Mavzu. Ichki ishlar organlarining migratsiya Reja: Pasport tizimi tushunchasi, mohiyati vavazifalari


Download 1.2 Mb.
Sana20.11.2020
Hajmi1.2 Mb.
#148223
Bog'liq
IIO

MAVZU. Ichki ishlar organlarining migratsiya

Reja:

 

1.Pasport tizimi tushunchasi, mohiyati vavazifalari.

2. Ichki ishlar organlarining passport tizimi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo’yicha vazifalari.

3.Ichki ishlar organlarining fuqarolikni rasmiylashtirish bo’yicha vazifalari.


Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri – O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga doir ishlarni yuritish va pasport tizimini ta’minlash hisoblanadi.Mamlakatda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishda aholi hisobi va statistikasi, aholining ichki migratsiyasini (ko‘chishini) tartibga solish bilan chambarchas bog‘liq pasport tizimi katta ahamiyat kasb etadi.

Pasport tizimi – jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarni oldini olish, shaxsning sub’ektiv huquq hamda erkinliklarini kafolatlash, jazo muqarrarligini ta’minlash va davlat boshqaruvi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida shaxsni pasportlashtirish, propiska qilish va ushbu qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik tartibini belgilovchi huquqiy normalar, shuningdek bu boradagi faoliyatni ta’minlashning usul va vositalari, vakolatli sub’ektlari tizimini o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar yig‘indisidir.

O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan fuqarolarga milliy pasport, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga esa guvohnomalar rasmiylashtirib berish, O‘zbekiston fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha va doimiy ro‘yxatga olish va ro‘yxatdan chiqarish, qolaversa ularning pasport tizimi qoidalariga rioya etib borishlarini ta’minlash hamda ushbu sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olishda ichki ishlar organlari, xususan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari muhim o‘rin tutadi.

SHu ma’noda pasport tizimini ta’minlash sohasidagi asosiy vazifalarning aksariyat qismi ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan deyish mumkin. Bundan tashqari bir qator davlat organlari ham pasport tizimi sohasidagi funksiyalarni bajaradi. SHu sababli pasport tizimini ta’minlovchi sub’ektlar doirasi keng.



«Pasport tizimini ta’minlovchi sub’ektlar» deganda – qonun hujjatlariga asosan vakolat doirasida shaxsni pasportlashtirish, propiska qilish, pasport tizimi qoidalariga rioya etilishini bevosita ta’minlash yoki ushbu jarayonda ko‘maklashishga qaratilgan tizimli faoliyat olib boruvchi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkilot, muassasalar, fuqarolik jamiyatining institutlari va fuqarolarni tushunish mumkin.

Jumladan, hokimliklar, tashqi ishlar vazirligi organlari, adliya organlari, milliy xavfsizlik xizmati, Davlat personallashtirish markazi, «Davlat belgisi» davlat ishlab chiqarish birlashmasi, Davlat feldegerlik xizmati pasport tizimini ta’minlash bilan bog‘liq turli xil funksiyalarni bajaradi.

Pasport tizimini ta’minlash faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

1) shaxsni va fuqarolikni tasdiqlovchi (shu jumladan, xorijga chiqish huquqini beruvchi) hujjatlarni rasmiylashtirish va berishdan iborat shaxsni pasportlashtirish faoliyati;

2) aholini respublikaning muayyan hududida yashashi yoki bo‘lishi faktini aniqlashni nazarda tutuvchi doimiy, vaqtincha yoki turgan joyi bo‘yicha hisobga olishdan iborat shaxsni propiska qilish faoliyati;

3) pasport tizimi sohadagi huquqbuzarliklarni oldini olish, aniqlash, ularga nisbatan jazo muqarrarligini ta’minlashdan iborat pasport rejimini ta’minlash faoliyati

Pasport rejimi tushunchasi – ichki ishlar organlarining pasport tizimi qoidalarini bajarishga qaratilgan tadbirlar yig‘indisidir. Pasport rejimi aksariyat hollarda o‘rnatilgan hududning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda belgilanadi. Pasport rejimining asosiy uchta: 1) oddiy; 2) maxsus; 3) chegara zonasidagi turlari mavjud. Respublikaning deyarli barcha ma’muriy hududlarida o‘rnatilgan, hamma uchun taalluqli bo‘lgan umumiy pasport tizimi qoidalari oddiy pasport rejimi hisoblanadi

Mintaqaning alohida hududlarida (masalan, Toshkent shahrida) yoki o‘ta muhim (alohida toifalangan) ob’ektlardagi pasport tartibotlari maxsus pasport rejimi hisoblanadi. CHegara zonasi deb e’lon qilingan (belgilangan) ma’muriy-hududiy birliklardagi chegara tartib qoidalari chegaradagi pasport rejimini tashkil etadi.

Pasport (fr. rassport) – shaxsning qaysi davlat fuqarosi ekanligini qayd etuvchi hujjat bo‘lib, pasport tizimi qoidalariga rioya qilishni nazorat qilishda deyarli barcha ijtimoiy-huquqiy munosabatlar u bilan bog‘liq holda kelib chiqadi. YA’ni pasportni o‘z vaqtida olish, tegishli tartibda saqlash va asrashni ta’minlashga qaratiladi.

Aholining joriy operativ hisobi fuqarolarni qayd etish jarayonida amalga oshiriladi. Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining yashash uchun kelgan va ketgan fuqarolar soni haqidagi ma’lumotlaridan statistika organlari viloyat va umuman respublika miqyosida keyinchalik umumlashtirish va tahlil qilish uchun dastlabki material sifatida foydalanadilar. Aholini qayd etish statistik hisob bilan bir vaqtda fuqarolarning shaxsiy hisobini yuritishga ham imkon beradi. SHaxsiy hisob ma’lumotlaridan muayyan shaxslarning yashash joyini aniqlash uchun adreslar bo‘yicha ma’lumotlar berish ishida foydalaniladi.

Pasport tizimi jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashda katta rol o‘ynaydi. Sud va tergovdan yashirinib yurgan jinoyatchilarni topishda pasport tizimining real imkoniyatlari katta. Pasport tizimi aholi ko‘chib yurishini nazorat qilish va tartibga solishning eng muhim vositasi hisoblanadi. U turli joylarda yashash va boshqa hududlarga yashash uchun ko‘chish borasida maxsus qoidalar o‘rnatish orqali aholi migratsiyasini tartibga solishga xizmat qiladi.

Pasport tizimi fuqarolarning sub’ektiv huquq va majburiyatlari amalga oshirilishini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Fuqarolar o‘z hayoti davomida ham o‘zaro, hamda davlat organlari, jamoat tashkilotlari bilan ko‘plab xilma-xil munosabatlarga kirishadilar. Fuqaro huquqiy munosabatlar sub’ekti sifatida ularda o‘z nomidan ishtirok etadi, bunda qat’iy individuallashgan, ya’ni bir qator biometrik va biografik parametrlarga ega bo‘lgan tomon sifatida namoyon bo‘ladi. Fuqaro o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirishini ta’minlash maqsadida bu belgilar (familiya, ism, ota ismi, tug‘ilgan vaqti va joyi kabilar) uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarda mustahkamlanadi.

SHaxsni tasdiqlovchi asosiy hujjat – uning pasporti. Fuqaroda pasportning mavjudligi ko‘p hollarda uning aniq sub’ektiv huquqlarini tasdiqlaydi. Masalan, pasportni saylovda ishtirok etishda, ishga, o‘qishga kirishda, nikohni qayd etishda, ayrim fuqaroviy-huquqiy bitimlarni tuzishda taqdim etish zarur.

Nihoyat, pasport tizimi jamoat tartibini saqlash va mustahkamlashda, jamiyat xavfsizligini ta’minlashda katta rol o‘ynaydi. Pasport bo‘linmalari sud va tergovdan yashirinib yurgan, o‘z majburiyatlarini (masalan, aliment to‘lash majburiyatini) bajarishdan yoki sud hukmi bo‘yicha jazo o‘tashdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni aniqlashda va bir qator boshqa funksiyalarni amalga oshirishda real imkoniyatga egadir. Pasport tizimi muayyan joylarda yashash tartibini belgilab, davlat xavfsizligini ta’minlashga katta hissa qo‘shadi.

Qonun hujjatlari talablariga asosan fuqarolar pasport tizimi qoidalariga rioya etishlari shart. Quyidagi pasport tizimi qoidalarini buzganlik tegishli javobgarlikni yuzaga keltiradi:

– pasportga ega bo‘lishi shart bo‘lgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan, vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tmay yashashi, pasportni ataylab yaroqsiz holga keltirganligi, pasportni ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yo‘qotib qo‘yganligi;

– fuqarolar o‘z pasportlaridan g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanganligi, so‘ng ularni yo‘qotib qo‘yganligi to‘g‘risida ariza berganligi, shuningdek boshqa fuqarolarga tegishli pasportlardan foydalanganligi;

– pasport tizimi qoidalariga rioya etilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar tomonidan fuqarolarning pasportsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan yoxud vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tmay yashashiga yo‘l qo‘yganligi, shuning barobarida fuqarolarning o‘zlari egallab turgan turar joylarda pasportsiz, vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan shaxslarning yashashiga yo‘l qo‘yganligi;



– pasportsiz yoki pasporti haqiqiy bo‘lmagan fuqarolarni, shuning barobarida vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolarni ishga qabul qilish, shuningdek fuqarolarning pasportlarini noqonuniy olib qo‘yish yoki pasportlarni garov sifatida qabul qilish;
Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling