Bajardi: Mavlonov Jasur Guruh: 073-20-guruh toshkent-2023
Download 1.04 Mb.
|
cu LBeEYyDqsvvVXAWOV8Kw0xr4RaYN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Spir phishing (yoki shaxsiylashtirilgan fishing)
- Veyling hujumlari
Shoshilinchlik: tajovuzkorlar shoshilinchlik tuyg’usini yaratadilar.
Qiziqqonlik: tajovuzkorlar qurbonni o‘ziga xos va qiziqarli kontentni va’da qilish orqali havolani bosishga undaydi. Qo’rqitish: tajovuzkorlar chora ko’rmasangiz, salbiy oqibatlar haqida ogohlantiradilar. Fishing hujum turlari. Fishing hujum turlaridan quyidagilar keng tarqalgan: Spir phishing (yoki shaxsiylashtirilgan fishing) – bu fishing hujumlarining bir turi bo’lib, unda g’araz niyatli firibgarlar nishonga olingan maʼlum bir shaxsga elektron pochta, SMS, ijtimoiy tarmoq xabari yoki chat xabarlari orqali hujum qiladi. Ushbu xabarlar xuddi unga tanish odam (masalan, hamkasbi yoki doʻsti) tomonidan yuborilgandek ko’rinadi. Veyling hujumlari (Whaling attacks «whale» inglizchada kit) – bu «katta o’ljani» ya’ni tashkilot rahbarlari va egalari yoki media tashkilotlari bosh muharrirlarlari kabi mansabdor shaxslarni nishonga oluvchi spir fishing turidir. Veyling hujumlari, odatda hukumat amaldorlari yoki donor agentliklari kabi muhim tashkilotlarning hamkorlari tomonidan yuborilgan muhim elektron pochta xabarlariga o’xshash bo’lgan tovlamachilik elektron pochta xabarlarini yuborish orqali amalga oshiriladi. SMishing SMS xabarlari orqali amalga oshiriladigan fishing turidir. Ushbu hujumlarni amalga oshirayotgan firibgarlar pul yoki shaxsiy ma’lumotlaringizni olish uchun o’zlarini sizning tanishingiz qilib ko’rsatishlari mumkin. Ko’pincha, smishing hujumlar ortidagilar o’zlarini to’lovni so’rab yoki yangilanishlarni taklif qilib sizga murojaat qiluvchi sizga xizmat ko’rsatadigan xizmatlar (masalan, kuryerlik kompaniyasi yoki onlayn xarid qilish platformasi) sifatida ko’rsatadilar. Ko’pincha ular siz platforma orqali olgan tasdiqlash kodini so’rovchi WhatsApp, Facebook yoki boshqa ijtimoiy media kompaniyasi sifatida sizga murojaat qiladi. Vishing – bu telefon qo’ng’iroqlari orqali amalga oshiriladigan fishing turi. Bunday hujumlarni amalga oshiruvchi firibgarlar o’zlarini ko’pincha davlat idoralari xodimlari qiyofasida soladi. Odatda ular jabrlanuvchi so’ralgan ma’lumotni taqdim etishdan boshqa iloji yo’qdek his qilishi uchun tahdid yoki ishontirish kabi usullaridan foydalanadilar. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling