Bajardi: Mixliboyeva Marjona


Download 343.03 Kb.
bet3/3
Sana13.01.2023
Hajmi343.03 Kb.
#1090957
1   2   3
Bog'liq
Bajardi

qilishi kerak edi. 12 ta federal zaxira banklari tashkil etilib ularning kapitali milliy, shtat va sanoat banklari badallaridan shakllanar edi. Shu davrda Federal sanoat komissiyasi (FSK) tashkil etildi, uning vazifasi - shaxs va korporatsiya faoliyatining nopok uslublari to‘g‘risida axborot to‘plashi va javobgarlikka tortish edi. Shunday qilib, AQShda progressizm davrida davlat-monopolistik kapitalizmi boshlanib, bunda davlat iqtisodiyotni rivojlantiruvchi, uning barcha sohalarini qamrab oluvchi tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshiradi. Ishchilar holati. Shahar aholisi. Kapitalistik tizim yuqori ekspluatatsiya normasi aholini tabaqalashuvi bilan ajralib turar edi. Millionerlar soni 4 mingga etdi; 1% aholi mamlakat milliy boyligining yarmiga ega edi. Shaharlar soni o‘sdi. 1850 yilda AQShda 6 ta yirik shahar bo‘lgan bo‘lsa, 1900 yilda ularning soni 38 taga etdi, ulardan eng yiriklari - Nyu-York, Chikago, Filadelfiya. Ammo qishloq aholisi soni shaharnikidan ko‘proq edi, va bu ko‘rsatkich bo‘yicha AQSh Germaniya va Angliyadan orqada edi. Qishloq xo‘jaligi. Agrar sektor infratuzilmasi intensiv rivojlandi – elevatorlar, muzlatkich omborlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlanishini ta’minlovchi turli texnik vositalar. 

1870-1900 yy.da o‘zlashtirilgan yangi yerlar Germaniya, Fransiya va Angliya maydonlarini qo‘shib hisoblanganidan katta edi. Fermerlar soni 1860 yildagi 2 mln.dan 1900 yilda 5,7 mln.ga etdi. Mamlakat qishloq xo‘jaligi rayonlarini iqtisodiy asosli ravishda  ixtisoslashuvi xo‘jalik yuritishni ratsionalligini ta’minladi. Bug‘doy yetishtirish bo‘yicha rayonlar (O‘rta G‘arb, Kaliforniya, Dakota, Nebraska), jo‘xori yetishtirish bo‘yicha rayonlar (Ayova, Nebraska, Kanzas) shakllandi. Amerika bo‘g‘doyining sifati yuqori va tannarxi past edi, bu bug‘doy eksportini oshirishni taqazo etdi. Bug‘doy yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha AQSh jahonda birinchi o‘ringa chiqdi. AQShning agrar sektorida ha ishlab chiqarishni konsentratsiyalashuvi jarayoni bo‘ldi. Mayda va kichik fermer xo‘jaliklari texnikani qo‘llashning moddiy imkoniyatlariga ega emasdilar, natijada, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining narxlari pasaymas edi. Amerika eksporti. Sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini o‘sishi Amerika eksportini kengayishiga olib keldi. Eksport- import nisbati o‘zgardi. 

1876 y.da tovarlarni olib chiqish summasi olib kirish summasidan oshib ketdi. Eksport tarkibi tez sur’atlar bilan o‘zgara boshladi. Fuqarolik urushi vaqtida eksportda xom ashyo katta ulushga ega bo‘lgan bo‘lsa, bu bosqichda og‘ir sanoat tarmoqlari mahsulotlari eksporti oshib bordi.


Download 343.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling