Bajardi: Mavlonov Jasur Guruh: 073-20-guruh toshkent-2023
Imlo xatolari yoki g’alati uslubda yozilgan xabarlar
Download 1.04 Mb.
|
cu LBeEYyDqsvvVXAWOV8Kw0xr4RaYN
Imlo xatolari yoki g’alati uslubda yozilgan xabarlar. Fishing hujumlarini amalga oshirish uchun ommaviy elektron pochtadan foydalanadigan firibgarlar ko’pincha o’nlab turli mamlakatlardagi odamlarni birdaniga nishonga oladi. Ular xabarlarni tarjima qilish va mahalliy auditoriya uchun moslashtirishga sarmoya sarflamaydilar, shunchaki bepul onlayn tarjima xizmatlaridan foydalanadilar. Natijada, fishing elektron pochta xabarlari ko’pincha g’ayritabiiy yoki g’alati tilda va g’ij-g’ij grammatik xatolarga to’la bo’ladi.
«Kimga» maydonida ismingiz o’rnida umumiy murojaat Elektron pochta xabarining “Hurmatli mijoz”, “Hurmatli hisob egasi”, “Hurmatli klub a’zosi” kabi umumiy murojaat bilan boshlanishi sizda doim shubha uyg‘otishi kerak. Siz bilan bog’lanuvchi haqiqiy tashkilotlar ko’pincha ismi-sharfingiz kabi oddiy ma’lumotlarga ega. Fishing tahlillar va statistika. Statistikaga qaraydigan bo`lsak, 2020-2021-yillarda ushbu, fishing hujumi ancha rivojlangan va ko`payganini ko`rishimiz mumkin. Butun dunyo bo`yicha fishing saytlarini aniqlash bo`yicha 2020- yilning birinchi choragida 165772 ta fishing saytlari aniqlangan bo`lsa, yilning yakuniga kelib bu ko`rsatgich 637302 taga yetgan. Ushbu aniqlangan fishing saytlari noyob asosiy URL manzillar bilan aniqlangan. 2022-yilning birinchi choragida dunyo bo`ylab bo`lgan fishing hujumlarining 23.6 foizi moliyaviy institutlarga qaratilgan. Bundan tashqari, veb-ga asoslangan dasturiy ta`minot xizmatlari va veb-pochtalar esa hujumlarining 20.5 foizini tashkil etadi. Bu esa manshu vaqt davomida mana shu ikki soyaga nisbatan fishing hujumi ko`p sodir bo`lganini ko`rsatadi va aynan mana shu ikki soha jinoyatchilarning nishoni bo`lgan. Mamlakatlar miqyosida 2021 yilda Braziliya foydalanuvchilari eng ko`p fishing hujumiga uchragan mamlakat bo`lgan. Mamlakatda internet foydalanuvchilari orasida fishing hujumi darajasi 12.39 foizni tashkil etadi. Ko`rib chiqilayotgan yilda Fransiya hujumga uchragan internet foydalanuvchilariulushi bo`yicha ikkinchi o`rinni egallagan. 2021-yilda AQSHning internetdagi jinoyatlari bo`yicha shikoyat markazining xabar berishicha, kiberjinoyatlarning eng keng tarqalgan turi fishing va shunga o`xshash firibgarliklar bo`lib, taxminan 324 ming kishi zarar ko`rgan. Bundan tashqari ,o`sha yil davomida IC3 ga shaxsiy ma`lumotlarning 52 mingga yaqin buzilishi holatlari xabar qilingan. Xulosa Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, hozirgi texnalogiyalar va internet davrida yashar ekanmiz, davlatlar, korxonalar va boshqa shunga o`xshash tashkilotlarning va hattoki biron bir shaxsning shaxsiy ma`lumotlarini xafsizligini taminlash dolzarb bo`lib bormoqda. Ba`zida esa ma`lumotlarimiz o`g`irlanishi yoki kartamizdagi pullarni o`z o`zidan yo`qolishi kabi holatlarda o`zimizning aybimiz tufayli yuzaga keladi. Shunda biz fishing hujumiga uchraganimizni anglab yetishimiz mumkin. Qisqacha, begona kishilarga shaxsiy ma `lumotlarimizni berishdan saqlanishimiz va internetdan foydalanayotganda iloji boricha diqqatli bo`lishimiz, xar xil saytlardan, tashkilotlardan, ijtimoiy tarmoqlardan kelayotgan xabarlarni diqqat bilan o`qishimiz kerak. Kelayotgan yolg`on xabarlarga aldanib qolmasligimiz zarur. Shundagina fishing hujumiga uchrash ehtimolligimiz kamayadi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling