Bajardi: mmt-91 guruh talabasi


Download 38.36 Kb.
bet1/3
Sana20.03.2023
Hajmi38.36 Kb.
#1284677
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
REFERAT




REFERAT

Bajardi: MMT-91 guruh talabasi


Baratova Sevinch
Tekshirdi: Hamrayev Obid
Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari
O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob – kitoblar to‘g‘risida» gi 60 – sonli Nizomga asosan tashkil etiladi.
O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblar shakllarini joriy etish, umumiy talab va qoidalarini belgilash hamda nazorat qilish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston tijorat banklari, tegishli qonuniy va me’yoriy hujjatlar asosida mulkchilik shaklidan qa’tiy nazar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga quyidagi naqd pulsiz hisob – kitoblar shakllarini amaliyotga joriy etadi:

  • to‘lov topshiriqnomalari;

  • to‘lov talabnomalari;

  • akkreditiv;

  • inkasso topshiriqnomasi;

  • hisob cheklari bilan hisob – kitoblar.

O‘zbekistonda bozor munosabatlarining tobora chuqurlashib borishi tijorat banklari xizmatlarining turlarini oshib borishiga turtki bo‘lmoqda. Mana shunday xizmatlardan biri naqd pulsiz hisob – kitoblarni plastik kartochkalar orqali amalga oshirish bo‘lib, hozirgi paytda hisob – kitoblarning ushbu shakli asosan aholi va xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida qo‘llanilmoqda. Ta’kidlash lozimki, plastik kartochkalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirish juda qulay va oson bo‘lib, kelgusida aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.
Yuqorida qayd etilgan naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshirishda quyidagi pul – hisob – kitob hujjatlaridan foydalanadi: – to‘lov topshiriqnomasi, ushbu hujjat asosida mijoz sotib olgan tovarlar yoki xizmatlar uchun o‘z hisobvarag‘idan mablag‘ni to‘lash haqidagi topshirig‘ini o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan bankka beradi;
– to‘lov talabnomasi, ushbu hujjat asosida mijoz jo‘natgan mol yoki ko‘rsatgan xizmatlar uchun to‘lovni mol sotib oluvchidan undirib berish haqida o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan bankka taqdim etadi;
– inkasso topshiriqnomasi, ushbu hujjat asosida Markaziy bank tomonidan belgilab qo‘yilgan tashkilotlar to‘lovchining hisobvarag‘idagi mablag‘ni uning roziligini olmasdan tegishli manzilga o‘tkazib berish haqida bankka topshiriq beradi, agar to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ yetarli yoki mavjud bo‘lmasa inkasso topshiriqnomasi kartoteka 2 da hisobga olib boriladi;
– akkreditivga ariza, mijoz sotib oladigan tovarlar va xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘larni deponentlash haqida o‘z bankiga taqdim etadigan hujjat hisoblanadi;
– hisob – kitob cheki, asosan jismoniy shaxslar va savdo tashkilotlari o‘rtasida qo‘llaniladigan hujjat bo‘lib, uchinchi shaxs, asosan savdo tashkilotlari chekdagi mablag‘ni talab qilib o‘z bankiga taqdim etadi;
– memorial order, ushbu hujjat bankning ichki operatsiyalarini bajarishda, shuningdek, shartnomada ko‘rsatilgan hollarda mijozlarning hisobvaraqlaridan mablag‘larni ko‘chirishda bank tomonidan qo‘llaniladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida har kuni bir necha yuz minglab naqd pulli va naqd pulsiz operatsiyalar amalga oshiriladi. Ushbu operatsiyalarning 85 – 90 foizi, ayrim rivojlangan mamlakatlarda 98 – 99 foizi naqd pulsiz ko‘rinishida amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblar tijorat banklarining ichki va tashqi vakillik hisobraqamlari orqali, elektron to‘lov tizimi yordamida, mijozlarning hisobvaraqlarida buxgalteriya yozuvlari ko‘rinishda amalga oshiriladi. Mamlakatimiz bank tizimida 1997 yil mart oyida joriy etilgan elektron to‘lov tizimi banklararo amalga oshirilayotgan to‘lovlarni juda qisqa daqiqalar ichida amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bu davlat idoralari va korxonalari, aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi to‘lovlarni naqd pulsiz ko‘rinishda amalga oshirishga juda keng qulayliklar yaratilganligidan dalolat beradi.
Naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshirishda qator tamoyillar bajarilishi lozim. Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish maqsadga muvofiq:
– naqd pulsiz hisob – kitoblar jarayonida ishtirok etayotgan har ikkala tomonning ham bankda tegishli hisobvaraqlari mavjud bo‘lishi lozim;
– mijozning hisobvarag‘idan mablag‘larni boshqa manzilga o‘tkazish va kirim qilish Markaziy bank tomonidan qa’tiy belgilangan to‘lov hujjatlari asosida hamda ulardagi rekvizitlarni to‘liq to‘ldirilgan holda amalga oshiriladi;
– bank mijozning pul mablag‘larini o‘tkazish haqidagi topshirig‘ini uning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lgandagina qabul qiladi. Mijozning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmagan holatda uning hisobvarag‘idan undirish to‘g‘risida inkasso topshiriqnomasi (o‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar va Davlat budjetiga o‘tkaziladigan soliqdan tashqari to‘lovlar (penya, jarimalar)ni undirib olishda soliq idoralari tomonidan, budjetdan tashqari fondlar
– o‘z vaqtida to‘lanmagan to‘lovlarni undirib olishda, agarda bu qonuniy hujjatlarda ko‘zda tutilgan holatlarda), to‘lov talabnomalar kartoteka 2 ga kirim qilinadi va belgilangan tartibda to‘lovlar amalga oshiriladi;
– bank naqd pulsiz hisob – kitoblarni faqat mablag‘ egasining topshirig‘i asosida belgilangan maqsadlar uchun o‘tkazadi, hisobvaraq egasining hisobida mablag‘lar yetarli bo‘lmagan holatlar bundan mustasno;
– mablag‘lar to‘lovchining hisobvarag‘idan o‘chirilgandan so‘ng mablag‘ oluvchining hisobvarag‘iga kirim qilinadi; – to‘lovlarni amalga oshirish Markaziy bank tomonidan belgilangan naqd pulsiz hisob – kitoblarning shakllarini qo‘llagan holda, tegishli to‘lov hujjatlari orqali amalga oshiriladi.
Naqd pulsiz hisob – kitoblarning shakli va to‘lovlarni amalga oshirishning tartibi tovar sotuvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot hamda uni sotib oluvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomada aniq va batafsil belgilab qo‘yiladi.
Bankda mablag‘larni kirim qilish yoki hisobdan chiqarish uchun asos bo‘ladigan hujjatlarning elektron nusxalari mijozning hisobvarag‘i xizmat ko‘rsatadigan buxgalteriya xodimi tomonidan imzolanadi hamda to‘lashga qabul qilish va to‘lash sanalari ko‘rsatilgan holda o‘ziga biriktirilgan shtamp bilan tasdiqlanadi.
Yuqorida qayd etganimizdek, mamlakatimiz pul aylanmasi tarkibida naqd – pulsiz hisob – kitoblarning ulushi ayrim mamlakatlarga nisbatan yuqoriroq miqdorni tashkil etadi.
Pul aylanmasi tarkibida naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmini oshirishga qator omillar ta’sir qiladi. Xususan:
1.Yuridik va jismoniy shaxslarning banklarga bo‘lgan ishonchining yuqoriligi. Agar yuridik va jismoniy shaxslar banklarga nisbatan ishonchi yuqori darajada bo‘lmasa, banklarga naqd pullarni topshirishga bo‘lgan moyilligi pasayadi, hisob – kitoblarni naqd pullarda amalga oshirishga intiladi.
2.Iqtisodiyotda monetizatsiya koeffitsiyenti darajasining tegishli meyori ta’minlangan bo‘lishi lozim. Iqtisodiyotning yetarli darajada pul bilan ta’minlanganlik darajasi monetizatsiya koeffitsiyenti asosida aniqlanadi. Monetizatsiya koeffitsiyenti mamlakat yalpi ichki mahsulotiga nisbatan aniqlanib, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va ekspertlarning fikrlariga ko‘ra uning miqdori, o‘tish iqtisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarda 45-60 foizdan iborat bo‘lishi lozim. Agar mamlakatda monetizatsiya koeffitsiyenti ushbu miqdordan past bo‘lsa iqtisodiyotda pul taqchilligi, tijorat banklarida likvid mablag‘lar va resurslarning yetishmasligi, kreditlar va omonatlar bo‘yicha foiz stavkalarining yuqoriligi kuzatiladi. Bularning barchasi naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
3.Tijorat banklarining resurslarga bo‘lgan ehtiyojining yetarli ravishda qondirilmasligi. Ma’lumki, tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan pullar o‘zining boshlang‘ich nuqtasiga qaytib kelmasligi banklarning resurs bazasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning oqibatida tijorat banklarining real sektorni kreditlash uchun yo‘naltirayotgan resurslarning taqchilligi, omonatlarga to‘lanadigan to‘lovlar miqdorining oshib ketishi, bu esa o‘z navbatida naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmini pasayishiga olib keladi.

Download 38.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling