Propiska haqidagi jamoatchilik muhokamalarida juda mashhur, ammo aslida noto‘g‘ri fikrga tez-tez duch kelamiz


Download 10.76 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi10.76 Kb.
#1379618
Bog'liq
Yoldoshev Abror you tube


Xulosa

Propiska bekor qilinsa, Toshkentda maoshlar pasayib ketishi haqida iqtisodchilar Behzod Hoshimov va Nuriddin Ikromov ning fikrlari mustaqil ravishda mulohaza qildik:


Propiska haqidagi jamoatchilik muhokamalarida juda mashhur, ammo aslida noto‘g‘ri fikrga tez-tez duch kelamiz. Odamlarning nazarida agar ko‘chishga qarshi ma’muriy to‘siqlar bekor qilinsa, yangi muhojirlar sabab Toshkentdagi maoshlar pasayib ketadi. Bunday xato fikr hatto juda bilimli kishilar, xususan, amaldorlardan orasida ham uchraydi. Ba’zida propiska to‘g‘risidagi chirigan qonunga qarshilarning o‘zi ham «propiska bekor qilinsa, maoshlar pasayib ketadi», degan mulohazani eshitdik.
Ular propiskani bekor qilish zarurligini bir necha bor ta’kidladi. Lekin uni bekor qilish uchun ma’naviy, axloqiy yoki huquqiy asoslarni keltirish unchalik ham shart emas. Iqtisodiy asosning o‘zi yetarli. Propiskaning bekor qilinishi o‘zbekistonliklarning barini boyroq qiladi: ish o‘rinlari uchun boshqa joylardan kelganlar bilan raqobatlashishga majbur bo‘ladigan toshkentliklarni ham hatto. Ularning daromadlari kamaymaydi.
Keling, endi Toshkent haqida va nima uchun Mayami tarixi biz uchun ham dolzarb ekani haqida gaplashsak. Tasavvur qilaylik, biz propiskani bekor qildik va ko‘chishni o‘ziga lozim ko‘ra oladigan O‘zbekiston fuqarolari Toshkentga kelib joylashdi, o‘z-o‘zidan, bozorda ishchi kuchi taklifi oshdi. Iqtisodiyot darsidan ma’lumki, talabning oshishi narxga ta’sir qilishi kerak; odatda bozorda taklif qancha yuqori bo‘lsa, narx shuncha past bo‘ladi.
Bizning misolimizda narx — bu maosh (mehnat narxi). Bu maoshlar kamayishini anglatadimi? Yo‘q. Maoshlar ishchi kuchiga bo‘lgan talabning elastikligidan kelib chiqib o‘zgaradi. Umuman olganda, elastiklik — bu almashtiruv chorasi. Ya’ni, nimanidir almashtirish qanchalik oson bo‘lsa, unga bo‘lgan talab ham shunchalik elastik bo‘ladi. Deylik, benzinga bo‘lgan talab deyarli noelastik (qisqa muddatli istiqbolda), qimmatbaho charm sumkalarga bo‘lgan talab esa mutlaq elastik: narxining biroz bo‘lsa-da oshishi (masalan, soliq hisobiga) ularga bo‘lgan talabni keskin pasayishiga olib keladi. Malakasiz ishchi kuchini ham oson almashtirish mumkin, shuning uchun unga nisbatan bo‘lgan talab ham juda elastik bo‘ladi, deb tasavvur qilish mumkin.
Mariel portidan qochish voqeasi aynan talabning elastikligi sabab maoshlarning pasaymasligiga olib kelgan. Ya’ni, Mayamida malakasiz ishchi kuchiga bo‘lgan talab aqlbovar qilmas darajada elastik bo‘lgan: ishchi kuchi narxining minimal oshishi ham katta ishsizlikni keltirib chiqarishi mumkin edi. Shu boisdan yangi muhojirlarning kelishi maoshga ta’sir qilmagan, shunchaki ishlaydiganlar sonini ko‘paytirgan va shahar iqtisodiyoti hajmini oshirgan.
Biz Toshkentdagi vaziyat ham xuddi shunga o‘xshash, deb hisoblaymiz: malakasiz ishchi kuchiga bo‘lgan talab amalda mutlaq elastik. Bu hatto «ulkan» ishchi kuchining oqib kelishi ham maoshlarning real miqdoriga ta’sir ko‘rsatmasligini anglatadi. Ammo ishlayotganlarning soni oshadi va, mos ravishda, mamlakatda o‘rtacha turmush darajasi ham o‘sadi.
Deylik, davlat mehnatga nisbatan qandaydir soliq soldi, tabiiyki, bu soliq mehnatning narxini, masalan, 10 foizga oshirdi. Agar ushbu qaror sabab kompaniyalar 10 foizdan ortiq xodimlarini ishdan bo‘shatsa, demak, talab yetarlicha elastik. Sirasini aytganda, ishchi kuchiga bo‘lgan talabning elastikligini tekshirish uchun talab narxga nisbatan qanchalik ta’sirchan ekanligiga nazar tashlash kifoya (taklif ham juda elastik).
Toshkentda ishchi kuchiga nisbatan talab juda ta’sirchan: ish bilan bog‘liq deyarli har bir e’londa odatda maosh haqida ma’lumot bo‘ladi, ish izlovchilar esa ko‘pincha dastlab maosh haqida so‘raydi. Hatto mana shunday yuzaki kuzatuvlar ham elastiklikning ma’lum bir indikatori sifatida xizmat qilishi mumkin. Albatta, nisbatan aniq ma’lumotlar yo‘qligi bois, talab aynan qanchalik elastik ekanini aytish qiyin, biroq biz keltirayotgan asos uchun elastiklik darajasi yetarlicha yuqori ekani ochiq-oydin.
Propiskaning bekor qilinishidan hamma yutadi: Toshkent aholisining ham, yashash uchun Toshkentga ko‘chib kelgan boshqa o‘zbekistonliklarning ham daromadlari o‘sadi. Davlat soliqqa tortish bazasini oshiradi va o‘z xarajatlarini qisqartirishga erishadi, chunki geografik jihatdan bir joyda to‘plangan aholiga ijtimoiy afzalliklarni taqdim etish nisbatan arzonga tushadi.
Urbanizatsiya qotib qolgan qarashlar va mahalliychilikka qarshi kurashda ham yordam beradi: mamlakatning turli burchaklaridan bo‘lgan aholi bir shahar, uy, maktab va idorada yaxshi namoyon etilgan bo‘lsa, mahalliychilik qarashlari va tushunmovchiliklar ortga chekinadi. Axir boshqalar (begonalar)ni ko‘rmasang va ular bilan to‘qnash kelmasang, ularni yomon ko‘rish ham osonroq-da. Biz bir mamlakatda yashashni, boz ustiga, buni iqtisodiy jihatdan samarali qilishni ham o‘rganishimiz kerak.
Download 10.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling