Reja: Kirish Perforatorlar turlari, konstruktiv tuzilishi, ishlash usuli va ishlatilish kо‘lami. Yer osti burg‘ilash qurilmalari turlari, konstruktiv tuzilishi, ishlash usuli va ishlatilish kо‘lami
Download 0.66 Mb.
|
Zamonaviy yer osti burg\'ulash qurilmalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Perforatorlar sinflari.
- Pnevmatik kо‘chiriluvchi perforatorlar
Mavzu: Zamonaviy yer osti burg'ulash qurilmalari Reja: Kirish Perforatorlar turlari, konstruktiv tuzilishi, ishlash usuli va ishlatilish kо‘lami. Yer osti burg‘ilash qurilmalari turlari, konstruktiv tuzilishi, ishlash usuli va ishlatilish kо‘lami. Yer osti burg‘ulash mashinalarining asosiy kо‘rsatgichlari va ularni ishlatishdagi xavfsizlik qoidalari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Burg'ulash qurilmasi burg'ulash konstruktsiyasini bajarish uchun asosiy mashina hisoblanadi. Burg'ulash asboblarini va bitlarni qatlam ichiga chuqurroq burg'ulash uchun drayvlar va burg'ulash asboblari va korpuslarni ko'tarish, yadrolarni chiqarib olish va matkap uchlarini burg'ulash qurilmasiga olib tashlash kabi yordamchi ishlarni bajaradi. Nasosning asosiy funktsiyasi tuynuk tagini tozalash, matkap uchini sovutish va burg'ulash moslamasini soqit qilish uchun yuvish vositasini teshikka etkazib berishdir. Geoteknik burg'ulash loyihalari turli maqsadlarga va qurilish ob'ektlariga ega, shuning uchun ko'pgina burg'ulash qurilmalari mavjud. Burg'ulash qurilmalari o'zlarining asosiy burg'ulash qurilmalari, neft burg'ulash qurilmalari, gidrogeologik tadqiqotlar va quduq burg'ulash qurilmalari, muhandislik-geologiya qidiruv burg'ulash qurilmalari, tunnel burg'ilash punktlari va injiniringli burg'ulash qurilmalari kabi tasniflash mumkin. Perforatorlar sinflari. Perforatorlar qabul qilish energiyasiga kо‘ra pnevmatik va gidravlik sinflariga ajratiladi. Kо‘mir va ruda konlarida eng kо‘p tarqalgan turi pnevmatik perforatorlardir. Pnevmatik perforator zarb-burilishli porshenli mashinaga ega bо‘lib, qattiqlik koeffitsiyenti f=8-20 gacha bо‘lgan qattiq tog‘ jinslaridan shpurlar hosil qilishga mо‘ljallangan. Pnevmatik perforatorlarning konstruksiyasi va ishlatilish sharoitlariga bog‘liq ravishda kо‘chiriluvchi (perenosniye), kolonkali va teleskopik turlari mavjud. Pnevmatik kо‘chiriluvchi perforatorlar – «PP» og‘irligi 24-33 kg bо‘lib, pnevmatik uzatuvchi qurilma (1-rasm,a) ga о‘rnatilib ishlatiladi. Pnevmatik perforatorlarning asosiy uchta turi ishlab chiqarilgan (1-jadval): PP35V (P- perforator, P – perenosnoy; 35 – zarb energiyasi, Dj; V-suv bilan chang bostirish (pilepodavleniye vodoy), PP54V, PP63V; barchasi – shovqin yutgich va tebranishni sо‘ndirgich q urilmalariga ega (s glushitelyami shuma i vibrogasyashimi ustroystvami). Bundan tashqari, ushbu xar uchala modellarda quyidagi farq qiluvchi jixatlar bor: PP54B va PP63VB lar yon tarafdan yuvuvchi muftaga ega (osnasheni muftoy bokovoy promivki) («B» harfi); PP63S – suvli stvollarni о‘tishda diametri 46 mm gacha va uzunligi 5 m gacha bо‘lgan shpurlarni burg‘ulashga mо‘ljallangan. Bunda maydalangan tog‘ jinsi markazlashgan xavo yordamida xaydash (s intensivnoy sentralnoy produvkoy) («S»-produvka); PP63P – markaziy sо‘rish tizimiga ega bо‘lgan shpurlarni burg‘ulashga mо‘ljallangan (s sentralnim pileotsosom) («P»); PP63SVP – changni namlab haydash bilan burg‘ulashga mо‘ljallangan (s intensivnoy produvkoy shpura i uvlajneniyem pili). Siqilgan havoning nominal bosimi – 0,5 MPa. 1-rasm. Pnevmatik perforatorlar va ularni zaboyga о‘rnatish usullari. 1-jadval
Perforatorning tuzilishi va ishlash prinsipi PP54VB pnevmatik perforatori misolida (2-rasm) kо‘rib chiqamiz. U ichida zarbli-buruvchi mexanizm va havo taqsimlash qurilmasi joylashgan korpus, boshqaruv mexanizmi, chang bostirish va maydalangan tog‘ jinsidan tozalash qurilmasidan iborat. о‘z navbatida korpus uch asosiy yig‘ma qismdan tashkil topgan: bosh qismi 4, silindr 10 (yо‘naltiruvchi vtulka 11 i patron 12, yuvuvchi yon mufta 15 va burg‘uni tutib turuvchi 16). 2-rasm. PP54VB pnevmatik perforatori Zarbli-buruvchi mexanizm burg‘uga zarb berishga va orqaga qaytishida kichik burchakka burishga mо‘ljallangan. U silindr ichida joylashgan buruvchi gaykali 7 zarb beruvchi porshen 9, xrapovik qurilmali 5 buruvchi vint 6, buruvchi buksa 13 va grandbuksa 14 dan iborat. Havo taqsimlash qurilmasi 22 ning vazifasi siqilgan havoni perforator silindri о‘ng va chap tekisligiga (yuzasiga) navbatma-navbat uzatishdan iborat. Perforator boshqaruv mexanizmi bosh qismda joylashgan bо‘lib, siqilgan havoni bо‘shatuvchi rukoyatka 26 li kran 3, siqilgan xavo rukavasini ulash patrubka 25 si dan iborat. Rukoyat odatda uchta holatda: «Stop» - siqilgan havo kanali berk; «Zaburivaniye» - siqilgan havo kichik tirqish orqali о‘tadi, bunda perforator kichik zarb chastotasi bilan ishlaydi; «Polnaya rabota» - kran tо‘liq ochilgan. Ayrim hollarda shpurdagi maydalangan tog‘ jinsi burg‘uning markaziy kanali orqali siqilgan havoni haydash bilan bajariladi. Bunda rukoyatning tо‘rtinchi «Produvka» holati bо‘ladi. Tebranish sо‘ndiruvchi prujinali qurilma burg‘ulovchi mashinistni tebranishdan ximoya qilishga mо‘ljallangan. U rukoyat 1 va ikkita truba 2 shaklidagi yengil payvandlangan ramadan tashkil topgan. Trubalarda polzun 20 li ishchi prujinalar joylashgan. Tebranishni sо‘ndirish uchun yо‘naltiruvchi kronshteyn 24 va tayanch kolsalar oralig‘iga ikkita 23 yordamchi prujinalar о‘rnatilgan. Shovkin sо‘ndirgich 8 rezinadan tayyorlangan bо‘lib, kamerasi silindr tashqi yuzasiga qoplangan. Shovkin sо‘ndirgich о‘q atrofida aylanuvchan bо‘lib, burg‘ulovchi о‘ziga qulay holatda aylantirishi mumkin. U ovoz darajasini taxminan 1,5 marta pasaytiradi. Perforatorning ishlash prinsipi. Zarb beruvchi porshen siqilgan havo ta’sirida oldinga va orqaga harakatlanadi. Bu xarakatlar havotaqsimlash qurilmasining siqilgan havoni silindrning о‘ng va chap yuzalariga navbatma-navbat uzatishi natijasida sodir bо‘ladi. Oldinga xarakatlanish vaqtida zarb beruvchi porshen ishchi qadami oxirida perforatordagi burg‘ulash asbobini tutib turuvchi qismiga zarb kuchini yetkazadi; zarb beruvchi porshen orqaga xarakatlanganda xrapovik qurilma 5 va buriluvchi vint 6 lar yordamida ma’lum burchakka buriladi. Bunda u о‘ziga birikib tо‘rgan buksa 13 i grandbuksa 14 va burg‘ulash asbobi xam buriladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling