahsulot sotilgach, korxonaga pul sha-klida qaytib keladi (qarang Amortizatsiya ajrat-malari). Asosiy fondlar qiymat jihatidan korxonaga qoʻyilgan pul boʻlsa, moddiy jihatdan bino, inshootlar, mashina-uskuna va boshqalardan iborat. Asosiy fondlarning qiymat ifodasi buxgalteriya balansida asosiy vositalar deb yurtiladi. Asosiy fondlardatutgan oʻrniga qarab Asosiy fondlar asosiy ishlab chiqarish va asosiy noishlab chiqarish fondlariga boʻlinadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar yaratishda qatnashadi. Ular tarmoqlararo taqsimlanishi jihatidan sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi fondlaridan iborat boʻladi, texnologik jihatdan aktiv va passiv fondlarga boʻlinadi. Statistikada asosiy fondlarning xajmini o`rganishda natural va qiymat ko`rsatkichlaridan foydalaniladi. Asosiy fondlarni qiymat ko`rinishda baholashda quyidagi qiymat turlari qo`llaniladi: - to`la boshlang’ich qiymati; - to`la tiklash qiymati; - eskirishni hisobga olgan holdagi boshlang’ich (tiklash) qiymati; - balansdagi qiymati; - bozor qiymati; - yo`kotishdagi qiymati. Asosiy fondlarning to`la boshlang’ich qiymati deganda ularni sotib olish, tashib keltirish va o`rnatish uchun ketgan harajatlarning yig’indisi tushuniladi. Demak, to`la boshlang’ich qiymat asosiy fondlarni foydalanishga topshirish momentidagi qiymati bo`lib, u eng asosiy baholash turi hisoblanadi. Undan foydalanib asosiy fondlarning xajmi, tarkibi, takror ishlab chiqarish va mehnatni texnika bilan qurollanish ko`rsatkichlari aniqlanadi. SHuningdek to`la boshlang’ich qiymat amortizatsiya ajratmalari va normalarini hisoblashda baza hisoblanadi. Biroq, har bir konkret momentda asosiy fondlarning to`la boshlang’ich qiymati joriy baholarda hisoblanganligi uchun ularning umumiy xajmiga fizik hajm va baho o`zgarishlari xam ta’sir ko`rsatadi. Bu to`la boshlang’ich qiymat bo`yicha hisoblangan asosiy fondlarning juz’iy kamchiligidir. SHuning uchun vaqti-vaqti bilan asosiy fondlarni qayta baholab turish taqazo qilinadi va buning natijasida to`la tiklash qiymati aniqlanadi. Asosiy fondlarning to`la tiklash qiymati – ularning xozirgi davr sharoitlarida takror ishlab chiqarish qiymatidir. Masalan, 2 yil ilgari «A» markali 10ta stanok uchun sarf qilingan harajatlar (sotib olish, tashib keltirish va o`rnatish uchun) 10.000 so`mni tashkil qildi. SHu yili yuqoridagi «A» markali stanoklardan yana 5 tasi sotib olindi va ularga harajat 4500 so`mni tashkil qildi. YUqoridagi ta’rifga ko`ra 15 ta stanokni to`la boshlang’ich qiymati xaqiqiy sarflangan harajatlar yig’indisiga teng bo`ladi, ya’ni 10.000+4500=14500 so`m. To`la tiklash qiymati esa 15 ta stanokni ushbu yilda sotib olinsa, jami qancha harajat qilinishi mumkinligini ko`rsatadi, ya’ni 15 x (4500/5)=13,500 so`m. Tiklash qiymati odatda asosiy fondlarni qayta baholash jarayonida aniqlanadi. Qayta baholash bilan bir qatorda asosiy fondlarning eskirish summalari ham aniqlanadi. Asosiy fondlar o`z qiymatlarini doimiy ravishda ishlab chiqarilayotgan maxsulot tannarxiga o`tkazib turganligi sababli boshlang’ich va tiklash qiymatlarining eskirishi hisobiga olingan xoldagi qiymatlari ham aniqlanadi. Buning uchun to`liq qiymatdan eskirish summasi ayriladi. YUqoridagi misolimizda, masalan asosiy fondlarning eskirish darajasi 30% deb olsak, u holda eskirish summasi = 13500 x 30%=4050 m.s. bo`ladi. Demak qoldiq qiymat 13500 -4050=9450 m.s.ga teng. Balansdagi qiymat – ob’ektlarni qayta baholash natijasida olinadi va asosiy fondlar shu bahoda korxonalar balansiga o`tkaziladi. Balansdagi qiymat – aralash baholash: ba’zi ob’ektlar uchun – tiklashdagi qiymat, boshqalar uchun – bosh birlamchi qimmat ham bo`lishi mumkin. Bozor qiymati – ob’ektlarni joriy davrda bozorda sotilishi mumkin bo`lgan qiymatini ifodalaydi. Asosiy fondlar uzoq vaqt xizmat qilishi natijasida payti kelib butunlay yaroqsiz xolga kelishi yoki ulardan kegusida foydalanish iqtisodiy samara bermasligi (ma’naviy eskirishi) mumkin. Bunday paytlarda asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonidan chiqariladi. Ularni temir-tersak sifatida metallomga topshirish, agar binolar bo`lsa – ularning buzilishi natijasida turli xil qurilish materiallari (yog’och, g’isht va boshqa) xosil bo`lishi mumkin. Korxonalarda albatta temir-tersak va qurilish materiallari turli extiyojlar uchun foydalanishi yoki chetga sotib yuborilishi mumkin va bu mablag’lar korxonaning hisob-kitob raqamiga kelib tushadi. Bu esa o`z navbatida yo`qotish qiymatida aks ettiriladi. Asosiy fondlar asosiy ishlab chiqarish va asosiy noishlab chiqarish fondlariga boʻlinadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar yaratishda qatnashadi. Ular tarmoqlararo taqsimlanishi jihatidan sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi fondlaridan iborat boʻladi, texnologik jihatdan aktiv va passiv fondlarga boʻlinadi. Aktiv fondlar mahsulot yaratishda bevosita qat-nashuvchi mehnat qurollaridan, passiv fondlar ishlab chiqarishning moddiy sharoiti boʻlgan qurilmalar, binolar, inshootlar, omborlar va boshqalardan iborat. Mod-diy-natural tarkibiga koʻra Asosiy fondlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: binolar, inshootlar; uzatma qurilmalar; quvvat mashinalari va jihozlari; ish ma-shinalari va jyhozlari; transport vosi-talari; ishlab chiqarish va xoʻjalik inventari; ulov va mahsuldor chorva; mevali bogʻlar va da-raxtlar; yerlarni yaxshilashga sarflangan kapital harajatlar. Asosiy noishlab chiqarish fondlariga uy-joy binolari, maktablar, klublar, davolash muassasalari va boshqa kiradi. Qishloq xoʻjaligi korxonalarida Asosiy fondlar balansida irrigatsiya-meliorasiya fondlari qiymati alohida bandda koʻrsatiladi (ular inshootlar tarkibida hisobga kiritiladi). Xoʻjaliklarning Asosiy fondlar buxgalteriya hisobida 01 raqamli hisobvaraqda qayd etiladi, natural hamda qiymat koʻrsat-kichlarida hisobga olinadi. Natural koʻrsatkichlar (dona-si, Vt hisobidagi quvvat, m2 hisobidagi sathi va boshqalar) Asosiy fondlarning sifat va miqdori tarkibi, xoʻjaliklarning ishlab chiqarish imkoni-yatlari, sotib olingan texnika yoki bino, inshootning qurilgan vaqti haqida tasavvur beradi. Asosiy fondlar qiymati joriy narxlarda yoki qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Hisobga olish asosiy vositalarning barcha koʻrinishlarini turlar boʻyicha taqqoslashga, ularning jami qiymatini, ulardagi yangi tayyor mahsulotga oʻtadigan eskirish darajasini aniqlashga im-kon beradi. Asosiy fondlar real miqdori mamla-katning iqtisodiy salohiyatini, ishlab chiqarish quvvatini koʻrsatadi. Download 121 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling