2 tajriba ishi tеmir-uglеrоd qоtishmalarning mikrоstrukturasini o’rganish. Ishni bajarishdan maqsad


Download 320.43 Kb.
bet1/4
Sana03.02.2023
Hajmi320.43 Kb.
#1156616
  1   2   3   4
Bog'liq
TAJRIBA ISHI -2


2 - TAJRIBA ISHI
Tеmir-uglеrоd qоtishmalarning mikrоstrukturasini o’rganish.

Ishni bajarishdan maqsad. Metallarni mikrоskopik analiz qilish yo’li bilan amalda tanishish, uglerodli po’lat va cho’yanlarning mikrostrukturasini (ichki tuzilishini) o’rganish, evtektoidgacha bo’lgan po’latlardagi uglerod miqdorini uning mikrostrukturasiga qarab aniqlash.
Umumiy tushuncha. Odatda, temir uglerod qotishmalarning tarkibida 0,025 % gacha uglerod bo’lsa texnik temir, 0,025 dan 2,14 % gacha uglerod bo’lsa po’lat, 2,14 dan 4,3 % gacha uglerod bo’lsa texnik cho’yan va 4,3 dan 6,67 % gacha uglerod bo’lsa oq cho’yanlar deb yuritiladi.
Bu qotishmalarning tarkibida temir va ugleroddan tashqari kremniy, marganets, oltingugurt va fosfor kabi ximiyaviy elementlar borligi sababli, ular murakkab tarkibli, ko’p kamponentli qotishmalar hisoblanadi. Ammo ularning tarkibida ikkita asosiy komponent temir (Fe) bilan uglerod (C) dan boshqa kimyoviy elementlarning miqdori kam bo’lganligi sababli, bu qotishmalar temir-uglerod qotishmalari deb yuritiladi.
Temir - uglerod qotishmalari asta-sekin sovitilganda turli harоratlarda sodir bo’ladigan o’zgarishlar holat diagrammasida ko’rsatiladi.
Temir-uglerod qotishmalarning holat diagrammasini o’rganish amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lib, cho’yan va po’latlarning termik ishlash jarayonlari ana shu diagrammaga asoslanadi. Bunday diagrammalarni o’rganishda sof temir (Fe) dan sof uglerod (S) gacha bo’lgan turli xil tarkibli qotishmalarning holatini ko’rib chiqish lozim, ammo amalda ishlatiladigan temir-uglerod qotishmalari tarkibida 5 % gacha uglerod bo’ladi, xolos. Shu sababli temir-uglerod qotishmalarning holat diagrammalarini o’rganishda temir bilan uglerodning tsementit deb ataluvchi va Fe3S tarkibli ximiyaviy birikma hosil qilgan qotishmalari ko’rib chiqiladi. Bunda sistemaning tashkil etuvchilari, ya’ni komponentlari temir (Fe) bilan uglerod (C) emas, balki temir (Fe) bilan tsementit (Fe3C) bo’ladi. Diagramma temir-tsementit sistemasining holat diagrammasi deyiladi.


Download 320.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling