Reja: 1Til ijtimoiy funksiyasining tavsifi va tasniflanishi
Jamiyatdagi o ‘zgarishlar va til rivoji
Download 355.09 Kb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU. “O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI” FANINI O‘QITISHNING MAQSAD VA
Jamiyatdagi o ‘zgarishlar va til rivoji.
Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tilga kamdir-ko‘pdir ta’sirlar bo‘lib turadi. Ba’zan uzoq vaqt tilning biror sathi jamiyat, inson omili bilan bog‘liq ta’sirlarga, o‘zgarishlarga uchramaydi yoki tilga ta’sir umummilliy miqyos kasb etmaydi. Biroq yozuv va imlo borasidagi o‘zgartirish yoki yangilanishlar umummilliy miqyosda, jamiyatning ongli aralashuvi ostida hal qilinadi. Hatto hukumat bunday lisoniy jarayonlarga faol ta’sir o‘tkazadi (o‘zbek- arab, o‘zbek-lotin, o‘zbek-kirill va yana o‘zbek- lotin alifbolarining joriy etilishida shuni kuzatish mumkin), milliy manfaatlar yuzasidan lisoniy jarayonlarni nazoratga olish, tartibga solishda ishtirok etadi. Zarur me’yoriy- huquqiy hujjatlarni qabul qiladi, til masalalari bilan shug‘ullanuvchi vakolatli tuzilmalarni tashkil etadi. Masalan, “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinishi, Prezidentimizning «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonining e’lon qilinishi, Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat tilini rivojlantirish departamentining tashkil etilishi, Atamalar komissiyasining ish boshlashi shundan dalolatdir. Globallashuv davri o‘zbek tili terminologiyasini tartibga solishda ham vertikal ta’sir choralariga ehtiyoj bor, chunki o‘zbek tili terminologiyasida muqobili bolgani holda o‘rinsiz o‘zlashgan, sohaviy leksikaga qabul qilingan chet so‘zlar yig‘ilib qolgan. Masalan, yaqin yillarda kompetensiya so‘zi paydo bo‘ldi. Ingliz tilida “competence”, rus tilida “kompetensiya” shaklidagi bu so‘z asli “mahorat”, “qobiliyat”, umuman esa “layoqat” ma’nosini bildiradi. O‘zbek tilida bu olinmani layoqat so‘zi to‘la almashtira oladi. Kompetensiya so‘zi olinayotganda o‘zbek tilining ichki imkoniyati e’tiborga olinmagan. Natijada noto‘g‘ri o‘zlashma asosida kompetentlik, kompetensiyaviy singari terminlar ham yasalgan. Agar chet so‘zga bu qadar o‘chlik bolmaganda, “kompetensiya” layoqat, «kompetentnost» layoqatlilik deb kalkalangan va kompetensiyaviy tarzidagi g‘alati yasalma “bino bo‘lmas” edi. Chet tillarni o‘rganish — yaxshi va juda zaruriy yumush. Chet tillardan birini egallagan mutaxassisga bugun talab ham, ehtiyoj ham katta. Ammo “xorijiy tillarni ona tilini esdan chiqarish hisobiga o‘rganish nodurust. Chunki ona tilini unutish hisobiga o‘rganilgan xorijiy til ona tilining o‘rnini bosib olishi muqarrarki, bunda milliy tafakkur va milliy idrok butunlay boshqa, begona tafakkur va begona idrokka aylanadi”. Afsuski, bugun ijtimoiy tarmoqlar tilida inglizlashuv, inglizcha unsurlar (boshqasini qo‘ya turaylik) ko‘payib bormoqda. Masalan, voy undov so‘zi o‘rnida vau; ma’qul, bo‘pti, yaxshi so‘zlari o‘rnida ok; tashabbus, chaqiriq,da’vatdeganso‘zlar bo‘la turib chellenj ommalashmoqda; layk (bos), neyming, xeshteg, teg, blogpost, post, kolumnistga o‘xshash varvarizmlar bisyor. Bunday o‘zlashmalarni tezda aniqlab, tilda “qotib” qolmasdan tegishli muqobillariga almashtirish kerak. Chunonchi, layk (bos) so‘zini ma’qulla, neyming so‘zini nom bilan bemalol almashtirsa bo‘ladi. Bitta chelenj so‘ziga tilimizda uchta muqobil bor: tashabbus, chaqiriq, da’vat va ularning har biridan o‘rni bilan foydalansa bo‘ladi. Shuningdek, tilni yaxshi bilmaslik oqibatida kelib chiqqan “kompyuterlarga xizmat ko‘rsatish”, “mashinalarga xizmat ko‘rsatish” kabi noto‘g‘ri tarjimalar urchib bormoqda. Asli bunda kompyuterlarni tuzatish, mashinalarni ta’mirlash deyilsa, ifoda o‘zbekchalashadi va to‘g‘riroq chiqadi. Til va jamiyat munosabatidagi bunday muammolarning kelib chiqishi esa globallashuv ta’siri, kitob o‘qimaslik, til sezgimizning g‘ariblashayotgani bilan bog‘liqdir. Jamiyat a’zolarining tilga munosabatida ikki jihatni — umuman, tilga munosabat hamda ona tiliga munosabatni farqlab olish lozim. Birinchi holatda —tilning xalqni birlashtirishdek vazifani bajarishini anglab munosabat ko‘rsatilishi, “Davlat tili haqida”gi qonun talablariga rioya etilishi, ish yuritishda adabiy til me’yorlariga amal qilinishi zarur. Ikkinchi holatda — ona tili o‘ta milliy, etnomadaniy hodisa deb tushunilishi, ona tili taqdiriga millat taqdiri deb qaralishi, ona tili boricha qabul qilinishi kerak. Bugungi o‘zbek jamiyatida har ikki munosabatga aloqador muammolar yetarli. Bu “Davlat tili haqida”gi qonun talablarining ko‘p hollarda bajarilmayotgani, davlat tilining amaliyotga keng joriy etilmayotgani, ta’limning turli bo‘g‘inlari va ish yuritishda lisoniy layoqatlilik darajasining pastligi, davlat tiliga ham, ona tiliga ham bepisand munosabatning uchrayotgani, til madaniyatining lozim darajada shakllanmayotganida ko‘rinadi. O‘zbek sotsiolingvistikasi jamiyatda davlat tiliga munosabatning ahvolini, jamiyat hayotining qaysi jabhalarida til bilan faol ta’sirlashuv kechayotganini, til siyosatida nimalarga e’tibor berish lozimligini aniqlashi va davlat tilini amaliyotga to‘liq joriy etish hamda terminologiyani tartibga solish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishi zarur. Til va jamiyat ta’sirlashuvi haqida so‘z borar ekan, tilning jamiyatga qanday ta’sir etishini ham tushuntirmoq lozim. Mutaxassislar to‘g‘ri ta’kidlaganidek, tilning jamiyatga ta’siri jamiyatning tilga ta’siriga nisbatan kam o‘rganilgan, hatto bunday ta’sirlashuvga shubha bilan qarash ham bor. Bizningcha, tafakkur quroli bo‘lgan vositaning jamiyatga ta’sir ko‘rsatmasligining o‘zi shubhali, chunki til jamiyatni muntazam harakatlantirib turadi va bu tarz ta’sirlashuvning eng ibtidoiy aksi uning axborotni shakllantirish va uzatish vazifasida ko‘rinadi. Jamiyatning tilga ta’siri naqd lisoniy natijalarda ko‘rinadi, shu sababli, bu tarz ta’sirlashuv shubha uyg‘otmaydi, bir qarashdayoq ta’sirlashuv natijalarini ilg‘ash mumkin bo‘ladi. Tilning jamiyatga ta’siri natijalari tilshunos qayd qila biladigan til materiallarida ifoda topmaydi, balki ijtimoiy hayotning o‘zida bo‘y ko‘rsatadi. Aniq lisoniy material orqali dalillay olinmagani tilning jamiyatga ta’siri mexanizmlarining ochilmay qolishiga olib kelgan. Masalan, adabiy tilning jamiyatga ta’siri, avvalo, milliy birlikni ta’minlashida, qolaversa, ommaviy savodxonlikni shakllantirish va yaxshilashda, ilm-fanni rivojlantirish va madaniyatni yuksaltirishida, ta’lim- tarbiyada ko‘rinadi. Sanoqni yana davom ettirish mumkin. Umuman, jamiyatda axborot uzatilar ekan, unda tilning ishtirok qilmasligi, ta’siri bolmasligi mumkin emas. Xullas, til va jamiyat o‘rtasida doimiy ta’sirlashuv kechadi. Fan va ta’lim, madaniyat va san’at, texnika va davlatchilikning taraqqiyoti til va jamiyat ta’sirlashuvining asosiy omillaridir. Bunday ta’sirlashuv jarayonini harakatlantiruvchi kuchi, albatta, inson va u mansub jamiyat. Jamiyat ehtiyojlari esa tilning vazifa doirasida kengayish, usluban to‘lib- to‘liqib borishiga sabab bo‘ladi. Download 355.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling