Amaliy ishI №1 Kompyuterni tashqi qurilmalar bilan bog‘lash.(2 soat) Ishni bajarishdan maqsad


Download 1.62 Mb.
Sana28.10.2021
Hajmi1.62 Mb.
#169060
Bog'liq
1-Amaliy (1)


AMALIY IShI №1

Kompyuterni tashqi qurilmalar bilan bog‘lash.(2 soat)

1.Ishni bajarishdan maqsad:Kompyuterning konfiguratsiya va uning tarkibidagi qurilmalarni, va ularning xususiyatlarini o‘rganish.

2.Nazariy qism

Kompyuter – birgaldikda ishlovchi bir nechta qurilmalardan tashkil topgan tizimdir. Kopyuterning ko‘zga ko‘rinadigan va qo‘l bilan ushlash mumkin bo‘lgan qismlari uning qurilmalari deyiladi. Dasturiy vositalar esa qurilmaning nima qilishi lozimligini bildiruvchi yo‘riqnomadir. Quyidagi rasmda shaxsiy kompyuterning umumiy tuzilishi keltirilgan.



Kompyuterning asosiy qurilmalari:

    • tizim bloki

    • monitor

    • klaviatura

    • sichqoncha

Tizimli blok. kompyuterning assosidir. Korpus ichida axborotga ishlov beruvchi elektron komponentalar to‘plami joylashgan. Bu komponentlar ichida eng muximi mikroprotsessor xisoblanadi.
Asosiy plata kompyuterni ko‘p tomonlama umumiy tuzilmasini aniqlab beruvchi asosiy qurilmalaridan biridirBu qurilma, yirik, ko‘p qavatli plata ko‘rinishida bo‘lib, qolgan barcha qurilmalarni protsessor va bir-biri bilan o‘zaro aloqasini ta’minlovchi komponentlardan tashkil topgan. Ushbu plataga protsessor bilan birgalikda kompyuterni barcha qurilmalari, unda joylashgan bo‘linmalar yordamida ulanadi



Mikroprotsessor (MP) – bu, kompterning markaziy qurilmasi bo‘lib, mashinaning barcha bloklari bajaradigan ishlarni boshqarish xamda axborot bilan arifmetik va mantiqiy operatsiyalar bajarish uchun mo‘ljallangan.

Kompyuter protsessorlari.



Operativ Xotira qurilmasi (OXQ) bo‘lib, bu qurilma protsessor ishlatadigan ma’lumotlarni vaqtincha saqlash vazifasini bajaradi. Kompyuter o‘chirilganda OXQ saqlanayotgan ma’lumotlar xam o‘chib ketadi.

Operativ xotiralar



Qattiq disk. Kompyuterning qattiq diski magnit sirtiga ega bo‘lgan qattiq plastina yoki qattiq plastinalar to‘plami bo‘lib, ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Diskda xar bir faylning o‘z manzili bo‘lishi uchun diskni yo‘lkalarga, yo‘lkalarni esa o‘z navbatida sektorlarga ajratiladi. Har bir sektorning o‘lchami standart bo‘lib, 512 baytga teng. Shu sababli ko‘pincha yo‘lkalarga qaraganda, ko‘proq silindrlar haqida gapiriladi. Silindr deyilganda turli sirtlarga tegishli bo‘lgan va aylanish o‘qidan bir xil uzoklikda joylashgan barcha yo‘lkalar to‘plami tushuniladi.



Qattiq disk.

Kompakt-disklar diskovodlari va DVD. Kompakt-disklar diskovodlarida kompakt-diskdagi ma’lumotlarni o‘qish uchun lazerlardan foydalaniladi. Ko‘pgina diskovodlar ma’lumotlarni kompakt-disklarga yozish imkoniyatiga ega.Agar diskovod yozishga mo‘ljallangan bo‘lsa, fayllar nusxalarini toza kompakt disklarga yozish mumkin. DVD diskodlari komakt-disklar diskovodlari bajaradigan barcha funksiyalarni bajaradi, xamda DVD disklarini o‘qiydi. Ko‘pgina DVD diskovodlar bo‘sh DVD diskovodlariga ma’lumotlarni yozish imkoniga ega.



CDva DVDdiskavodlar
Kompyuterning konfiguratsiyasini bilish uchun quydagi buyruqlar ketma ketligi bajariladi.

Yuqoridagi rasmda kompyuterimni konfiguratsiya hususiyatlarini ko’rishimiz mumkin. ACER ASPIRE 4333 kompyuterni hususiyatlari 320Gb doimiy hotira 1Gb operativ hotiraga ega Windows7 64-bit operating system o’rnatilgan





Monitor

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling