Reja: 1Til ijtimoiy funksiyasining tavsifi va tasniflanishi


Jamiyatning turli sohalarida o ‘zbek tili ijtimoiy funksiyalarining


Download 355.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana09.02.2023
Hajmi355.09 Kb.
#1180278
1   2   3
Bog'liq
1-MAVZU. “O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI” FANINI O‘QITISHNING MAQSAD VA

Jamiyatning turli sohalarida o ‘zbek tili ijtimoiy funksiyalarining 
kengayishi. 
O‘zbek tilshunosligida tilning ijtimoiy tabiati, jamiyatning tilga ta’siri masalasiga 


o‘tgan asrning 80 yillarida “Tilshunoslikka kirish” qollanmasida alohida to‘xtalgan bo‘lsa 
ham til va jamiyat muammolari ancha avvalroq tilga olina boshlangan. Fitrat, Elbek, Botu 
singari jadidlarning asarlarida ozmi- ko‘pmi shunga oid qaydlar bor. M.Mirtojiyev va 
N.Mahmudovning “Til va 
madaniyat” risolasida ham tilning ijtimoiyligi, davlat tili va til siyosati haqida so‘z ketgan 
o‘rinlar mavjud. Mutaxassislar S.Mo‘minovning “O‘zbek muloqot nutqining 
ijtimoiylisoniyxususiyatlari”nomlidoktorlikdissertatsiyasini sotsiolingvistik asp ektdagi ilk 
ish sifatida qayd etadi. Keyingi yillarda bu boradagi tadqiqotlar ko‘lami ancha kengaydi. 
O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi 
maqomi va nufuzini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni o‘zbek tilining 
davlat tili sifatida qaddini ro‘y-rost tiklashini, ijtimoiy maqomining yana-da 
barqarorlashuvini ta’minladi. Ana shu farmonning amaliy ifodasi sifatida Vazirlar 
Mahkamasining qarori bilan O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida sotsiolingvistika 
bolimining tashkil etilishi esa davlat tili va jamiyat munosabatlarini o‘rganishga 
yo‘naltirilgan tadqiqotlar kengayishi va kuchayishini ta’minladi. Bu bo‘lim o‘z faoliyatida 
o‘zbek tilining rivojlanishi bilan bog‘liq fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni 
amalga oshirish va kengaytirish, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini 
tubdan oshirish borasidagi ilmiy izlanishlarni kuchaytirish, o‘zbek tilining yozma matni 
me’yor va qoidalarini ishlab chiqish, o‘zbek tilining izohli lug‘atlari, davlat tilida ish 
yuritish bo‘yicha qollanma va adabiyotlar tayyorlash, davlat tilini rivojlantirishga oid 
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishga alohida e’tibor 
beradi. 
Lingvistik adabiyotlarda til va jamiyat munosabati, tilning sotsial farqlanishi, 
jamiyatdagi lisoniy vaziyat, til ijtimoiyligi, til va ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy 
omillarning tilga ta’siri, ikkitillilik va ko‘ptillilik, til siyosati, millat va milliy til 
muammolari sotsiolingvistikaning muhim vazifalari sanaladi. Shu jihatdan tilning sotsial 
farqlanishi turli maslak, turlicha kasb- kor, turfa aqliy-ruhiy imkoniyatdagi jamiyat 
a’zolaridan tashkil topganidan kelib chiqadi va bunga mos ravishda har qaysi ijtimoiy 
guruhning faol hamda nofaol lug‘at tarkibi bo‘ladi. Jamiyat a’zolarining hududiy 
mansubligi ham, tabiiyki, har xil. Binobarin, sotsial va hududiy dialektlar ijtimoiy 
guruhlarning maslak, kasb-kor, aqliy-ruhiy imkoniyat va hududiy kelib chiqishiga ko‘ra, 


tildan foydalanish tarzlaridir. 
Shu ma’noda hozirgi zamon sotsiolingvistikasidan sotsial va hududiy dialektlarni 
shunchaki qayd qilish, lingvistik tabiatini tushuntirishgina emas, balki ulardan unumli 
foydalanish yo‘llarini ko‘rsatish ham talab etiladi. Zero, adabiy tilni boyitish, o‘zlashma 
terminlarga milliy muqobillarni topishda sotsial va hududiy dialektlar muhim leksik-
semantik manba bolishi aniq. Birgina sud-huquq tizimi leksikasida afv, vaj, garov, 
gumondor, gumonlanuvchi, ijrochi, ish, tadbir, o‘zlashtirish so‘zlarining ixtisoslashgan
maxsuslashgan yangi ma’nolaridan adabiy tilni boyitish va rasmiy uslub imkoniyatini 
kengaytirishda foydalansa bo‘ladi. 
Kishilar o‘rtasidagi aloqani ta’minlash til ijtimoiyligining birinchi va zaruriy sharti 
bo‘lib, tilshunoslikning barcha davrlarida tilning bu maqomi e’tirof etilgan. Ammo tilning 
ijtimoiy tabiati, “sotsial xoslanganligi uning qabila, xalq, millat tarixini, umuman, insoniyat 
o‘tmishini o‘zida saqlashida ham ko‘rinadi”. Jamiyat a’zolarining tilga munosabati, tildan 
qanday foydalanishi, jamiyatdagi o‘zgarishlarning tilga ta’siri ham til ijtimoiyligidan 
begona emas. O‘zbek tili tarixiy taraqqiyotida o‘zi mansub jamiyatning faol ta’sirida 
bo‘lgan, o‘zbek turmushidagi o‘zgarishlar, mentalitetiga ta’sirlar tilda o‘z izini qoldirgan. 
Masalan, arab xalifaligi va islom ta’sirida arabcha birliklar o‘zlashgan, o‘zlashtirilgan. 
Yoki mo‘g‘ul hukmronligi mo‘g‘ulcha til unsurlari kirib kelishiga zamin bo‘lgan. 
Jadidchilik harakatining yoyilishi bilan arabiy o‘zlashmalarni turkchalashtirishga ham 
kirishilgan. Ayniqsa, sobiq ittifoq davrida ming-minglab so‘zlar rus tilidan yoki uning 
vositachiligida boshqa tillardan o‘zlashtirilgan, chet so‘zlarni olishning muayyan modellari 
qabul qilingan. Buni birgina -iya, -siya qo‘shimchasi bilan tugaydigan so‘zlar misolida 
ko‘rish mumkin. Istiqlolga erishganimizdan so‘ng o‘zbek tili rivojining yangi imkonlari 
ochildi, ko‘plab eskirgan so‘zlarning qayta faollashuvi ta’minlandi. Globallashuv davri esa 
ko‘plab tillar qatori o‘zbek tilini ham xalqaro tillarning faol ta’siriga uchratmoqda. Diqqat 
qilinsa, zikr etilgan ta’sirlar va tildagi o‘zgarishlarni sof lisoniy emas, tildan tashqari, 
masalan, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy jarayonlar harakatlantirmoqda. O‘zbek 
sotsiolingvistikasi ana shunday ta’sirlashuvlarni xolis baholashi, milliy til va davlat tili 
manfaati nuqtayi nazaridan ish ko‘rishi lozim boladi. 

Download 355.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling