Bajardi: Ishmurodov Bobomurod Nazorat uchun savollar
Download 16.56 Kb.
|
seminar topshirigi
Bajardi: Ishmurodov Bobomurod Nazorat uchun savollar: XX asr 80-yillar oxirlarida O’zbekistonda qanday ijtimoiy muammolar mavjud edi? O`zbekistondagi 80-Yillar ijtimoiy muammolar haqida gap ketganda ko`z oldimizga millatmizning qadriyatlari va urf odatlarini misol qilib olsak buladi. Ochig`ini aytganda o`sha yillar O`zbekistonga Sobiq Ittifoq tomonidan yuborilgan 3 ta vakillar yani Mogilnichenko, Bessarabov, Ponomaryov o`zlaricha adolat bayrog`ini hilpiratar edilar lekin ular ko`pchilikning yostig`ini quritdi misol qilib aytganda paxta ishida juda ko`plab insonlar qamalib ketdi yoki bechora dehqonlar qiynoqqa solinardi. Bu esa ijtimoiy muhitimizni juda ham tang ahvolga olib kelib qoygan edi. Buni ustiga SSSR ning ahvoli ham juda yomon edi , tashqi qarzlar ham ko`payib ketgan va SSSR davlati tannazul yoqasida edi. O`zbekistonni tayyor hom ashyo uyiga aylantirib qoygan edi . Bundan tashqari O`sha yillar 260 nafar O`zbek ayoli o`z joniga qasd qilgani ham bunga misol bo`ladi. 2.Islom Karimov qachon O’zbekiston SSR rahbarligiga saylangan edi? 1990-yil 24-31 mart kunlari Toshkentda o`n ikkinchi chaqiriq O`zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo`lib o`tdi. 24-mart kuni sessiya respublikalar orasida birinchi bo`lib “O`zbekiston SSR Prezidenti lavomizini ta`sis etish to`g`risida” qonun qabul qildi.1990-yil 24-mart kuni Oliy Sovet sessiyasida yashirin ovoz berish yo`li bilan Islom Abdug`aniyevich Karimov O`zbekiston Prezidenti etib saylandi. 3. O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi e’lon qilinishining tarixiy ahamiyati haqida fikringizni bayon qiling? Ochig`ini aytganda Mustqillikimizning tarixiy ahamiyati juda muhimdir chunki biz yana o`zimizni huquqlarimizni qayta tikladik va azaliy orzu qilgan faravonlikva mustaqillikka erishdik mana bu malumotlar esa gapimning isbotidir. Oliy Kengash 1991— yil 26-avgust kuni O'zbekistonning davlat mustaqilligi to'g'risida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31-avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini cha-qirishga qaror qildi. 1991— yil 28-avgust kuni O'zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo'shma plenumi bo'lib o'tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning SSSRda 19-21-avgust kunlari sodir bo'lgan fojiali voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to'g'risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to'xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o'z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi. Download 16.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling