Bajardi: Kosimova Madina


Download 1.16 Mb.
bet2/3
Sana25.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1396442
1   2   3
2 - Laboratoriya ishi
Mavzu: Kommutatorda port xavfsizligi (port security) ni sozlash
Ishdan maqsad: Kommutatsiya jadvallari to`ldirilishiga yo`naltirilgan hujumlardan, tarmoqni himoya qilish imkonini beruvchi kommutatorning “port-security” funksiyasini sozlash bo`yicha amaliy ko`nikmalarga ega bo’lish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Port-security funksiyasi kommutatorning biror bir porti orqali tarmoqqa faqat ko`rsatilgan qurilmalar kirishini sozlashga imkon beradi. Ushbu portga kirishga ruxsat berilgan qurilmalar MAC-manzillar bo`yicha aniqlanadi. MAC-manzillar dinamik yoki tarmoq administrator tomonidan qo`lda sozlanishi mumkin. Bundan tashqari Port-security funksiyasi portga ulanuvchi tugunlar sonini cheklashga imkoniyat yaratadi, bu esa portga MAC-manzillar sonini ko`rsatish orqali amalga oshiriladi. Yana bir funksiyasi MAC-manzillar jadvali to`ldirilishiga yo`naltirilgan hujumlardan kommutatorni himoyalash hisoblanadi .






3-LABORATORIYA ISHI
TARMOQ QURILMALARI XAVFSIZLIGINI TAHLIL QILISH


Ishdan maqsad: Cisco kommutatorlarida va marshrutizatorlarida parolni olib tashlash (сброс) bo`yicha amaliy ko`nikmalar olish


QISQACHA NAZARIY MA`LUMOTLAR

Qurilma sozlamalariga kirish uchun kerak bo`ladigan parolning yo`qotilishi yoki unutilish holatlari tez-tez uchrab turadi. Ushbu laboratoriya ishida Cisco kommutatorlari va marshrutizatorlarida parollarni olib tashlash (Сброс) jarayoni ko`rib chiqiladi.
Quyida keltiriladigan usullar qurilmaga to`g`ridan-to`g`ri konsol kabel orqali ulanishni ko`zda tutadi. Shuning uchun ham qurilma joylashgan xonaga faqat kirish huquqiga ega foydalanuvchilar kirishi, xavfsizlik nuqtai nazaridan e`tiborga olinishi kerak. Ushbu metodikalarning mohiyati quyidagicha: paroli unutilgan yoki yo`qolgan konfiguratsion faylsiz qurilmaning sozlamalariga imtiyozli rejimda (Privileged EXEC) kirish va konfiguratsion faylni almashtirish orqali barcha parollarni o`zgartirish.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling