Yaratilgan sanasi: Fri, 7 Mar 2023 13: 08: 12 +0500 Page 1-savol
Download 53.75 Kb. Pdf ko'rish
|
Xotin-qizlar o‘rtasidagi Zakovat intellektual turniri hududiy saralash bosqichi 1-15
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-savol: .
- 3-savol: .
Yaratilgan sanasi: Fri, 17 Mar 2023 13:08:12 +0500 Page 1 1-savol: . Qadimdan turkiy xalqlarda mavjud bo‘lgan ushbu marosimda qiziq gaplar, hikmatli so‘zlar hamda baytlardan foydalanib kelinadi. Bu marosim haqidagi maqolada yopinchiqdan, ro‘molchadan foydalaniladigan ko‘rinishlari va yon tomonga egiladigan turi haqida eslab o‘tiladi. Savol: Bu marosimni 2 so‘zda yozib bering. Javob:Kelin salom. Izoh: Kelin salom marosimi yurtimizning turli joylarida turlicha ko‘rinishda o‘tkaziladi. Masalan, Toshkent shahrida kelinlar boshlariga yopinchiq yopgan holda egilib salom beradilar, Samarqandda esa salom aytilgan vaqtda qoʻllariga ilingan roʻmolcha bilan yuzini yopadi. Qashqadaryo vohasida esa yon tomonga egilgan holatda salom beradi. Manba: 1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Kelin_salom 2. https://saviya.uz/hayot/nigoh/kelin-salom-marosimi/ 2-savol: . Malik Gusmanovning fikricha, yog‘och, jun, namat, teri va paxtadan yasaluvchi ushbu qurilma ekologik toza mahsulot hisoblanadi. Og‘irligi o‘rtacha 250 kilogramm. Qishda ham, yozda ham qulay. Yana bir ustunligi – zilzilaga juda chidamli. Savol: Bu qadimiy qurilmani toping. Javob:O‘tov. Izoh: Qadimdan mavjud o‘tov asosan tabiiy mahsulotlardan yasaladi. Barcha turk xalqlarida mavjud bo‘lgan. Qozog‘istonlik Malik Gusmanov esa 30 yildan beri o‘tov yasar ekan. Manba: https://informburo.kz/fotoreportazh/vyderzivaet-desyatiballnoe-zemletryasenie-v-cyom-sekret-soversenstv a-yurty 3-savol: . Aforizmni tinglang: “U - bir necha kunga taqdim etilgan biror narsani o‘rganishning yagona imkoniyati”. 1965-yilda ishlangan sovet filmida U bayramga tenglashirilgan. Savol: U o‘rnidagi so‘zni yozib bering. Javob:Imtihon. Izoh: Aforizm imtihon haqida. “Operatsiya “ы” va Shurikning boshqa sarguzashlari” filmidagi “imihon men uchun bayram” jumlasi yodingizda bo‘lsa kerak. Manba: https://citaty.info/topic/ekzameny Download 53.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling