Bajardi: pirimova norjona servis xizmati gazlamaga ishlov berish
Download 1.2 Mb.
|
4SLAYD (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- SERVIS XIZMATI
- XULOSALASH
Texnologik ta’limning “Servis xizmati” yo‘nalishi mazmuni, o‘quvchilar egallashlari lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar va kompetensiyalar. BAJARDI: PIRIMOVA NORJONA SERVIS XIZMATI
Tikuvchilik — kasb-hunar turi; kiyim-kechak: koʻrpa-toʻshak va boshqa buyumlarni tikish kasbi. Tikuvchilik vositalari, material va texnikasi turli davrlarda turli xalqlarning moddiy va madaniy saviyasi, iqlim sharoiti, ehtiyoj va imkoniyatlari, urf-odatlari zaminida taraqqiy etgan (qarang Kiyim). Arxeologik qazishlar natijasida jaxonning turli mamlakatlari hududidan topilgan tikuvchilik vositalari, kiyim-kechak va uy-roʻzgʻor buyumlari bu kasbning barcha xalqlarda qadimdan mavjudligi, oʻziga xos taraqqiyot bosqichlarini oʻtaganligini koʻrsatadi. Tikuvchilik buyumlari dehqonchilik bilan shugʻullanadigan xalqlarda koʻproq oʻsimlik tolalaridan toʻqilgan gazlamalardan, chorvador xalqlarda aksariyat jun gazlama va teridan tikilgan.Oziq-ovqat mahsulotlari Xamir mahsulotining ozuqaviy ahamiyati tarkibidagi uglevod (kraxmal) miqdori bilan, o‘simlik oqsillari, yog‘lar, V va RR turkumidagi darmondorilar bilan belgilanadi. Sariyog‘ bilan tayyorlanadigan xamir mahsulotlarida A darmondorisi bo‘ladi. Xamir mahsuloti taomlari yuqori darajada to‘yimli, tashqi ko‘rinishi chiroyli xushxo‘r mazali va hidli bo‘lib, boshqa mahsulotlarning ham hazm bo‘lishini osonlashtiradi. Xamir va hamir mahsulotlari hamir qoruvchi va ko‘pirtiruvchi, mashinalar bilan jixozlangan maxsus qandolatchilik sexlarida tayyorlanadi. Xamir qorish va undan mahsulot tayyorlash uchun turli idish va asboblardan foydalaniladi. Jumladan: qozonlar, kastryulkalar, mexanik tovalar, yog‘och va qandolatchilik patnislari, har xil teshikli elaklar, juvalar, hamir kesuvchi shakldor pichoqlar, xamir yoyuvchi moslamalar, ezuvchi yog‘och yoki metall xovonchalar, chilcho‘plar, qandolatchilik qopchiqlari va ularning har xil shakl beruvchi metall jihozli uchlari, har xil kurakchalar ishlatiladi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida quyidagi hamir turlari tayyorlanadi: hamirturush solingan va hamirturush solinmagan; hamirturushsiz yog‘, tuxum, sut, shirinlik solingan hamir, biskvit, qaynoq suvga qorilgan hamir, shakarli (pesochniy), qatlama, oddiy (chuchvaralar, ugra uchun), suyuq hamir (klyar uchun). Xamirning sifati ularning g‘ovaklik darajasi bilan aniqlanadi.Yarim tayyor go‘shtli mahsulotlar Go‘shtli yarim fabrikatlar - bu har xil go‘sht turlaridan oshpazlikda ishlatishga tayyorlab qo‘yilgan masalliqdir. Bularga aholining talabi katta. Go‘sht turiga qarab mol, qo‘y, cho‘chqa go‘shtli yarimfabrikatlar, shuningdek parranda go‘shtli yarimfabrikatlar bo‘ladi. Go‘shtdan tayyorlanadigan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlanish usuliga qarab sof, urvoqqa belangan va qiymalangan turlarga bo‘linadi. Yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlash jarayonida kesish, to‘qmoqchada urish, paychoqlarini bir oz kesish, urvoqda belash, ichiga ziravorlar tiqib pishirishga tayyorlash, marinadlash kabi ishlov berish jarayonlaridan o‘tkaziladi. Kesish go‘sht to‘qimasi holatiga qarab to‘g‘ri burchak yoki 40-45° burchak ostida kesiladi. Bunda porsiyalangan bo‘laklar yaxshi ko‘rinishga ega bo‘ladi va deformatsiyalanishi kam bo‘ladi.“Servis xizmati” yo‘nalishi mazmuni, o‘quvchilar egallashlari lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar va kompetensiyalar Pazandachilik asoslari (oziq-ovqat mahsulotlari, asbob-uskunalar va moslamalar, taom tayyorlash texnologiyasi) Pazandachilik asoslari bo‘limida Respublikada etishtirilayotgan oziq ovqat mahsulotlarining turlari, navlari, sifatiga bo‘lgan talablari, turli oziq-ovqat mahsulotlariga birlamchi ishlov berish jarayoni, oziq-ovqat mahsulotlarining hamda taomlarning inson hayotidagi o‘rni, xususiyatlari, kimyoviy tarkibi va to‘yimliligini, ovqatlanish me‘yori va tartibi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoiti va muddatlari bilan tanishadilar. Bunda: - o‘quvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, oshpazlik va qandolatchilik asoslari;To‘qmoqchada urish. Bo‘laklarga bo‘lingan go‘sht oldindan suvga bo‘ktirib qo‘yilgan to‘qmoqcha bilan uriladi. Bunda go‘shtdagi birlashtiruvchi to‘qima g‘ovakligi oshadi, go‘sht yuzasi tekislanadi, usti dazmollanganday tekislashib, bo‘lakka tegishlicha shakl beriladi. Unda bir xil issiqlik ta’sir etish imkoniyati yaratiladi.Paylarni bir oz kesish. Paylari bir necha erdan kesiladi. Bundan maqsad porsiyalangan go‘shtga issiq ishlov berganda u o‘z shaklini saqlab qolishini ta‘minlashdir. Go‘shtdagi sharbatning oqishini va namlikning bug‘lanishini kamaytirish maqsadida uni urvoqqa belanadi. Urvoqqa belangan mahsulot issiq ishlovda chiroyli va mahsulot mazasini yaxshilovchi qobiq hosil qiladi. Go‘shtni urvoqqa belashdan avval lezonga botiriladi. Bunda urvoq yarim tayyor mahsulotga yaxshi yopishadi.G‘ovak hamirdan tayyorlangan mahsulot iste‘molda oson hazm bo‘ladi. Xamir mahsuloti tarkibidagi ko‘p miqdordagi kraxmalning hazm bo‘lishi qiyin. U fermentlar ta’siri ostida tarkibiy qismlarga ajralib, glyukozaga aylanishi lozim. Bu fermentlar asosan so‘lakda va oshqozon osti bezida bo‘ladi. XULOSALASHTashqi ko‘rinishi chiroyli xushxo‘r mazali va hidli bo‘lib, boshqa mahsulotlarning ham hazm bo‘lishini osonlashtiradi. Xamir va hamir mahsulotlari hamir qoruvchi va ko‘pirtiruvchi, mashinalar bilan jixozlangan maxsus qandolatchilik sexlarida tayyorlanadi. Xamir qorish va undan mahsulot tayyorlash uchun turli idish va asboblardan foydalaniladi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling