Bajardi: Mixliboyeva Marjona


Download 343.03 Kb.
bet2/3
Sana13.01.2023
Hajmi343.03 Kb.
#1090957
1   2   3
Bog'liq
Bajardi

AQShda ayniqsa og‘ir sanoat tez rivojlandi, bu ikkinchi ITIning asosiy yo‘nalishlari natijasi edi. 1870-1913 yy.da ko‘mir qazib olish 17 marotaba, neft qazib olish – 76 marotaba, po‘lat eritish –46 marotaba o‘sdi. Konsentratsiya va monopolizatsiya jarayoni. Monopolistik bosqichga o‘tish ishlab chiqarishni jadal konsentratsiyalashuvi natijasi edi. 1913 yilda AQShda sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmida yirik korxonalar (500 va undan ko‘p ishchilar) ulushi 85%ni tashkil etardi. Kapitalning markazlashuvi darajasini quyidagi ko‘rsatkich aks ettiradi – aksioner jamiyatla barcha ishchilarning 80%ni mujassamlashtirar edi. AQShda birinchi monopoliya 1872 yili paydo bo‘ldi – “Standart oyl” eng yirik neft kompaniyasi 1. Uni Dj. Rokfeller tashkil etgan. 1879 yilda bu monopoliya katta daromadlar olib mamlakatda neftni qayta ishlashni 95%ni nazorat qilar edi. AQShda monopoliyaning eng keng tarqalgan shakli – trestlar edi, ular barcha tarmoqlarda (elektrotexnikadan tortib to tamaki sanoatigacha) tashkil etildi. Temiryo‘l qurilishi to‘liq monopollashtirilgan tarmoq hisoblanar edi. AQShning monopollashganligi darajasiga po‘lat, neft, elektr, temir yo‘l “qirollari” sulolalari orqali baho berish mumkin, bular - Morganlar, Rokfellerlar, Vanderbildlar, Garrimanlar va boshq. 

Trestlarni bank monopoliyalari bilan birlashib ketishi jarayoni faollashib Amerika moliyaviy kapitali vujudga keldi. Ikki bank guruhi Morgan va Rokfeller etakchi pozitsiyalarni egallashdi. XX asr boshida AQSh iqtisodiyoti yuqori sur’atlar bilan rivojlanishda davom etdi. Qayta ishlash sanoatining hajmi Angliya, Fransiya va Germaniya kabi mamlakatlarning jami ishlab chiqarish hajmi bilan tenglashdi. Jahon sanoat ishlab chiqarishida AQShning ulushi 36%ga etdi, po‘lat eritishda – 47%, toshko‘mir qazib olish – 45%, neft qazib olish – 82%ga tenglashdi. Progressizm va davlat-monopolistik kapitalizm davri. 1901-1914 yy. Amerika tarixiga progressizm davri sifatida kiritildi, chunki bu yillarda davlat tomonidan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalarni qamrab oluvchi demokratik o‘zgarishlar amalga oshirilgan edi. 1914 yilda AQShda Kleyton qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra kasaba uyushmalari va fermerlar ittifoqlari aksiltrest qonuni ta’siri ostiga tushmas edi. Federal zaxira tizimi(FZT)ni tashkil etish to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Bu tizimga Vashingtonda joylashgan Federal zaxira boshqaruvi boshchilik 


Download 343.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling