7-Tajriba ishi. Ventilyator qurilmalarining chastota o‘zgartkichli komplekt elektr yuritmasini ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish
Download 1.05 Mb.
|
7-Tajriba ishi. Ventilyator qurilmalarining chastota o‘zgartkichli komplekt elektr yuritmasini ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ishga oid nazariy tushunchalar.
7-Tajriba ishi. Ventilyator qurilmalarining chastota o‘zgartkichli komplekt elektr yuritmasini ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish. 1.Ishni bajarishdan maqsad Uzviyli rejimda ishlovchi ventilyator mexanizmlarini “tiristorli o‘zgartkich – o‘zgarmas tok dvigateli” tizimi yordamida boshqarishni tadqiqotlash. » tizimi yordamida boshqarishn malakasini olish. 2. Ishga oid nazariy tushunchalar. Sanoatimizda ishlatilaetgan elektr yuritmalar juda xilma-xil bulib odatda ular ma’lum bir me’zon asosida tasniflanadi. Biz ham elektr yuritmalarni o’rganayotganimizda ushbu tasniflardan foydalanamiz . Elektr yuritma murrakab elektromexanik tizim bo’lib odatda ular elektr yuritma elementlaridan tashkil topadi. Elektr yuritma nazariyasida bu elementlar bajariladigan vazifasiga ko’ra tasniflanadi. Elektr yuritmalarni o’rganishda ko’pincha strukturaviy sxemalardan foydalaniladi. Bunda har bir element alohida to’rtburchak shaklida va kirish hamda chiqish signallari bilan beriladi. Undan tashqari har bir elementning boshqa elementlar bilan boshlanishlari ko’rsatiladi.Har bir element odatda strukturaviy sxemalarda uzatish funksiyalari bilan yoki uzatish koeffisientlari bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari elektr yuritmalarni ishlash prinsiplari funksional sxemalarda va prinsipial elektr sxemalarda ifodalanadi. Tiristorli o’zgartkich-o’zgarmas tok motori (TP-D ). Bunda tiristorli o’zgartkich o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka o’zgartirib chiqish kuchlanishini noldan nominalgacha o’zgartiradi. Tiristorli kuchlanish o’zgartkichi – asinxron motor (TPN-AD). Bunda tiristorli kuchlan ish o’zgartkichi o’zgaruvchan tokni chiqish kuchlanishi o’zgaradigan o’zgaruvchan tokga aylantirib beradi. Tezligi rostlanadigan asinxron motorlarni ko’pchiligi ushbu elektr yuritma tizimida ishlaydi. Tiristorli chastota o’zgartkichi-asinxron motor (TPCh-AD). Bu o’zgartkich sanoat chastotadagi o’zgaruvchan tokni chiqish kuchlanishi va chastotasi o’zgaradigan o’zgaruvchan tokka aylantirib beradi. Bu usul eng zamonaviy takomillashgan usul bo’lib oxirgi paytda keng tarqagan elektr yuritma turidan biridir. O’zgarmas tok generatori-o’zgarmas tok motori (G-D). Bunda o’zgarmas tok generatori kuchlanishi uyg’otish tokini o’zgartirish orqali rostlanadi. Motor tezligi esa asosan yakor kuchlanishini o’zgartirish orqali amalga oshiriladi. Bu elektr yuritmalar yaqin o’tmishda rostlanadigan elektr yuritmalarni asosini tashkil etar edi. Hozirgi paytda bu elektr yuritmalarni o’rniga chastotali boshqariladigan asinxron elektr yuritmalar keng qo’llanilmoqda. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling