Bajardi: husenov f. Tekshirdi: rahimov a
Download 168.33 Kb.
|
pul va banklar 2 oraliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kassa hisob-kitoblari
Naqdsiz burilish - naqd puldan foydalanmasdan, kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlar bo'yicha yoki o'zaro hisoblash orqali naqd puldan foydalanmasdan, ma'lum bir muddat uchun to'lovlar miqdori.
Moddiy qadriyatlarni etkazib berish va xizmatlarni taqdim etish bilan bog'liq barcha bitimlar yakunlandi. Kassa hisob-kitoblari Naqd pul va naqd pulsiz shaklni o'z ichiga oladi. 3-savol Pul islohotlari va uning pul muomalasini barqarorlashtirishdagi о‘mi Pul islohoti deb, pul muomalasini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan pul tizimini o‘zgartirishga aytiladi. Pul islohoti metall pul muomalasi davrida, Ikkinchi jahon urushidan keyin oltin deviz, oltin dollar muomalasi davrida o‘tkazildi. Sobiq Ittifoqda pul islohoti 1922— 1924-yillar va 1947, 1961-yillarda o‘tkazildi. 0‘zbekistonda pul islohoti 1994-yilda o‘tkazildi va respublika mustaqil davlat sifatida o‘zining milliy pul birligiga ega bo‘ldi. Pul muomalasini barqarorlashtirishga pul islohotini o‘tkaz- masdan ham erishish mumkin. Pul muomalasini barqarorlashti- rishning quyidagi usullari mavjud: revalvatsiya, devalvatsiya, deno- minatsiya. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, iqtiso- diyotning holatiga, pulning qadrsizlanish darajasiga, davlat siyosatiga ko‘ra, davlat pul islohotini o‘tkazishi, pulni revalvatsiya, denominatsiya qilishi mumkin. Pul kuchli qadrsizlangan sharoitda faqat pul islohotini o‘t- kazish yoii bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin. Pul islohoti, ya’ni nullifikatsiyada kuchli qadrsizlangan pul birligi bekor qilinadi va o‘rniga yangi pul birligi kiritiladi. Masalan, sobiq Ittifoqda 1922— 1924-yillarda sovznaklarning kuchli qadrsizla- nishi natijasida 1 rubl 50 mlrd sovznakka almashtirilgan. Urush- dan keyingi Germaniyada giperinflatsiya natijasida 1924-yilda muomalaga yangi nemis markalari kiritilgan. Eski reyxsmarkalar kuchli qadrsizlanishi natijasida muomalaga chiqarilgan yangi mar- kalar 1 marka : 1 trillion eski reyxsmarka nisbatida almashtirildi. Reyxsmarkalar muomalasi bekor qilindi. JieyaLvatsiya — bu pul birligining oltin qiymatini tiklashdan iborat. Masalan, I jahon urushidan keyingi 1925—1928-yillarda o‘tkazilgan pul islohoti tufayli funt sterlingning urushgacha bo‘l- gan oltin qiymati belgilandi. II Jahon urushidan keyin revalvatsiya natijasida dollarning valuta kursi ko‘tarildi. Germaniya Federativ Respublikasida 1961, 1969, 1971 -yillarda revalvatsiya o‘tkazilgan. Devalvatsiya — bu milliy valuta kursining chet el valutasiga nisbatan rasrmy ravishda tushirilishi. Pul birligining oltin miqdori belgilangan sharoitda devalvatsiya pulning oltin miqdorining tushib ketishini anglatgan. Masalan, 1971-yilda AQSH dollarining oltin miqdori 7,89 % ga, 1973-yil fevralda 10 % ga kamaytirilgan. Suzuvchi valuta kurslariga o‘tgandan keyin devalvatsiya boshqarila- digan valuta kurslari asosida olib boriladi. Denominatsiya — baholar masshtabini yiriklashtirish, ya’ni pul birligidagi «0» larni qisqartirishdan, pul birligida ko‘rsatilgan nominalni kamaytirishdan iborat. Sho‘ro pul tizimi qaror topa boshlagan davr — 1921—1922-yillarda ikki marta denominatsiya o‘tkazilgan. Birinchi denominatsiyada muomalaga «1922-yil pul birligi» chiqarilgan va ular oldingi pul birliklariga 1000 : 1 nisbatda almashtirilgan. Ikkinchi denominatsiyada muomalaga «1923-yil pul birligi» chiqarilgan va «1922-yil pul birligiga» 1000:1 nisbatda almashtirilgan. Pul denominatsiyasi inflatsiya sur’atlari past bo‘lgan sharoitda qulay bo‘lishi mumkin.jfAgar inflatsiya sur’atlari yuqori bo‘lsa, denominatsiya o‘tkazish hech qanday samara bermasligi mumkin. Faqat pul islohotini o‘tkazish yo‘li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin bo‘ladi. Pul islohotini o‘tkazish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin: • muomaladagi pul massasini kamaytirish maqsadida, deflatsiya kursi bo‘yicha eski pullami yangi pullarga almashtirish; • aholi va korxonalarning banklardagi jamg'armalarini vaqtincha (to‘liq yoki qisman) harakatsiz ushlab turish (qotirib qo‘yish); • har ikki usulni birgalikda qo‘llash yo‘li orqali pul islohotini o‘tkazish: bu usul xalqaro amaliyotda «shok yo‘li» bilan davolash nomi bilan mashhurdir. Bu usul 1948-yilda G‘arbiy Germaniyada harbiy davlat boshqaruvidan bozor iqtisodiga o‘tishda qo‘llanilgan. «Shok yo‘li» bilan davolashda ish haqini toiashni to‘xtatib qo‘yish, ishlab chiqarishni qisqartirish, pul islohotini o‘tkazish, ish o‘rinlarini qisqartirish kabi qattiq choralar qo‘llanilishi mumkin. Masalan, G‘arbiy Germaniyada 1948- yilning iyun oyida o‘tkazilgan pul islohotida aholining naqd pullari va jamg'armalari 6,5 yangi nemis markasiga 100 eski reyxsmarka qilib almashtirildi. Aholining pul jamg‘ar- malarini to‘lash vaqtincha to‘xtatilgan, keyinchalik faqat 30 % atrofida to‘langan va har bir kishiga 60 nemis markasi miqdorida nafaqa ajratilgan. Natijada davlatning reyxsmarkasidagi qarzi, mamlakatda bo‘lgan disbalans tugatilgan va shu yo‘l bilan inflatsiyaning o‘sish sur’atlari to'xtatilgan. «Shok yo‘li» bilan davolash Yaponiyada 1949— 1950-yillarda o‘tkazilgan va u «Doj rejasi» degan nomni olgan. Bu rejaga asosan, Yaponiyada inflatsiyaga qarshi juda qattiq chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Erkin bahoga o‘tish bilan bir vaqtning o‘zida yer islohoti o'tkazildi, budjet kamomadini yo'qotish yo‘llari ishlab chiqildi. Yaponiyada mavjud zarar bilan ishlovchi korxonalarga davlat tomonidan beriladigan subsidiya bekor qilindi, korxona, tashkilot- larga kredit berish shartlari mukammallashtirildi, aholi jamg‘ar- malari ishlatilmasdan qotirib qo‘yildi. Iqtisodni «shok yo‘li” bilan davolash Sharqiy Yevropa mamlakatlari — sobiq Yugoslaviya, Polshada ham qo'llanilgan. «Shok yo‘li» bilan davolash iqtisodiy siyosati 1989-yilning oxirida Polshada qo‘llanilgan bo‘lib, ish haqi vaqtinchalik qotirib qo‘yilgan holda, baholar erkinlashtirilgan. Natijada 1990-yilning boshiga kelib, Polshada tovarlar mo‘l-ko‘lchiligi vujudga kela boshladi va tovarlar bahosining bir necha barobar oshishi natijasida inflatsiya sur’atlari sekinlashishiga erishildi. Polshada bu iqtisodiy tadbir- ning o'tkazilishi aholining yashash sharoitini ancha qiyinlashtirib, ishsizlar sonini ko‘paytirdi. Inflatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qarama-qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun davlat inflatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Inflatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari in- flatsiyaga qarshi siyosat va pul islohoti hisoblanadi. Har davlatda pul muomalasi ma’lum qonun-qoidalar asosida tartibga solib turiladi. Awalgi markazlashgan, rejali boshqaruvga asoslangan iqtisodiy tizimda pul muomalasi rejalashtirish asosida boshqarib kelingan. Aholining daromadi va xarajatlarini davlat tomonidan muvofiq- lashtirib turilgan. Barcha jarayonlar davlat tomonidan boshqarilgani uchun pul muomalasi qonuni buzilganda, davlat o‘z vakolati doirasida narxlarni o‘zgartirish va islohot yo‘li bilan pul muomalasini tartibga solib kelgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasi ma’lum usullar yordamida tartibga solib turiladi. Pul muomalasini tartibga solishda 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi usullardan foydalanadi: 1. Majburiy zaxira stavkasi normasini belgilash. 2. Tijorat banklarining ochiq bozorda qatnashishi. 3. Markazlashgan kreditlar uchun qayta moliyalashtirish stav- kasini o‘rnatish. «0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, Markaziy bank tijorat banklariga minimal majburiy zaxira bo‘yicha mablag‘larni maxsus schotda saqlab turish maj- buriyatini yuklash huquqiga ega. Bunday zaxiralar normalari bankning majburiyatlari turiga, omonat va muddatiga qarab bel- gilanadi. Bu mexanizm, asosan, tijorat banklarining likvid mab- lag‘lari hajmini muvofiqlashtirish uchun foydalanadi. Bu bilan Markaziy bank tijorat banklarining kredit berish qobiliyatiga ta’sir etiladi. Kredit, ma’lumki, o‘z navbatida, pul massasining ko‘payishiga, baholarning o‘zgarishiga olib keladi. Shuning uchun majburiy norma tez-tez o‘zgartirilmaydi, chunki u muomalada pul massasining tebranib turishiga va oxiri iqtisodiy beqarorlikka olib kelishi mumkin. Majburiy zaxira ajratmalari foizlari oldingi yillarda quyidagicha belgilangan: . 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy rezervlar bo‘yicha me’yorlarini yuridik shaxslarning depozit- larining muddatlariga qarab, ko‘rib chiqadigan bo'lsak, u depozitlar muddatiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin (2-jadval) Markaziy bank tijorat banklarga kreditlar bo‘yicha qayta mo - liyalashtirish stavkasini belgilab beradi. Bu stavka tijorat banklari beradigan kreditning bahosini aniqlashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Qayta moliyalashtirish siyosati tijorat banklarining boshqa manbalaridan mablag‘lar jalb qilishiga ta’sir etmaydi. Markaziy bank oqilona qayta moliyalashtirish stavkalarini o'rnatib tijorat banklarini likvidlik darajasini muvofiqlashtirib turadi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati iqtisodiyotning hal qiluvchi bo‘- g‘inlarini kreditlash va undan ratsional foydalanishga qaratilgan qayta moliyalashtirish stavkasi oldingi yillarda quyidagicha belgilangan: 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasi* Amal qilish muddati M a n b a : 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari. Hozir ko‘pgina davlatlarda pul muomalasini tartibga solishda ochiq bozorda operatsiyalar o‘tkazish usulidan foydalanilmoqda. Bu hozirgi ko‘p qo'llanadigan monetar siyosatning bir usuli hisoblanadi. Usul tijorat banklarining likvidlik darajasiga tezda ta’sir o‘tkaza oladigan eshiluvchan (moslanuvchan), amaliy va operativ usul hisoblanadi. Usulning boshqalaridan farqi shundaki, uni zaruriyatga qarab va xohlagan miqdorda o‘tkazish mumkin. Bu mexanizm bozoming rivojlanish an’anasiga qarab, pul muomalasini barqarorlashtira olishi mumkin. Markaziy bankning ochiq bozorda operatsiyalar o‘tkazish huquqi qonunda belgilangan. Bunda oldisotdi obyekti bo‘lib, davlat qimmatli qog‘ozlari va Markaziy bank o‘zi chiqargan qarz majburiyatlari bo‘lishi mumkin Bundan tashqari, qayta moliyalash stavkasi umuman iqtisodiyotda muayyan darajada foiz stavkalarining indikatori bo‘lib xizmat qiladi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, tijorat banklari jalb qilingan depozitlar va berilayotgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini o‘zlari mustaqil ravishda belgilashlari mumkinligiga qaramasdan qayta moliyalash stavkasining kamaytirilishi foiz stavkalarining pasayishiga olib keladi. Davlat qimmatli qog‘ozlarini kiritish birinchidan, Moliya vazirligiga o‘z joriy xarajatlarining bir qismini inflatsiyadan xoli manba hisobidan qoplashga, ikkinchidan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zlarining bo‘sh mablag‘larini foyda olish evaziga investitsiya qilish mumkinligiga imkoniyat yaratdi. DQMOlarning birlamchi bozori Markaziy bank valuta birja- sida tijorat banklari ishtirokida chiqariladi. Zarur bo‘lsa obligatsiya egasi ikkilamchi bozorda o‘z foydasi evaziga uni sotishi mumkin. Shunday qilib, Markaziy bank pul muomalasini barqarorlashtirish uchun uni tartibga solish borasida barcha vakolat va hu- quqiy me’yorlarga ega.Download 168.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling