Bajardi: Guruh: Tekshirdi


Boshqaruv maqsadari turlari


Download 10.29 Kb.
bet2/4
Sana12.11.2023
Hajmi10.29 Kb.
#1769189
1   2   3   4
Bog'liq
maqsad

2.Boshqaruv maqsadari turlari.
Joriy maksadlar deganda bir yil ichida, yil choragi, bir oy va undan xam kamrok. muddat mobaynida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, korxona bo‘limlari oldida bir yil mobaynida amalga oshirilishi muljallangan quyidagi funksional joriy maqsadlar qo’yilgan buo’lishi mumkin.
Maqsadlarni belgilashda joriy maqsadlar nuqtai nazaridan yondoshuv, ya’ni xar bir bulinma maqsadlari, ularni bajarish muddatlari, aniq ijrochilar, aniq maqsadli tadbirlar, resurslar manbalari, belgilangan tadbirlar bajarilishining asoslab berilishi barcha bug‘inlar va darajalarda boshqaruv ishonchligini oshirish kafolatini beradi, boshqaruvning apparati xàrakatlarining puxta bo’lishini belgilaydi.
Istiqbol (perspektiv) maqsadlar deganda besh yil yoki undan ko’proq davr mobaynida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, respublikamizda ishlab chiqilgan "Kadrlarni tayyorlash Milliy dasturi"ni ro’yobga chiqarishdek ulug’vor maqsad quyidagi uch bosqichdagi muddatni o‘z ichiga oladi:
-1997—2001 — mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy saloxiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni islox etish va rivojlantirish uchun xaqiqiy kadrlar jixàtdan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish.
-2001—2005 — milliy dasturni to’lik. ro‘yobga chiqarish, mexnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-ikòisodiy sharoitlarni xisobga olgan xolda unga aniqliklar kiritish.
-2005 va undan keyingi yillar — to‘plangan tajribani taxlil qilish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
Uzluksiz maqsadlar deganda xar kuni qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy maqsadlar tushuniladi. Masalan, mexnat unumdorligini o‘stirish, intizomni mustaxkamlash, maxsulot tannarxini pasaytirish, maxsulot sifatini oshirish kabilar muntazam, kunda talab qilinadigan maqsadlardir
Muammoli maqsad. sotish xajmini qisqa muddat (2 oy) ichida keskin kupaytirish:
• maxsulotga bulgan talabning keskin pasayish sabablarini aniqlashni;
• ko‘p omilli korrelyasion-regrission taxilni amalga oshirishni;
• eng maqbulqarorlar qabul qilishni taqozo etadi.

Download 10.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling