Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra quyidagilarga baho berishi lozim: - Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra quyidagilarga baho berishi lozim:
- auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq fikr bildirish uchun yetarli va lozim darajadagi dalillar olinganligiga;
- alohida-alohida yoki umumiy birgalikda olinganda tuzatilmagan buzib ko‘rsatishlar auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq muhim hisoblanishiga;
- qabul qilingan hisob siyosatining asoslanganligiga va uning buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligiga;
- moliyaviy hisobotda aks ettirilgan axborotning ishonchli, qiyoslanuvchanli, tushunarli va o‘rinli ekanligiga;
- moliyaviy hisobotning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tuzishga doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligiga.
- Auditorlik xulosasida auditorlik tashkilotining ijobiy yoki modifikatsiyalangan fikri ifodalanishi mumkin.
Auditorlik hisobotining tahliliy qismi auditor (auditorlar) tomonidan bajarilgan ishlar va auditorlik dalillarini olishga qaratilgan auditorlik amallari bayonini hamda quyidagilarning tekshirish natijalarini qamrab olishi lozim: - Auditorlik hisobotining tahliliy qismi auditor (auditorlar) tomonidan bajarilgan ishlar va auditorlik dalillarini olishga qaratilgan auditorlik amallari bayonini hamda quyidagilarning tekshirish natijalarini qamrab olishi lozim:
- qo‘llanilayotgan hisob siyosatini;
- xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki nazorat tizimini;
- buxgalteriya hisobi tizimi va moliyaviy hisobot tuzilishini;
- moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini;
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashning to‘g‘riligini;
- aktivlar saqlanishining ta’minlanganligini;
- moliyaviy koeffitsiyentlarning hisob-kitobi va uning tahlilini.
Do'stlaringiz bilan baham: |