Auditorlik hisobotining kirish qismida quyidagilar bo‘lishi lozim: - Auditorlik hisobotining kirish qismida quyidagilar bo‘lishi lozim:
- auditorlik tashkilotining rekvizitlari, shu jumladan auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning raqami va sanasi;
- (8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 27-fevraldagi 25-sonli buyrug‘i
- auditorlik tekshiruvida qatnashgan auditorlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, auditor malaka sertifikatining sanasi va raqami) va boshqa shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun asos va auditorlik tekshiruvining shakli (majburiy yoki tashabbus tarzida);
- auditorlik hisobotini tayyorlashda asos bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga havola;
- auditorlarning auditorlik hisobotini tuzish bo‘yicha va xo‘jalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruviga taqdim etilgan moliyaviy hisobot bo‘yicha javobgarligi;
- auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotgan moliyaviy hisobotga (shakli va moliyaviy hisobot davrini ko‘rsatgan holda) va u bilan bog‘liq moliyaviy axborotga havola;
- xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining umumiy tavsifi.
Auditorlik hisobotining yakuniy qismi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: - Auditorlik hisobotining yakuniy qismi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
- buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha auditorlik tashkilotining umumiy xulosalari va tavsiyalari;
- buxgalteriya hisobi tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar, hamda xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiya va takliflar;
- auditorlik hisoboti tuzilgan sana;
- auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi tomonidan auditorlik hisobotini olganligi to‘g‘risida belgi.
- Auditorlik tashkiloti o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha tayyorlangan auditorlik hisobotiga asosan auditorlik xulosasini tuzishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |