Reja: 1Til ijtimoiy funksiyasining tavsifi va tasniflanishi


Download 355.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana09.02.2023
Hajmi355.09 Kb.
#1180278
  1   2   3
Bog'liq
1-MAVZU. “O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI” FANINI O‘QITISHNING MAQSAD VA



O ‘zbek tilining ijtimoiy funksiyalarining kengayishi: jamiyatdagi o ‘zgarishlar va til rivoji. 
REJA: 
1Til ijtimoiy funksiyasining tavsifi va tasniflanishi. 
2. Jamiyatning turli sohalarida o ‘zbek tili ijtimoiy funksiyalarining kengayishi. 
3. Jamiyatdagi o ‘zgarishlar va til rivoji. 
Milliy birlikni ta’minlash, ommaviy savodxonlikni oshirish va ilm - fanni rivojlantirishga 
xizmat qiladi 
Tilni to‘kis tadqiq etish uchun tilshunoslik doirasidagina ish ko‘rishning 
kamligi bugun shu fan mutaxassislarining hech biriga sir emas. Shu bois, zamonaviy 
lingvistik tadqiqotlarda boshqa fanlar yutuqlaridan ham keng foydalanilmoqda. 
Ana shunday urinishlarning samarasi 
olaroq, lingvomadaniyatshunoslik, kognitiv tilshunoslik, etnolingvistika, psixolingvistika, 
etnopsixolingvistika, pragmalingvistika kabi sohalar rivoj topmoqda va bu sohalar tilga, 
an’anaviy strukturalizmdan farqli ravishda doimiy harakatdagi, o‘sish-o‘zgarishdagi 
hodisa sifatida yondashayotgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sotsiolingvistika 
ham jamiyatshunoslik va tilshunoslik kesishgan nuqtada paydo bolgan soha sifatida tilning 
asoslarini jamiyatdan, jamiyatning asoslarini tildan qidiradi, ijtimoiy-siyosiy omillarning 
tilga ta’siri va yana boshqa masalalarni tekshiradi. 
Tadqiqotlarda sotsiolingvistikaning rasman AQSHda shakllangani ko‘p aytilsa ham 
uning markaziy masalasi bolgan til va jamiyatning o‘zaro ta’siri, tilning jamiyatda tutgan 
o‘rni, milliy tillar va davlat tili, til siyosatiga doir qarashlar hind, yapon, ingliz, nemis va 
chex tilshunosliklarida sotsiolingvistika nomi ostida bolmasada, o‘rganilgan edi. Amerika 
tilshunosi U.Labov faol sotsiolingvistik tadqiqotlar ko‘p tilli Hindistonda hindiyni yagona 
davlat tiliga aylantirish g‘oyasi bilan bog‘liq vaqtlardayoq boshlanganini qayd etadi. 

Download 355.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling