Bajardi: odilova o


Download 391.26 Kb.
bet5/13
Sana20.10.2023
Hajmi391.26 Kb.
#1713702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Odilova Ozoda Fizikaviy kimyo kurs ishii

Ionlarning 180S dagi absolyut tezliklari (sm/s hisobida)
1- jadval

Kation

Tezligi

Anion

Tezligi

N+
NH4+
K+
Ag+
Na+

0,003620
0,000760
0,000762
0,000642
0,000520

OH-
Br-
I-
Cl-
NO3-

0,002050
0,000812
0,000796
0,000791
0,000740

2.3. Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi


Moddalarning tashqi elektr maydon ta’sirida elektr tokini o‘tkazish hususiyati elektr o‘tkazuvchanlik deyiladi. Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi elektrolitik dissotsilanish natijasida eritmada paydo bo‘ladigan ionlar tufaylidir. Eritmalarda elektr zaryadini tashuvchilar ionlar bo‘lgani sababli ham eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi ionlarning konsentratsiyasiga ham to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Konsentratsiya o‘zgarmas bo‘lganda esa elektr o‘tkazuvchanlik ionlarning harakatlanish tezligiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Elektr o‘tkazuvchanlik vaqt birligi ichida elektrolit orqali o‘tgan elektr miqdori (kulonlar) bilan o‘lchanadi. Elektr o‘tkazuvchanlik qarshilikka teskari kattalik bo‘lgani uchun quyidagicha yoziladi:

Qarshilik o‘tkazuvchining uzunligi l ga to‘g‘ri va ko‘ndalang kesimi s ga teng proporsional bo‘ladi:
(1)
bunda: R - solishtirma qarshilik, ya’ni uzunligi eritma sm, ko‘ndalang kesimi eritma sm2 bo‘lgan o‘tkazgichning qarshiligi. (1) formulaga R ning qiymatini qo‘ysak:

Solishtirma qarshilikka teskari qiymat 1/r solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik deyiladi. Solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik eritma kub santimetr eritmaning lektr o‘tkazuvchanligi bo‘lib, Ω-1sm-1 birlikda o‘lchanadi.
Quyidagi 2-jadvalda ba’zi elektrolitlar eritmalarining solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik qiymatlari keltirilgan. Ionlarning harakatlanish tezligi ularning tabiatiga hamda kuchlanganligiga, konsentratsiyaga, temperaturaga muhitning qovushqoqligiga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Ionlarning xarakatlanish tezligi odatda juda kichik, hamda molekulalarning gazlardagi xarakatlanish tezligi bir necha marta kichik bo‘ladi. Bunga sabab shuki, ionlarning muayyan yo‘nalishdagi harakatlanish tezligiga muhit, erituvchining molekulalari katta qarshilik ko‘rsatadi. Konsentratsiya o‘zgarmas bo‘lganda esa elektr o‘tkazuvchanlik ionlarning harakatlanish tezligiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi.

Download 391.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling