Bajardi: Odilova Malika
Sistemaning massasi. Massalar markazi
Download 349.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Malika Odilova 2M3
Sistemaning massasi. Massalar markazi.
Mexanik sistemaning harakati, unga ta`sir etuvchi kuchlardan tashqari, sistemaning umumiy massasi va massalarning qanday tarqalganligiga ham bog`liq bo`ladi. Sistemaning massasi (M yoki m -harflari orqali ifodalanadi), sistemani tashkil etuvchi nuqtalar yoki jismlarning massalarini arifmetik yig`indisiga teng bo`ladi: Massalarning tarqalganligi, sistemaning har bir nuqtasining massasi m k , va shu massalarning o`zaro qanday joylashgan ekanlikligiga, ya`ni ularning koordinatalariga bog`liq holda aniqlanadi. Lekin biz quyida ko`rib o`tadigan dinamikaga oid, aniqrog`i qattiq jism dinamikasiga oid masalalarni echishda, har bir nuqtaning massasi m k va ularning koordinatalariorqali emas, balki ularni xarakterlovchi umumiy ifodalar orqali amalga oshiriladi. Ulardan biri, massalar markazining koordinatasi (sistema nuqtalari massalarining, ularning koordinatalariga ko`paytmalarining yig`indisi orqali ifodalanadi); ikkinchisi, o`qqa nisbatan inertsiya momentlari (sistema nuqtalari massalarining, ularning ikkitadan iborat koordinatalari kvadratlariga ko`paytmalarining yig`indisi orqali ifodalanadi); uchinchisi, markazdan qochma inertsiya momentlari (sistema nuqtalari massalarining, ularning ikkita koordinatalariga ko`paytmalarining yig`indisi orqali ifodalanadi). Ushbu bobda, shu xarakteristikalarni aniqlash bilan shug`ullanamiz. Yuqorida aniqlangan natijalarga asosan, shuni tahkidlab o`tish lozim ekanki, bir jinsli og`irlik kuchi maydonidagi qattiq jismning og`irlik markazi va massalar markazining o`rni bir joyda bo`lar ekan. Lekin, massalar markazi og`irlik markazidan mazmunan farqli bo`lib, u o`zining o`rnini har qanday kuch maydonida (masalan, markaziy tortilish maydonida) ham saqlab qoladi va massalarni tarqalganlik xarakteristikasi, faqat qattiq jism uchungina o`rinli bo`lib qolmasdan, ixtiyoriy mexanik sistema uchun ham o`rinlidir. Download 349.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling