Bajardi: mmt – 98-2 guruh talabasi Musayev Axror Mavzu. Moliyaning funksiyalari


Download 284.46 Kb.
bet3/4
Sana20.11.2023
Hajmi284.46 Kb.
#1788961
1   2   3   4
Bog'liq
Презентация1

Bozorda munosabatJariga o'tish sharoitida moJiyaning nazorat funksiyasi ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarishning dinamik rivojlanishini ta'minlashga, ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xo'jalikning barcha bo'g'inlarida ish sifatini uzluksiz yaxshilashga yo'naltirilgan. U ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari sohalarni to'liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag'batlantirishni yo'lga qo'yish, moddiy, mehnat, moliyaviy resurslar va tabiiy boyliklardan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, ishlab chiqarishga bog'liq xarajatlar va YO'qotmalarni qisqartirish, xo'jasizlik va isrofgarchilikning oldini olish moliya nazorat funksiyasining maqsadlaridandir.

Moliya nazorat funksiyasiga xos muhim vazifalardan biri moliyaviy masalalar bo'yicha qonunchilikning aniq bajarilishini, byudjet tizimi, soliq xizmati, banklar oldidagi moliyaviy majburiyatlar, shuningdek hisob-kitoblar va to'lovlar bo'yicha xo'jalik yurituvchi sub'ektlar orasidagi majburiyatlar o'z vaqtida bajarilishi va to'g'ri olib borilayotganini tekshirish hisoblanadi.

Moliya organlarining ko'p qirrali faoliyatiari orqali moliya nazorat funksiyasi namoyon bo'ladi. Moliya tizimi va soliq xizmati xodimlari moliyaviy rejalashtirish jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar qismi bajarilishida moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida nazorat ishlarining yo'nalishi, moliyaviy nazoratning shakl va metodlari keskin o'zgaradi.

Moliyaning funksiyalari moliya mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bu mexanizm milliy xo'jalikdagi moliyaviy munosabatlar tashkiliy shakllarining majmuini, markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag'-lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini, moliyaviy rejalashtirish metodlarini, moliya va moliya tizimini boshqarish shakllarini, moliyaviy qonunchilikni o'z ichiga oladi. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida sifatjihatidan yangi bo'igan moliya mexanizmi qo'laniladi. Bu, eng avvalo, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va aholining byudjet tizimi, byudjetdan tashqari fondlari, mulkiy va shaxsiy sug'urta organlari va boshqalar bilan o'zaro munosabatlarga tegishlidir.


Download 284.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling