7-Tajriba ishi. Ventilyator qurilmalarining chastota o‘zgartkichli komplekt elektr yuritmasini ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish


Umumiy maqsadlarda ishlatiluvchi ventilyatorlarning konstruktiv tuzilishi


Download 1.05 Mb.
bet2/3
Sana04.02.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1161481
1   2   3
Bog'liq
7-Tajriba ishi. Ventilyator qurilmalarining chastota o‘zgartkichli komplekt elektr yuritmasini ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish.

Umumiy maqsadlarda ishlatiluvchi ventilyatorlarning konstruktiv tuzilishi


Ventilyatorlar ular hosil qiluvchi bosimga qarab uchta asosiy guruhga bo‘linadi: 0,981 gacha – past bosimli, 0,981 dan 2,943 gacha – o‘rta bosimli va 2,943 dan 11,772 gacha bo‘lganda yuqori bosimli hisoblanadi.
Ventilyatorlar konstruktiv shakllari va o‘lchamlari ularning uzatishi, bosimi va aylanish chastotasi bilan aniqlanadi.

  1. rasmda ventilyatorlar ishchi g‘ildiraklarining konstruktiv shakllariberilgan.

Baraban (a) va halqasimon (b) shakllar oldinga egilgan par- raklari bilan past bosimli ventilyatorlarga xos b, v va g shakldagi parraklariorqagaegilganpast,o‘rtavayuqoribosimventilyatorla- rigaxos.
ashaklli ishchi g‘ildirak aylanma harakat D2diametrda 40 m/s dan oshmay, eng kam mustahkamlik va bikrlikka ega. Bunday g‘ildiraklar eni doimiy va 0,5D2ni tashkil etadi. Halqasimon shakl- dagi g‘ildiraklar eni b1=b2=(0,2 ÷ 0,35) D2ni tashkil etib, mus- tahkam va bikrligi va aylanish tezligi i2 60 m/s gacha bo‘lishi ruxsat etiladi.

Markazdan qochma ventilyatorlar ishchi g‘ildiraklari konstruktiv sxemalari.



G‘ildiraklarning konussimon qoplovchi disklari ularning katta mustahkamlik va katta aylanish tezligi bilan ishlash imkonini be- radi (80 m/s gacha).
G shakldagi g‘ildiraklar katta uzatish imkoni vako‘pincha IES (issiqlik elektr stansiyalari) puflagich va tutun tortish ventilyator- larida qo‘llaniladi.
Ochiq (d va e) bir diskli va disksiz g‘ildiraklar chang ventilya- torlarida qo‘llanilib, gaz va qattiq zarrachalar arlashmasini uzatish uchun, masalan, IESlar chang tayyorlash tizimida ishlatiladi.
Ayrim ventilyatorlarda parraklarning uchala turi ham ishlatiladi.Hozirgi vaqtda parraklarning orqaga egilgan turlaridan keng foydalanish odat tusiga kirib qolgan. Ular ventilyatorlarda oldinga egilgan parraklarga nisbatan katta FIK beradi, ularni ustuvorligi keng ko‘lamli uzatish imkonini beradi va shovqinni pasaytiradi.
58-rasmda ventilyator parraklarining ichki konstruktiv turi be- rilgan; a va b-doimiy qalinlikdagi po‘lat listlardan shtamplash or- qali tayyorlangan va g-hajmiy profilli bo‘lib, shtamplash va pay- vandlash bilan tayyorlanadi.
Doimiy qalinlikka ega bo‘lgan parraklar diskka parchinlab yo- ki payvandlab biriktiriladi. Birinchi holda ikkita variant mumkin: parraklar chetlatiladi dumaloq o‘simta (v) lar prezerlanib, diskka parchinlanadi.
Parraklar chekkalari bukilib, bu buklama orqali diskka mah- kamlanadi(a).
Hajmiy shakldagi parraklar mustahkam vabikrlik berish uchun uning uchiga mustahkamlik qovurg‘asi o‘rnatilib, bu qovurg‘atas- masimon po‘latdan tayyorlanadi. Qovurg‘aning bir chekkasi uz- luksiz chok bilan, ikkinchi tomoni esa list teshigi orqali uzuk chok bilan parrak profiliga payvandlanibtayyorlanadi.
Hajmiy ratsional profilli parraklar qo‘llanilishi katta ventilya- tor FIKni 90% gacha oshirish imkonini beradi.



Ishchi parraklar konstruktiv turlari.
Ventilyatorlar korpuslari eni doimiy bo‘lib, spiral shaklga ega va bu spiral “konstruktor kvadrati” usulida chizib chiqiladi (59-rasm). Bu yerda a=(0,25÷0,3) a=(0,25÷0,3) Q/bsa; b-korpus eni. Korpuslar 2 mm dan 8 mm gacha bo‘l- gan qalinlikdagi konstruksion po‘lat listlar- dan tayyorlanadi.

Spiralsimon g‘ilof.
Ba’zi yuqori bosim ventilyatorlari bundan mustasno bo‘lib, cho‘yandan quyib tayyorlanadi.
Ventilyator yoki yuzalari o‘ziga xos membranalarbo‘lib, bosim sakrashi natijasida havo oqimi ventilyatorkorpusida tebrana harakat sodir qiladi. Bu esa shovqin hosilqiladi.Shovqinni kamaytirish maqsadida ventilyator korpusi tashqarisiga payvandlash usulida bikrlik qovurg‘alari mahkamlanadi.
Havo o‘tkazgich tizimiga ventilyatorni biriktirishda ventilya- torlar vali aylanish yo‘nalishi va ventilyatorning chiqish teshigi joylashishikattaahamiyatkasbetadi,o‘ngaylanishliventilyatorlar ularni so‘rish tomonidan kuzatilganda soat strelkasi yo‘nalishida aylansa, chap aylanish esa unga teskari yo‘nalishda bo‘ladi. Umum- sanoat maqsadlarida ishlab chiqariladigan ventilyatorlar ikkala yo‘- nalishda ham aylanuvchi qilib tayyorlanadi va korpuslari60-rasm- da ko‘rsatilgan holatlarda tayyorlanadi. Bu yerda V-yuqoriga, n- pastga, l-chapga,p-o‘ngga.


Umumsanoat maqsadlarida ishlatiluvchi ventilyatorlar korpuslarining


standart holatlari.

Ikki tomonlama so‘ruvchi tutun so‘rgich va ventilyator korpuslarining


standart holatlari.
IES lar chap tayyorlagich tizimi tegirmon ventilyatorlarida 24 ta standart yo‘nalishda joylashgan korpuslarimavjud.
Bu-rasmda ventilyatorning uzatmasini yig‘ish sxemasi berilgan.

Ventilyator qurilmalarining konstruktiv sxemalari: 1-ventilyatorlar; 2- dvigatel; 3-podshipnik; 4-mufta; 5-shkif.

Past bosim ventilyatorlari konstruksiyasi yuqoridagi-rasmda ko‘rsa- tilgan.Monoblokli nasoslardagi singari ventilyator ishchi g‘ildiragi dvigatel valiga o‘rnatilgan bo‘lib, dvigatel quyma cho‘yandan tay- yorlangan yoki po‘latdan payvandlanib tayyorlangan ustunga (tum- ba)gao‘rnatiladi.Konstruksiyajudaixchamqilibtayyorlangan.

Past bosim ventilyatori.

Yuqori bosimli ventilyatorlar konstruksiyasi yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, bu ventilyatorlarda uzatish nominal aylanish chasto- tasida 23 m3/s ga yetadi. Shuning uchun ventilyator g‘ildiragi ikki tomonli kirishga ega qilib tayyorlanadi. Ventilyatorelektrodvi-
gatelga elastik mufti orqali ulanib, undagi uzatishni ventilyator chiqish teshigiga o‘rnatilgan yo‘naltiruvchi apparat yordamida rost- lanadi.

Ikki tomonlama so‘ruvchi yuqori bosim ventilyatori.

Kam uzatilishli va yuqori bosim hosil qiluvchi ventilyatorning turi rasmda berilgan. Bu ventilyatorlar g‘ildiragi ensiz, tor spiral shaklidagi korpusga ega bo‘lib, cho‘yandan quyib tayyorlanadi. Ularning ishchi g‘ildiragi dvigatel vali konsoliga kiygizilgan bo‘lib, aylanish chastotasi D2=400 mm bo‘lganida 3600 ayl\ mingacha.


V.N. Kostochkin yuqori bosimli ventilyatori.



Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling