Bajardi: mmt – 98-2 guruh talabasi Musayev Axror Mavzu. Moliyaning funksiyalari
Download 284.46 Kb.
|
Презентация1
Bajardi: MMT – 98-2 guruh talabasi Musayev AxrorMavzu.Moliyaning funksiyalariMavzu. Moliyaning funksiyalari Reja:1. Moliyaning mohiyati2. Moliyaning funksiyalari3. Moliyaning funksiyalarining tasniflanishiMoliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo'Jadi. Moliya quyidagi ikki funksiyani bajaradi: Taqsimlash Nazorat Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o'zida am alga oshiriladi. Har qanday (bir) moliyaviy operatsiya YaIM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi. Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlashga yo'naltirganligidadir. Shunga muvofiq moliyaning bosh yoki asosiy funksiyasi taqsimlashdir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim bo'lgan taqsimlash jarayoni murakkab va ko'p qirrali jarayondir. Moliya YaIMni taqsimlashning turti bosqichlariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va qayta taqsimlashda ishtirok etadi. Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning turli darajaLarini (mamlakat, uning alohida mintaqalari va mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari miqyosida) qarnrab oladi. Unga taqsimlashning turli ko'rinisWarini (xo'jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo va b.) tug'diruvchi ko'p bosqichlilik xosdir.Eng avvalo, moJiyaning taqsimlash funksiyasi Mdni taqsimlashda, “asosiy yoki birlamchi daromadlan” deb nom olgan holatlarni yaratish (tashkil etish) yuzaga kelganda namoyon bo'ladi. Ularning yig'indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o'rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi. Ular ikki guruhga bo'linadi: • moddiy ishlab chiqarish ohasida band bo'lgan ishchi va xizmatchilarning ish haqi, fermer va h.k.Larning daromadlari; • moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning daromadlari. Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xo'jalik ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakat mudofaa qudratini ta'minlash, aholining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy pul fondlarining shakllanishini ta'minlay olmaydi. Buning uchun quyidagilar bilan bog'langan holda MDni yanada taqsimlash va qayta taqsimlash zarur: • xo'jalik yurituvchi sub'ektLar daromadlari vajamg'armalaridan eng samarali va oqilona foydalanish maqsadida mablag'larni tarmoqlararo va hududiy qayta taqsimlash bilan; • ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda ishlab chiqarishdan tashqaridagi sohalarining (maorif, sog'liqni saqlash, ijtimoiy sug'urta va ijtimoiy ta'minot, boshqaruv va h.k.) ham mavjudligi bilan; • aholining turli ijtimoiy qatlamlari o'rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan. Download 284.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling