Bajardi: Ismoilov Ibroxim
Download 10.25 Kb.
|
Ismoilov Ibroxim akademik yozuv
MUSTAQIL ISH Axborot texnologiyalari sohasidagi yangiliklar Bajardi: Ismoilov Ibroxim Guruh: 080-22 Axborot texnologiyalari barcha sohalarda samaradorlik va qulaylikka xizmat qiladi. Shu bois bu borada ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Joylarda 100 dan ortiq IT-maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 500 mingdan ziyod yoshlar dasturlashni o‘rgandi. IT-parklar tashkil etilganidan buyon sohada eksport hajmi 50 barobarga ko‘payib, 40 million dollarga yetdi. Rezidentlar soni 147 tadan 500 taga oshdi, 300 dan ziyod yangi kompaniyalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. IT-parklarda 8 ming 500 ta yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratildi. Bunday ishlarni davom ettirib, soha rivojini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha rejalar ishlab chiqilgan. Xususan, yirik eksportyorlar bilan ishlab, IT-parklarda xizmatlar eksporti hajmini 80 million dollarga yetkazish mo‘ljallangan. Yalpi ichki mahsulotda raqamli iqtisodiyot ulushini oshirish, elektron xizmatlar uchun yengilliklar yaratish nazarda tutilgan. Davlatimiz rahbari kelgusi yilda IT xizmatlar hajmini 35 foiz oshirib, 21 trillion so‘mga yetkazish, dasturlash xizmatlarini ko‘paytirish uchun barcha imkoniyat borligini ta’kidladi. Sun’iy intellekt markazini ishga tushirishni jadallashtirish, xorijdan IT mutaxassislar jalb etish tartibini soddalashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga kelgusi yilda IT tarmoqlar tezligini 1,8 barobar oshirish hamda 1 million qo‘shimcha keng polosali tarmoqlar o‘rnatish vazifasi qo‘yildi. Bu orqali aholi punktlarining barchasi mobil aloqa va keng polosali internet bilan ta’minlanadi. Prezident yangi texnologiyalar, avvalo, odamlarga xizmat qilishi, qulaylik yaratishi zarurligini ta’kidladi. Oxirgi yillarda 300 dan ortiq davlat xizmati elektron shaklga o‘tkazilib, shu yilning o‘zida ulardan 16 million marotaba foydalanilgan. Kelgusi yilda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar ulushi 60 foizga yetkazilishi belgilandi. Taqdimotda bu boradagi yana bir qulaylik: fuqaro pasportining raqamli profili haqida ma’lumot berildi. Gov Pass mobil ilovasi smartfonga o‘rnatiladi va unda pasport, diplom, mehnat daftarchasi, haydovchilik guvohnomasi kabi ko‘plab hujjatlar jamlanadi. Ya’ni, fuqaroning barcha hujjatlari doim yonida, telefonda bo‘ladi. Bu vaqt va pulni tejab, qog‘ozbozlikni kamaytirishga xizmat qiladi, ovoragarchiliklarni bartaraf etadi. Hozirgi kunda zamonaviy iqtisodiyotda raqamli texnologiyalarining o‘rni aniq va yaqqol ko’rina boshladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan davlat, bank, sanoat,tibbiyot va xavfsizlik va boshqa sohalarda keng foydalanilmoqda. Bu esa jamiyatimizdagi barcha soha va yo’nalishlarda ham zamonaviy axborot-kommunikatsi texnologiyalaridan to’la va izchil joriy qilishdan dalolat beradi. Shu asnoda mamlakatimizda zamonaviy texnologiyani joriy etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining qarorida “Aqilli shahar” konsepsiyasi qabul qilinib, unga ko‘ra “aqlli ta’lim”,“aqlli transport”, “aqlli hokimiyat” kabi bir qator loyhalarini joriy etishning asosiy yo‘nalishlari belgilab chiqildi. Bu esa jamiyatimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tadbiq qilish hamda uni amaliyotga qo‘llash orqali barcha sohalarga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish imkoniyati yaratilib berilayotganidan darak beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Raqamli iqtisodiyotga o‘tmasak, orqada qolib ketyapmiz. Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda «Raqamli O‘zbekiston – 2030» dasturini hayotga tadbiq etishimiz zarur” deya takidlab o‘tdilar. Bu qaror loyihasida O’zbekiston aholisining Jahon tarmog'iga kirish imkoniga ega bo'lgan tadqiqotlar keltirilgan.Xususan, joriy yilda keng polosali ulanishning kamida 800 ming Internet portini tashkil etish va 12 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari barpo etish rejalashtirilgan. Internetda keng polosali tarmoqlarni kengaytirish uchun 340 mingga yaqin abonent telekommunikatsiya uskunalariga ega bo'ldi. Hududlar bo'yicha taqsimlangan telekommunikatsiya qurilmalari mutaxassislar tomonidan o'rnatildi. Bugungi kunda 281 ming port qurilmasi o'rnatilgan. 2017-2021 — yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini "fan, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq Prezidentimizning 2020 yil 28-apreldagi "raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori qabul qilindi. Bugungi kunda butun mamlakat bo'ylab 1 148 ta yangi baza stansiyasi o'rnatildi va foydalanishga topshirildi. 1 483 ta muassasada joylashgan tayanch stansiyalarni modernizatsiya qilish orqali keng polosali Internet xizmatlarini ko'rsatish mumkin bo'ldi. Telekommunikatsiya tarmog'ini rivojlantirish loyihalari doirasida rejalashtirilgan ob'ektlarga 6,5 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari yotqizildi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda, — deydi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Akmal Arifjonov. Raqamlashtirish yo'lidagi keyingi muhim qadam IT-Parkni yaratishdir. Texnopark Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 yanvardagi "dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Download 10.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling